Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining
Qarori
2014-yil tuman hududida meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish parametrlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori toʻgʻrisidagi qarori ijrosini bajarish, tumanda 2014-yilda yetishtiriladigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish xamda oʻz vaqtida qayta ishlashni taʼminlash uchun optimal sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2013-yil 23-noyabrdagi 243-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va foydalanish prognoz, 2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va ishlatilishi toʻgʻrisida prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi takliflar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi (U. Mamatov), tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (Sh. Sindorov)larga:
shaxsiy, yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum yetishtirish uchun yer maydonlaridan samarali foydalanishini nazoratga olish;
meva-sabzavotchilik, kartoshka, poliz va uzumchilik maxsus fermer xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishning ustuvorligini hisobga olgan xolda ishlab chiqarishning bashorat koʻrsatkichlariga muvofiq xoʻjaliklarda sabzavot va poliz ekinlari joylashtirilishiga alohida eʼtibor qaratilishini;
2014-yilning 1-martiga qadar fermer xoʻjaliklari va qayta ishlash korxonalari oʻrtasida meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha hamda mahsulot yetishtiruvchilarni shartnomada belgilangan mahsulotlar qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak mablagʻlari bilan taʼminlashni koʻzda tutgan holda kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini;
yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, urugʻlik materiallari va koʻchatlar sotishda samara beruvchi tomorqalarni tashkil qilishni taʼminlasinlar.
4. Tuman ichki bozorida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlaridan toʻliq foydalanish masalasini hal qilish hamda mahsulotlarni eksport qilishni samarali tashkil etish maqsadida 3-ilovaga* muvofiq ishchi guruhi tuzilsin va tasdiqlansin.
Ishchi guruhining asosiy vazifasi etib:
2014-yil uchun tasdiqlangan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish xamda ishlatilishining asosiy bashorat koʻrsatkichlari bajarilishini sistemali tanqidiy koʻrib chiqish;
ichki isteʼmol bozorini meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini turlari bilan zaruriy miqdorda, uzluksiz taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar narxlari boʻyicha monitoring oʻrnatish;
meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari chetga eksport qilishda tashish, vagonlar ajratilishi, bojxonada rasmiylashtirish va hisobotlar taqdim etilishi bilan bogʻlik boʻlgan masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqishni tashkil etish belgilansin.
5. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (Sh. Sindorov)ga:
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli “Belgilangan qiymat va moddiy balans koʻrsatkichlari bajarilishini samarali monitoringini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va foydalanish balans koʻrsatkichlarining bajarilishini doimiy monitoringini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
6. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (A. Suyunov) aholi hamda qayta ishlash korxonalarini ishlab chiqarilgan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari bilan yetarli taʼminlash monitoringi olib borilishi munosabati bilan tuman hokimligi bilan kelishib, har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasigacha viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasiga 4-ilovaga* asosan maʼlumot taqdim etsin.
* Ilovalar berilmaydi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U. Mamatov va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshligʻi Sh. Sindorovlar zimmasiga yuklansin.
Hokim X. BURIYEV
Jomboy t.,
2013-yil 11-dekabr,
1449-q-son