Samarqand viloyati Samarqand tumani hokimining
Qarori
2014-yil tuman hududida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Viloyat hokimining 2013-yil 23-noyabrdagi 243-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini bajarish, tumanda 2014-yilda yetishtiriladigan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda oʻz vaqtida qayta ishlashni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2013-yil 23-noyabrdagi 243-Q sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-noyabrdagi 311-sonli “2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ishlatish prognoz koʻrsatkichlari haqida”gi qarori ijrosi toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda ishlab chiqqan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatishning 2014-yil prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi takliflari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (Q. Qurbonov)ga:
shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum yetishtirish uchun yer maydonlaridan samarali foydalanishini nazoratga olish;
meva-sabzavotchilik, kartoshka, poliz va uzumchilik maxsus fermer xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirishning ustuvorligini hisobga olgan holda, ishlab chiqarishning bashorat koʻrsatkichlariga muvofiq xoʻjaliklarda sabzavot va poliz ekinlari joylashtirilishiga alohida eʼtibor qaratilishini;
2014-yilning 1-martiga qadar fermer xoʻjaliklari va qayta ishlash korxonalari oʻrtasida meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha hamda mahsulot yetishtiruvchilarni shartnomada belgilangan mahsulotlar qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak mablagʻlari bilan taʼminlashni koʻzda tutgan holda kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini;
yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, urugʻlik materiallari va koʻchatlar sotishda samara beruvchi tarmoqlarni tashkil qilishni taʼminlasinlar.
4. Tuman bozorlarida meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlaridan toʻliq foydalanish masalasini hal qilish hamda mahsulotlarni eksport qilishni samarali tashkil etish maqsadida 3-ilovaga* muvofiq ishchi guruhi tarkibi tuzilsin.
Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib:
2014-yil uchun tasdiqlangan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatishning asosiy bashorat koʻrsatkichlari bajarilishini tanqidiy koʻrib chiqish;
ichki isteʼmol bozorini meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini turlari boʻyicha zaruriy miqdorda, uzluksiz taʼminlash hamda ushbu mahsulotlar narxlari monitoringi oʻrnatish;
meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini chetga eksport qilishda tashish, vagonlar ajratilishi, bojxonada rasmiylashtirish va hisobotlar taqdim etilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqishni tashkil etish belgilansin.
5. Tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (I. Komilov), tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (Q. Qurbonov) va qishloq xoʻjalik korxonalari rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli “Belgilangan qiymat va moddiy balans koʻrsatkichlari bajarilishini samarali monitoringini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish va foydalanish balans koʻrsatkichlarining bajarilishini doimiy monitoringini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
6. Aholini hamda qayta ishlash korxonalarini ishlab chiqarilgan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari bilan yetarli taʼminlash monitoringi olib borilishi munosabati bilan:
tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (I. Komilov) har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 6-sanasigacha meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ishlatilishi haqidagi maʼlumotlarni 4-ilovadagi* shaklga muvofiq;
har oyning hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasigacha joʻnatilgan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari eksporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 5-ilovadagi* shaklga muvofiq umumlashtirsin va viloyat iqtisodiyot boshqarmasiga taqdim etsin.
* Ilovalar berilmaydi.
7. Tuman hokimining 2013-yil 28-noyabrdagi 1319-Q sonli qarori bekor qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F. Norov zimmasiga yuklansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab kuchga kiradi.
Hokim B. SADULLAYEV
Samarqand t.,
2013-yil 25-dekabr,
1515-q-son