Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 30.12.2013 yildagi 121/21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Xalq deputatlarining Tayloq tuman kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil uchun tasdiqlangan ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturiga muvofiq yil davomida 4690 ta ish oʻrinlari tashkil qilish koʻzda tutilib, yil yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 4720 ta ish joylari tashkil qilinishi va yillik prognoz koʻrsatkichi 100,6 foizga bajarilishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil qilingan ish joylariga 1388 nafar kollej bitiruvchilari, 1483 nafar ish qidiruvchilar, 221 nafar tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar hamda jazoni ijro etish muassasalari, Qurolli Kuchlar safidan boʻshatilganlar va “Odam savdosi” jabrdiydalarini joylashtirilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 318 ta korxonalarda 2516 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi orqali tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi ulushi 83,1 foizga yetishi, tijorat banklari tomonidan 1114,4 mln soʻmlik 61 ta loyiha moliyalashtirilishi oqibatida 1885 ta ish oʻrinlari tashkil etilishi, tadbirkor ayollarni har tomonlama moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 147,3 mln soʻmlik kreditlar ajratilishi hisobiga 32 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlanishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman boʻyicha hududiy ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish dasturlarini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash tarmoq dasturlarini, mehnat bozori talablarini hisobga olib, 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi loyihasi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini va shu asosda uning daromadlari va hayot darajasini oshirish, qishloq va shaharcha fuqarolar yigʻinlarida mehnat bozorining ehtiyojlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olib, yangi ish joylari yaratilishi yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-401-ΙΙ-sonli va Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi 774-II sonli Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2013-yil 27-dekabrdagi XXIX sessiyasi, “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari talablari bajarilishini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-401-ΙΙ-sonli va Qonunchilik palatasining 2013-yil 20-noyabrdagi 774-II sonli “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil qilish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi dasturi ishlab chiqilganligi, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlariga yetkazilganligi va nazoratga olinganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanda “2014-yilda ish oʻrinlari tashkil qilish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi dastur parametrlari 1-ilovaga*, dastur ijrosi monitoringini yuritish boʻyicha ishchi komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* va dastur konsepsiyasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastur loyihasida 2014-yilda Tayloq tumanida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha ilovadagi* jadvalga asosan 4690 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilishi koʻzda tutilganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya, mahalliylashtirish dasturlarini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish hisobiga 120 ta yangi ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish va ularning faoliyatini kengaytirish hisobiga 1400 ta yangi ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 500 ta ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilikning barcha shakllarini, eng avvalo, mehnat shartnomalari asosida korxonalar bilan kooperatsiyani rivojlantirish hisobiga 573 ta ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi subyektlarini, ayniqsa qayta ishlash va tayyor qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan subyektlarni rivojlantirish va kengaytirishni ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish hisobiga 1662 ta ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish hisobiga 405 ta ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga 30 ta ish oʻrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasi xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining faol ishtirokida ishlab chiqilganligi, Dastur loyihasining asosiy yoʻnalishlari, ustuvorliklari va amalga oshirish mexanizmlari tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining oʻrinbosari (Gʻ. Quliyev), tuman hokimligi boʻlim va korxona tashkilotlari, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamda tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi bilan kelishgan holda bir oy muddatda aniq korxonalar boʻyicha 2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish tarmoq dasturlarini, shuningdek koʻp mehnat talab etadigan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ishchi kuchlariga boʻlgan talab va taklifning mavsumiy oʻzgarishini hisobga olib, ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlari saqlab qolinishi va barqaror faoliyat yuritishini soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman oʻrta maxsus, kasb-hunar kollejlari, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda kasb-hunar kollejlari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada takomillashtirish, ayniqsa bitiruvchi kurslar oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish boʻyicha kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, moddiy-texnik jihatdan va kadrlar bilan amalda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hokimligining majlisida 2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarining va tasdiqlangan chora-tadbirlar amalga oshirilishining borishini tanqidiy koʻrib chiqiladi, bunda yangi tashkil etilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamda vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan ish oʻrinlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosiy mezonlardan biri deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimining oʻrinbosari (Gʻ. Quliyev), tuman Kengashi, tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Gadoyev), iqtisodiyot boʻlimi (A. Maʼrupov), korxonalar, tijorat banklari (kelishuv asosida), tashkilotlar, potensial investorlar va ish beruvchilar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013/2014 oʻquv yilida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish parametrlarini alohida koʻrsatgan holda, ish oʻrinlari tashkil etish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, moddiy va boshqa resurslarning belgilanishiga alohida eʼtibor qaratib, 2014-yilda tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining manzilli roʻyxatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish hududiy dasturlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Gadoyev), iqtisodiyot boʻlimi (A. Maʼrupov), statistika boʻlimi (M. Salimov), manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning bajarilishi monitoringini tizimli olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni ishga joylashtirish, shu jumladan ularni kasb-hunarga qayta oʻqitish va qayta tayyorlash, vaqtinchalik haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yoʻllash, shuningdek “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalari”ni oʻtkazish orqali ishga joylashtirish tadbirlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda 2014-yilda tijorat banklari tomonidan banklar, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari, shuningdek bandlik yoʻnalishlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish oʻrinlari tashkil etishni taʼminlaydigan biznes-loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun kredit mablagʻlari ajratish prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari tashkil etish uchun, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ajratilayotgan kredit resurslari boʻyicha keng targʻibot va tushuntirish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirish vazifalari tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (A. Maʼrupov) oʻn kun muddatda qishloq va mahallalardagi sanoat hududlarida koʻp mehnat talab qiladigan ixcham, kichik ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va joylashtirish boʻyicha masalalarni oʻrganish va takliflar ishlab chiqish uchun tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, tuman Davlat soliq inspeksiyasi, tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi, tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi, tuman tijorat banklarining masʼul xodimlaridan iborat tarkibda maxsus ishchi guruhlarni tuzsin va tuman hokimligi tasdigʻiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ishchi guruhlar qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda joylarga borgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va mahallalardagi mavjud sanoat zonalari (maydonchalari)dan foydalanish samaradorligini va ularning ish bilan taʼminlanganligini, shu jumladan ishlab chiqarish infratuzilmasi ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat ishlab chiqarishlarining rivojlanish dinamikasini, sanoat zonalari (maydonlari)dagi sanoat korxonalarining ishlamayotganligi va tugatilishi sababini chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat maydonchalarida foydalanilmayotgan boʻsh binolar (inshootlar), past likvidli obyektlar, ishlamayotgan korxonalar mavjudligi yuzasidan xatlov oʻtkazish hamda ularning faoliyatini tiklash va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, 2014-yil mobaynida har bir obyekt boʻyicha ish oʻrinlari tashkil etishning aniq parametrlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida, xususan tikuvchilik, sartaroshlik, goʻzallik salonlari, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal, ip gazlamalar va gilamlar ishlab chiqarish manbalarini aniq belgilagan holda tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat zonalarida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, yogʻochni qayta ishlash, elektrotexnika sanoati mahsulotlari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha koʻp mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlarni, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini, zarur investitsiyalar hajmini va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda tashkil etish va joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Gadoyev), qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari, manfaatdor tashkilotlar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurs oʻquvchilarini ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashini tashkil etish va keyinchalik ishga joylashishiga koʻmaklashish uchun aniq korxonalarga biriktirishni, shuningdek kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni hamda pedagoglar malakasini oshirishni nazarda tutuvchi qoʻshma chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun tuman hokimligiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Tayloq tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya (M. Doniyorova) va tuman hokimining oʻrinbosari (Gʻ. Quliyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman Kengashi raisi P. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayloq sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121/21-son