Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

4. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmog‘ini tashkil etish va foydalanishga topshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, unga loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, maqbul texnologiya va uskunalarni tanlab olish ishlarini tashkillashtirish, uskunalarni yetkazib berish va obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish

1.

“O‘zmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmog‘ini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda simsiz aloqa tizimlarini boshqarish va ular bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlar bilan butlash

Kompleks chora-tadbirlar

2014 — 2017-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

2.

Antenna minoralarini qurish uchun doimiy foydalanish huquqida yer uchastkalarini, texnologik uskunalarini montaj qilish uchun binolar taqdim etish

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari

2014 — 2017-yillar davomida jadval bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“O‘zmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmog‘ini yaratish uchun zarur bo‘lgan radiochastota polosalarini ajratish

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarorlari

buyurtmanomaga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

II. Mobil aloqa milliy operatorini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish

4.

“O‘zmobayl” mobil aloqa milliy operatori tarmog‘ini yaratish bo‘yicha loyihaning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish

Loyihaning texnik topshirig‘ini tasdiqlash

2014-yil yanvar-fevral

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AK, Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi

5.

Telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish

Memorandumlar tuzish, texnik-tijorat takliflarini olish

2014-yil fevral-mart

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AK

6.

Loyihani amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlarni jalb qilish bo‘yicha chet el moliya institutlari bilan muzokaralar o‘tkazish

Hukumat qarori loyihasi, qarz bitimlari loyihalari

2014-yil mart

TIASV, Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘zmilliybank

7.

Texnologik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzish

Telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar

jadval bo‘yicha

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, TIASV, “O‘zbektelekom” AK

8.

“O‘zmobayl” mobil aloqa milliy operator tarmog‘ini yaratish bo‘yicha TIA loyihasini ishlab chiqish, vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Hukumat qarori loyihasi

2014-yil aprel

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, vakolatli organlar

III. Mobil aloqa milliy operatorini yaratish bosqichlari

9.

Mobil aloqa tarmog‘i bilan Toshkent shahrini qamrab olish, buning uchun quyidagilarni o‘rnatish:

2014-yil

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AK

bazaviy stansiyalar (dona);

1 020

bazaviy stansiyalar kontrollyorlari (dona);

1

radiorele uskunalari (komplekt);

500

kommutatsiya stansiyasi va billing tizimi (mln ta nomyerlar);

2,0

quyosh fotoelektr avtonom tizimlari (dona)

5

10.

Mobil aloqa tarmog‘i bilan respublikaning viloyat markazlarini qamrab olish, bunda quyidagilarni o‘rnatish:

2015-y.

Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AK

bazaviy stansiyalar (dona)

1 994

bazaviy stansiyalar kontrollyorlari (dona)

11

radiorele uskunalari (komplekt)

2 000

kommutatsiya stansiyasi va billing tizimi (mln ta nomyerlar)

8,0

avtonom quyosh fotoelektr tizimlari (dona)

25

11.

Mobil aloqa tarmog‘i bilan respublikaning qolgan aholi punktlarini qamrab olish, buning uchun quyidagilarni o‘rnatish:

2017-y.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

bazaviy stansiyalar (dona)

3 986

radiorele uskunalari (komplekt)

4 000

avtonom quyoshli fotoelektr tizimlari (dona)

70

 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi