Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.01.2000 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilda naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasining parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul muomalasini yanada mustahkamlash, respublika mintaqalarida naqd pul muomalasining ahvoli uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar boʻyicha umuman 2000-yilda va yilning I choragida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasining cheklangan parametrlari va kassa rejasiga 1, 2, 3-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari belgilangan naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasining cheklangan parametrlari va kassa rejalari bajarilishi ustidan qattiq va amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari isteʼmol bozorining zarur tovarlar bilan toʻldirilishi, naqd pul tushumlari taʼminlanishi va aholiga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan va aholiga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari mahalliy bozorlarni zarur turdagi xalq isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash va pulli xizmatlar sohasini kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari mazkur qarorning bajarilishi barcha darajadagi kollegial organlar majlislarida muntazam ravishda koʻrib borilishini taʼminlasinlar, tasdiqlangan kassa rejalarining bajarilishi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar va mutaxassislarga nisbatan moddiy ragʻbatlantirish va ularning javobgarligini oshirishning belgilangan usullarini qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar sotilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishidan tushgan naqd pul tushumi oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishi taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2000-yilning keyingi choraklari uchun naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejalarining aniqlashtirilgan parametrlarini navbatdagi chorak boshlanishidan 10 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi mazkur qarorning bajarilishini har oyda koʻrib borsin va naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasi va kassa rejasining belgilangan cheklangan parametrlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning javobgarligini oshirish yuzasidan, shuningdek prognoz koʻrsatkichlarning amalda bajarilishini hisobga olgan holda ularga tuzatish kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son