Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1994 10.05.1991 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — “Uzkoopzagottorg”ni tashkil etish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-sonli “O‘zbekiston Respublika Savdo - xarid uyushmasi “O‘ztayyorlovsavdo”ni tashkil etish masalalari” qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 8-maydagi Farmoniga muvofiq hamda jamoa va yakka tartibdagi sektorlarda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni tayyorlash, saqlash, sotish jumhuriyat tayyorlov organlari faoliyatini yaxshilash, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jumhuriyatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tarkibida ilovaga muvofiq tuzilma bo‘linmalari bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — (“Uzkoopzagottorg”) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kolxozlar va sovxozlarda (“Uzplodoovoshchvinprom” konserni ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklaridan tashqari), ijarachilar va dehqon (fermer) xo‘jaliklarida, aholining yordamchi shaxsiy xo‘jaliklarida, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlarida va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarida yetishtirilgan kartoshka, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, meva va rezavor mevalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, uni umumittifoq fondiga, jumhuriyatlararo bitimlarga muvofiq va eksportga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda, nohiya markazlarida, posyolkalarda, qishloqlarda va ovullarda dehqon bozorlarida va yoyma bozorlardagi ixtisoslashtirilgan magazinlar va do‘konlarda kartoshka, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, mevalar va uzum, quruq mevalar, kishmish, go‘sht, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishda saqlash uchun kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlarini g‘amlash, aholini yil davomida ta’minlash va O‘zSSJ Davlat moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi muassasalarini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish, tuzlash kichik korxonalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartoshka, meva-sabzavot hamda boshqa mahsulotlar va xomashyolarni o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha chet mamlakatlarning firmalari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tartiblar saqlab qolinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matlubot kooperatsiyasi tizimidagi mavjud chorvachilik mahsulotlari va xomashyo (chorva mollari va parranda, sut va tuxum, qorako‘l, jun, ichak va momiq-mo‘yna xomashyosi), ikkilamchi resurslar, (makulatura, latta-puttalar, rangli va kora metallar temir-tersaklari va boshqa turdagi ikkilamchi resurslar) tayyorlashning mavjud tartibi yagona tashkilot sifatida saqlab qolinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konsernining umumittifoq fondiga uzum va quritilgan meva tayyorlab va yetkazib beradigan, shuningdek o‘z tizimi xo‘jaliklarida kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlaydigan va yetkazib beradigan yagona tashkilot sifatidagi vazifalari saqlab qolinsin. “Uzplodoovoshchvinprom” konserniga Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi va “Uzkoopzagottorg” bilan kelishgan holda yillik rejalarda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo bilan ta’minlash uchun boshqa xo‘jaliklarda meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlash hajmlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekbirlashuv”da tizimning qayta ishlovchi korxonalari va umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash huquqi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” tizimining faoliyati paychilarning yakka tartibda va jamoa a’zoligi prinsiplari asosida, kooperativ, davlat, qo‘shma, ijara, xususiy hamda jamoat tashkilotlari, korxonalari hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopzagottorg” ixtiyoriy ravishda shartnoma asoslarida ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ hamda aralash birlashmalar va assotsiatsiyalarga kirishi va bunda o‘zining to‘la mustaqilligi va yuridik shaxsini saqlab qolishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopzagottorg” moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyat bilan bog‘liq hamma masalalarni mustaqil hal qiladi, bank muassasalarida mahsulot yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitob qilish uchun pul va chet el valyuta mablag‘lari schyotini ochadi, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopzagottorg” o‘z ishini O‘zbekbirlashuv bilan mustahkam aloqada olib boradi va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va Sentrosoyuzga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg”ning tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar (kolxozlar, sovxozlar, ijara, dehqon, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va boshqalar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy hujjat shartnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘p turda va yuqori sifatli yetishtirishni ko‘paytirishdan va tayyorlashdan tomonlarning moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi shartnomaning asosiy vazifasi mahsulot yetishtiruvchi va tayyorlovchining o‘zaro majburiyatlarini aniq belgilab berishdan iborat bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bevosita kolxozlar va sovxozlarda, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarda tayyorlovchilar tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarni uyma-uy aylanib yurish yo‘li bilan tuzilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarni imzolash xo‘jaliklar va aholi qishloq xo‘jaligi ekinlarini talab etiladigan xilda va qulay muddatlarda ekishlarini ta’minlash uchun kuzgi-qishki ishlar boshlangunga qadar tugallanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada tomonlarning: mahsulot yetishtiruvchining — mahsulot hajmi, turi, sifati va uni yetkazib berish muddatiga doir; tayyorlovchining — oldindan pul to‘lab qo‘yish, idish, joylash materiallari, omixta em, o‘g‘it, texnika, transport bilan ta’minlashga doir va boshqa o‘zaro majburiyatlari o‘z ifodasini topishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni xarid qilishning shartnoma narxlari ham yetishtiruvchi, ham tayyorlovchining mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishdan moddiy manfaatdorligini ta’minlash va bozor konyunkturasi hisobga olingan holda belgilanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik hujjat sifatida shartnomaning shakli ushbu qarorga va O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlariga muvofiq aniqlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” hamda uning viloyat va nohiya bo‘linmalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat buyurtmasidan ortiqcha, shu jumladan, umumittifoq fondiga, jumhuriyatlararo shartnomalar bo‘yicha va eksportga yetkazib berish bo‘yicha, xarid qilish va sotish uchun shartnoma narxlarini belgilash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zSSJ Moliya vazirligi (o‘rtoq Murotov) “Uzkoopzagottorg”ning asosiy faoliyati (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish) bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalari va tashkilotlarini 1991 — 1993-yillarda foydadan va transport vositalaridan olinadigan soliqdan ozod qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni, Shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalari uyushmasi, VASXNIL O‘rta Osiyo bo‘limi va “Uzsortsemovoshch” birlashmasi bilan birgalikda kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlarini umuman jumhuriyat hududida yetishtirish va foydalanish balanslarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” o‘z tizimidagi korxonalar va tashkilotlar uchun moddiy-texnika resurslarining fond saqlovchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, “Uzselxozsnabremont”, O‘zSSJ Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, O‘zSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zSSJ Savdo vazirligi, O‘zSSJ Don mahsulotlari vazirligi, O‘zbekbirlashuv, “Uzglavlegsnabsbit”, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni, “Uzsortsemovoshch” va “Uzagrostroy” birlashmalari moddiy-texnika resurslari rejalarida moddiy rag‘batlantirishda maqsadli foydalanish — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini topshiruvchilarga sotish uchun talab katta bo‘lgan mollar hajmini alohida ajratib ko‘rsatgan holda “Uzkoopzagottorg” uchun tegishli nomenklatura bo‘yicha alohida satrda nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Uzkoopzagottorg” o‘ziga yuklatilgan vazifalarni va birlashma ustavini hisobga olgan holda boshqaruv apparati tuzilishini, sonini va ish haqi fondini mustaqil belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopzagottorg”ga birlashma raisining uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Uzkoopzagottorg”ga bir oy muddatda ushbu qarorni, amaldagi normativlarni va O‘zbekiston SSJning qonunlarini hisobga olgan holda birlashma Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekbirlashuv (o‘rtoq Volkov), “Uzkoopzagottorg” 2 hafta muddatda balans bo‘yicha O‘zbekbirlashuv tarkibidan “Uzkoopzagottorg” ixtiyoriga o‘tkaziladigan korxonalar, tashkilotlar va boshqa bo‘linmalarning qabul qilib olinishi-topshirilishini amalga oshirsinlar hamda tegishli materiallarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi O‘zbekbirlashuv, “Uzkoopzagottorg” hamda boshqa vazirliklar va idoralar bo‘yicha 1991-yil uchun reja ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 10-maydagi 126-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopzagottorg”ning asosiy tuzilma bo‘linmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston jumhuriyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Andijon viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Buxoro viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Jizzax viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Qashqadaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Namangan viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Samarqand viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Surxondaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Sirdaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Toshkent viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Farg‘ona viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi ‎
Xorazm viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Toshkent kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎

Soni‎

Quvvati‎

Nohiya tayyorlov-sanoat-savdo idoralari qishloq kooperativ tayyorlov-sanoat-savdo idoralari, tayyorlov idoralari, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish kichik sexlari, mol so‘yish punktlari ham shu jumlaga kiradi‎

156 ta‎

Tayyorlov-sotish bazalari‎ 11 ta‎
Viloyat, nohiya bo‘ysunuvidagi shahar kooperativ savdo idoralari va Toshkent shahar kooperativ savdo idorasi‎ 46 ta‎
Qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi ixtisoslashtirilgan magazinlar, pavilonlar, do‘konlar‎ 6603 ta‎
Tayyorlov idoralari va kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi sabzavot-kartoshka saqlash joylari‎ 310 ta‎ 128,4 ming t‎
Tayyorlov idoralari va kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi meva saqlash joylari‎ 51 ta‎

22 ming t‎

Tayyorlov idoralari, kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi mashina bilan sovitadigan omborlar-yaxlatgichlar‎ 26 ta‎ 6,5 ming t‎
Dehqon bozorlari, ularga bo‘ysunuvchi xo‘jaliklar ham shu jumlaga kiradi‎ 603 ta‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Tuzilma bo‘linmalarining soni va ro‘yxati mazkur qarorning 12-bandiga muvofiq aniqlashtiriladi.