12.02.2014 yildagi PQ-2126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.02.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyali aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning koʻchma uyali aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” filiali negizida mobil aloqa milliy operatorini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar, mobil aloqa milliy operatorining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari, shaharlararo va xalqaro tarmoqlar hamda maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan uzoq tumanlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlarida yuqori tezlikda maʼlumotlarni uzatishning eng zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jumladan shu orqali butun jahon Internet axborot tizimiga ulanish, mobil televideniye, elektron toʻlovlar va kommersiya xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarining ishonchli va barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini tashkil etish va foydalanishga topshirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, unga loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, maqbul texnologiya va uskunalarni tanlab olish ishlarini tashkillashtirish, uskunalarni yetkazib berish va obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini tashkil etish boʻyicha loyihani moliyalash manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baza stansiyalari, telekommunikatsiya uskunalari va dastur taʼminotini xarid qilish uchun xarajatlar qismiga oid - xorijiy banklar va moliya institutlarining jalb etiladigan uzoq muddatli imtiyozli kreditlari, shuningdek uskunalarni yetkazib beruvchilarning tovar kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj va ishga tushirish, sozlash ishlari uchun amalga oshiriladigan xarajatlar qismiga oid — Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari hamda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida shartnomalarni ekspertiza qilishni olib borgan holda telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berishga yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini konkurs asosida tanlab olishni amalga oshirishga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tomonidan loyiha va pudratchi tashkilotlarni tender savdolarini oʻtkazmasdan konkurs orqali tanlash asosida qurilish- montaj ishlarini loyihalash bilan parallel ravishda amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tomonidan tarmoqni yaratish davrida radioelektron vositalar va yuqori chastotali moslamalardan foydalanishga ruxsatnomalar olish hamda uskunalarni foydalanishga topshirishni qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan parallel ravishda koʻchma uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi 2014-yilning 1-mayiga qadar “Oʻzbektelekom” AK “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini tashkil etish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb etish boʻyicha xorijiy moliya institutlari bilan bitimga erishishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining talabnomasiga asosan zarur hollarda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatoriga antenna machtalari va texnologik uskunalarni montaj qilish uchun binolar qurish maqsadida doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatorining ehtiyojlari uchun olib kiriladigan texnologik uskunalari boʻyicha 2018-yilning 1-yanvariga qadar boj toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatorini koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun davlat boji toʻlashdan, shuningdek radiochastota spektridan foydalanish toʻlovini toʻlashdan, bunda boʻshagan mablagʻlarni tarmoqni rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilish sharti bilan, 5 yil muddatga ozod qilishni nazarda tutadigan qarorni koʻrib chiqib, qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2126-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi PQ-2126-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish

1.

“Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda simsiz aloqa tizimlarini boshqarish va ular bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali xodimlar bilan butlash

Kompleks chora-tadbirlar

2014 — 2017-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK

2.

Antenna minoralarini qurish uchun doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini, texnologik uskunalarini montaj qilish uchun binolar taqdim etish

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari

2014 — 2017-yillar davomida jadval boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini yaratish uchun zarur boʻlgan radiochastota polosalarini ajratish

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorlari

buyurtmanomaga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK

II. Mobil aloqa milliy operatorini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish

4.

“Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini yaratish boʻyicha loyihaning texnik topshirigʻini ishlab chiqish

Loyihaning texnik topshirigʻini tasdiqlash

2014-yil yanvar-fevral

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbektelekom” AK, Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi

5.

Telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish

Memorandumlar tuzish, texnik-tijorat takliflarini olish

2014-yil fevral-mart

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbektelekom” AK

6.

Loyihani amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlarni jalb qilish boʻyicha chet el moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazish

Hukumat qarori loyihasi, qarz bitimlari loyihalari

2014-yil mart

TIASV, Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oʻzmilliybank

7.

Texnologik uskunalarni yetkazib berish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzish

Telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar

jadval boʻyicha

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, TIASV, “Oʻzbektelekom” AK

8.

“Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operator tarmogʻini yaratish boʻyicha TIA loyihasini ishlab chiqish, vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Hukumat qarori loyihasi

2014-yil aprel

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, vakolatli organlar

III. Mobil aloqa milliy operatorini yaratish bosqichlari

9.

Mobil aloqa tarmogʻi bilan Toshkent shahrini qamrab olish, buning uchun quyidagilarni oʻrnatish:

2014-yil

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbektelekom” AK

bazaviy stansiyalar (dona);

1 020

bazaviy stansiyalar kontrollyorlari (dona);

1

radiorele uskunalari (komplekt);

500

kommutatsiya stansiyasi va billing tizimi (mln ta nomerlar);

2,0

quyosh fotoelektr avtonom tizimlari (dona)

5

10.

Mobil aloqa tarmogʻi bilan respublikaning viloyat markazlarini qamrab olish, bunda quyidagilarni oʻrnatish:

2015-y.

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbektelekom” AK

bazaviy stansiyalar (dona)

1 994

bazaviy stansiyalar kontrollyorlari (dona)

11

radiorele uskunalari (komplekt)

2 000

kommutatsiya stansiyasi va billing tizimi (mln ta nomerlar)

8,0

avtonom quyosh fotoelektr tizimlari (dona)

25

11.

Mobil aloqa tarmogʻi bilan respublikaning qolgan aholi punktlarini qamrab olish, buning uchun quyidagilarni oʻrnatish:

2017-y.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK

bazaviy stansiyalar (dona)

3 986

radiorele uskunalari (komplekt)

4 000

avtonom quyoshli fotoelektr tizimlari (dona)

70

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi PQ-2126-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmogʻini tashkil etish va foydalanishga topshirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

X.M. Mirzoxidov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, ishchi guruh rahbari

Sh.A. Toʻlaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari

J.T. Mirzamaxmudov

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

M.R. Abdullayev

moliya vaziri oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

U.B. Aʼlamov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari

M.M. Sangilov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari

A.I. Axmedxoʻjayev

Oʻzmilliybank boshqaruvi raisi oʻrinbosari

A.A. Abdumoʻminov

“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori

K.N. Irisbekova

“Aloqabank” ATB boshqaruvi raisi

J.T. Maxsudov

“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori oʻrinbosari

A.T. Gayupov

“Aloqaloyiha” DUK direktori

T.M. Bikmetov

“OʻzAloqaKonsalting” MCHJ direktori

K.A. Yuldashev

Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha ATD shuʼbasi mudiri, ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari lavozimi boʻyicha kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 7-son, 73-modda; 2017-y.,2-son,25-modda)