Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.2000 06.05.1991 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Uzselxozsnabremont”)ni tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-noyabrdagi 438-sonli “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlarini joriy etish sharoitlarida kolxozlarni, sovxozlarni, dehqonchilik-sanoat kompleksining korxonalari va tashkilotlarini, Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasini moddiy-texnikaviy taʼminlashni va muhandislik taʼminotini, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini ilmiy-texnikaviy rivojlantirishni tubdan yaxshilash maqsadida, shuningdek dehqonchilik-sanoat kompleksi mehnatchilarining istaklarini hisobga olib va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 15-apreldagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy va muhandislik taʼminoti bosh boshqarmasi — “Uzglavagrosnabremont” hamda uning jumhuriyat, viloyat, nohiyalararo va nohiya boʻlinmalari negizida 1-ilovaga muvofiq markaziy apparatning asosiy strukturaviy boʻlinmalari va 2-ilovaga muvofiq “Uzselxozsnabremont” huzuridagi birlashmalar, korxonalar bilan birgalikda Oʻzbekiston SSJ agrosanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Uzselxozsnabremont”) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Uzselxozsnabremont” tizimi faoliyati sheriklarning yakka tartibda va jamoa aʼzoligi, kooperativ, davlat, qoʻshma, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari va korxonalarining hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat sohasida yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvlari asoslarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi isteʼmolchilarini ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi mahsulotlar bilan taʼminlash, ulgurji savdo tartibida va bevosita aloqalar boʻyicha sotiladigan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan ishlarni tashkil etish, shuningdek bitimlar, xoʻjalik shartnomalari, hukumatlararo kelishuvlar asosida yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida vositachilik faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining imkoniyatlaridan foydalangan holda moddiy-texnika vositalarining ayirboshlash fondini shakllantirish, rezervlarni vujudga keltirish, bozorni barqarorlashtirish fondini vujudga keltirishda ishtirok etish, isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida qaror topgan ishlab chiqarish va xoʻjalik aloqalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi isteʼmol bozorining ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mollar bilan toʻldirilishiga, savdo-vositachilik va tijorat tashkilotlarini, tovar-savdo birjalarini tuzishga, ulgurji yarmarkalar oʻtkazishga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalari va tashkilotlarining qurilayotgan va qayta barpo etilayotgan ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarini shartnoma asosida materiallar, komplektlovchi buyumlar va uskunalar bilan jihozlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik va chorvachilik uchun yangi texnikani ishlab chiqishga hamda yaratishga boʻlgan talabni oʻrganish, takliflarni umumlashtirish, ularga buyurtmalarni shakllantirish, shuningdek qishloqda fan va texnika yutuqlarini joriy qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma munosabatlari asosida ishlab chiqarish xizmati koʻrsatishni rivojlantirish, kolxozlar, sovxozlar, Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasi hamda jumhuriyat korxonalari va tashkilotlarining texnikasi va uskunalarini tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik obyektlarini texnik jihatdan qayta jihozlash, ularga texnika xizmati koʻrsatish, mashina va mexanizmlarni tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalarida texnologiya va energetika uskunalarini montaj qilish, oʻrnatish va tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Uzselxozsnabremont”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimning korxonalari va tashkilotlari (paychilari) bilan bevosita shartnomalar asosida, kooperativ, davlat, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari va korxonalari, jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksi sohasida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi asosida oʻz xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatining barcha masalalarini mustaqil hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bank muassasalarida pul va chet el valyutasi mablagʻlari hisob-kitoblarini ochadi, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash boʻyicha oʻz faoliyatida OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi hamda jumhuriyatning barcha vazirliklari va idoralari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzselxozsnabremont” va OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi bir oy muddat ichida 1992-yilda va keyingi yillarda dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash tartibini birgalikda ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Uzselxozsnabremont”ga zaruratga qarab dehqonchilik-sanoat kompleksining tarmoqlariga ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yangi birlashmalarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni belgilangan tartibda qayta tashkil etish va tugatish uchun ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Uzselxozsnabremont” markaziy apparati xodimlarining soni (binoni qoʻriqlovchi va unga xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), shu jumladan, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlaridan 133 kishini berish hisobiga, 220 kishidan iborat qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Moliya vazirligi “Uzselxozsnabremont” markaziy apparati uchun ish haqi fondi, xizmat safari xarajatlari limitlarini, shuningdek xizmat yengil avtomobillari sonini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzselxozsnabremont”ga Raisning 4 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin. Hayʼat aʼzolari soni 9 kishidan iborat qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzselxozsnabremont” Raisiga belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tuzilishini tasdiqlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi mazkur qarordan kelib chiqqan holda OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzselxozsnabremont”ning reja, budjet va ish haqi fondining tegishli koʻrsatkichlariga oʻzgartishlar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Uzglavagrosnabremont” va uning boʻlinmalari egallab kelgan Toshkent shahar, Abay koʻchasidagi 4-“A” uyda joylashgan xizmat binolari “Uzselxozsnabremont” ixtiyorida, uning markaziy apparatini va tashkilotlarini joylashtirish uchun qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Uzselxozsnabremont” OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, OʻzSSJ Adliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga “Uzselxozsnabremont” toʻgʻrisidagi nizom loyihasini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Uzselxozsnabremont”ning tashkil topganligi munosabati bilan OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining tuzilishiga hamda Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori bilan belgilangan unga qarashli tashkilotlar roʻyxatiga tegishli oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 6-maydagi 119-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy tuzilish boʻlinmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbariyat‎
Texnika xizmati koʻrsatish, tuzatish va mashinasozlik bosh boshqarmasi‎
Ehtiyot qismlar bilan taʼminlash bosh boshqarmasi ‎
Mashinasozlik, kapital qurilish va rekonstruksiyalash yuzasidan davlat buyurtmasini komplektlashni tashkil etish bosh boshqarmasi ‎
Traktorlar, avtomobillar va qishloq xoʻjaligi mashinalari bilan taʼminlash boshqarmasi‎
Yoqilgʻi, neft xoʻjaligi va kimyoviy vositalar boshqarmasi‎
Temir-tersak, quvurlar va binokorlik ashyolari bilan taʼminlash boshqarmasi
Idishlar va qadoqlash ashyolari bilan taʼminlash boshqarmasi‎
Jumhuriyatlararo, birja va chet ellar bilan aloqalar boshqarmasi‎
Transport boshqarmasi‎
Oʻz kapital qurilishi va energetika boshqarmasi‎
Iqtisodiyot, moliya, mehnat va ish haqi boshqarmasi‎
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi‎
Mehnatni muhofaza etish, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻlimi‎
Nazorat-taftish boʻlimi‎
Hakamligi boʻlgan yuridik boʻlim‎
Kadrlar boshqarmasi‎
Birinchi, ikkinchi boʻlimlar‎
Kotibiyati boʻlgan ish yuritish boʻlinmasi‎
Xoʻjalik boʻlimi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 6-maydagi 119-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi tashkilotlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston MSSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlatkooperativ qoʻmitasi ‎
“Selxozsnabremont” Andijon viloyat birlashmasi
“Selxozsnabremont” Buxoro viloyat birlashmasi‎
“Selxozsnabremont” Jizzax viloyat birlashmasi‎
“Selxozsnabremont” Qashqadaryo viloyat birlashmasi‎
“Selxozsnabremont” Namangan viloyat birlashmasi‎
“Selxozsnabremont” Samarqand viloyat birlashmasi‎
“Selxozsnabremont” Surxondaryo viloyat birlashmasi‎
“Selxozsnabremont” Sirdaryo viloyat birlashmasi
“Selxozsnabremont” Toshkent viloyat birlashmasi
“Selxozsnabremont” Fargʻona viloyat birlashmasi ‎
“Selxozsnabremont” Xorazm viloyat birlashmasi‎
“Spetsremnaladka” jumhuriyat ishlab chiqarish birlashmasi‎
Jumhuriyat �aʼminot bazasi‎
Jumhuriyat komplektatsiya bazasi‎
“Agrosnabinform” hisoblash markazi‎
Tarkibiga quyidagilar kiruvchi “Agropromremont” jumhuriyat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi:‎
Oqyor remont zavodi‎
Buxoro remont zavodi‎
Guliston remont zavodi‎
Denov remont zavodi‎
Kosonsoy remont zavodi‎
Dalvarzin remont zavodi‎
Qarshi remont zavodi‎
Lenin remont zavodi‎
Margʻilon remont zavodi‎
Uchqoʻrgʻon remont zavodi‎
Oʻrtaovul remont zavodi‎
Toshkent remont zavodi‎
Samarqand remont zavodi‎
“Karakalpakagrospetsremont” ishlab chiqarish birlashmasi‎
“Djizakagropromspetsremont” ishlab chiqarish birlashmasi‎
“N�manganagrospetsremont” ishlab chiqarish birlashmasi‎
“Surxandaryaagrospetsremont” ishlab chiqarish birlashmasi‎
“Ferganaagrospetsremont” ishlab chiqarish birlashmasi‎
“Xorezmagrospetsremont” ishlab chiqarish birlashmasi‎
Toshkent idish zavodi
Komplektatsiya va taʼminot boʻyicha ixtisoslashtirilgan koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna‎
Avtotransport birlashmasi‎