Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq aholi yashash joylari va Rishton shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Rishton tumani va Rishton shahrida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yer osti suvlari sathini pasaytirishga doir chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
1-ilovada koʻrsatilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi uchun har yili nazarda tutiladigan kapital qoʻyilmalarning umumiy limitlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 1-ilovada koʻrsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
2. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda Rishton shahrida yer osti suvlari sathini pasaytirish, uylar va inshootlar tagidan suv chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq tadbirlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va 2001-yildan boshlab ularni amalga oshirishga kirishsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Burgandi massivi taʼsir koʻrsatadigan hududdagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashning texnik-iqtisodiy asoslarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin, bunda drenajning samarali turlarini qoʻllashga alohida eʼtibor bersin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligining Burgandi massivining sugʻorishlar salbiy taʼsir koʻrsatadigan hududidagi xoʻjaliklarning 2-ilovaga muvofiq meliorativ holati gʻoyat yomon boʻlgan ekin maydonlarini irrigatsiya-meliorativ tayyorlash bosqichida boʻlgan yerlar toifasiga istisno tariqasida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Toshkent sh.,
2000-yil 19-dekabr,
485-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-dekabrdagi 485-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Burgandi massivi taʼsir koʻrsatadigan hududdagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
chora-tadbirlari
| Koʻrsatkichlar nomi | Oʻlchov birligi | Hammasi | shu jumladan yillar boʻyicha | ||
| 2001 | 2002 | 2003 | |||
| Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | |||||
|
Magistral kollektorlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish |
km. | 65 | 10 | 30 | 25 |
|
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash |
ga | 5690 | 1864 | 1863 | 1963 |
|
Kollektorlar tizimini tozalash (xoʻjaliklar mablagʻlari hisobiga) |
mln kub m | 4,9 | 1,6 | 1,6 | 1,7 |
|
Tik drenaj quduqlarini tiklash |
ta | 110 | 55 | 55 | |
|
Suvni tutib qoluvchi tik drenaj quduqlarini qazish |
ta | 30 | 10 | 10 | 10 |
| Fargʻona viloyati xokimligi | |||||
|
Rishton shahrida suv sathini pasaytirish uchun quduqlar qazish |
ta | 18 | 6 | 6 | 6 |
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-dekabrdagi 485-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Irrigatsiya-meliorativ tayyorlash bosqichiga oʻtkaziladigan yerlar
| T/r | Tumanlar va xoʻjaliklar nomi | Meliorativ holati yomon boʻlgan ekin maydonidan irrigatsiya-meliorativ tayyorlash bosqichiga oʻtkaziladigan yerlar (ga) |
| 1. | Rishton tumani | 406 |
| | shu jumladan, shirkatlar: | |
| | Keldiyev nomidagi | 198 |
| | Oʻzbekiston 5 yilligi nomli | 154 |
| | “Rishton” | 54 |
| 2. | Oltiariq tumani | 700 |
| | shu jumladan, shirkatlar | |
| | “Oq boʻyra” | 100 |
| | “Nurobod” | 40 |
| | Oxunboboyev nomidagi | 40 |
| | Amir Temur nomidagi | 200 |
| | “Tong” boʻrdoqichilik korxonasi | 200 |
| | “Ittifoq” | 50 |
| | “Joʻrak” | 70 |
| 3 | Bogʻdod tumani | 427 |
| | shu jumladan, shirkatlar: | |
| | Usmonxoʻjayev nomidagi | 107 |
| | “Namuna” | 10 |
| | Oxunboboyev nomidagi | 42 |
| | Haziniy nomidagi | 17 |
| | “Oʻzbekiston” | 22 |
| | “Paxtakor” | 73 |
| | “Bogʻdod” | 21 |
| | “Hamzaobod” | 50 |
| | “Mirzaobod” | 10 |
| | “Uch uy” | 55 |
| | Boʻrdoqichilik korxonasi | 20 |
| | Hammasi | 1533 |