Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 17.12.2013 yildagi 850-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil tuman hududida meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat hokimining 2013-yil 23-noyabrdagi 243-Q-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori ijrosini bajarish, tumanda 2014-yilda yetishtiriladigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda oʻz vaqtida qayta ishlashni taʼminlash uchun optimal sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand viloyat hokimining 2013-yil 23-noyabrdagi 243-Q-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanning meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatishning 2014 prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Quliyev, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (H. Narziqulov) tegishli tuman tashkilotlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy, yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum yetishtirish uchun yer maydonlaridan samarali foydalanilishini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik, kartoshka, poliz va uzumchilik maxsus fermer xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishning ustuvorligini hisobga olgan holda ishlab chiqarishning bashorat koʻrsatkichlariga muvofiq xoʻjaliklarda sabzavot va poliz ekinlari joylashtirilishiga alohida eʼtibor qaratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilning 1-martiga qadar fermer xoʻjaliklari va qayta ishlash korxonalari oʻrtasida meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha hamda mahsulot yetishtiruvchilarni shartnomada belgilangan mahsulotlar qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak mablagʻlari bilan taʼminlashni koʻzda tutgan holda kontraktatsiya shartnomalari tuzilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, urugʻlik materiallari va koʻchatlar sotishda samara beruvchi tomorqalarni tashkil qilishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ichki bozorida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlaridan toʻliq foydalanish masalasini hal qilish hamda mahsulotlarni eksport qilishni samarali tashkil etish maqsadida 2-ilovaga* muvofiq ishchi guruhi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhining asosiy vazifasi etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil uchun tasdiqlangan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatishning asosiy bashorat koʻrsatkichlari bajarilishini tanqidiy koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki isteʼmol bozorini meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini turlari bilan zaruriy miqdorda, uzluksiz taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar narxlari boʻyicha monitoring oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari chetga eksport qilishda tashish, vagonlar ajratilishi, bojxonada rasmiylashtirish va hisobotlar taqdim etishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqishni tashkil etish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Quliyev, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (H. Narziqulov), tuman iqtisodiyot boʻlimi (A. Maʼrupov) tegishli tuman tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli “Belgilangan qiymat va moddiy balans koʻrsatkichlari bajarilishini samarali monitoringini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va foydalanish balans koʻrsatkichlarining bajarilishini doimiy monitoringini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholini hamda qayta ishlash korxonalarini ishlab chiqarilgan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari bilan yetarli taʼminlash monitoringi olib borilishi munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi maʼlumotlarni tuman hokimligi bilan kelishib, har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasigacha viloyat iqtisodiyot boshqarmasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 13-dekabrdagi 615-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Quliyev va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi H. Narziqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim P. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayloq sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
850-q-son