Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 07.08.2013 yildagi 21/115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo tumanida 2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashining “2013-yilda yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan tuman Dasturi”ga muvofiq 2013-yilning 7 oyida tuman boʻyicha dasturdagi 3878 ta oʻrniga 4068 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi va dastur ijrosi 104,9 foizga taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish dasturlarini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash tarmoq dasturlarini, mehnat bozorining talabini hisobga olib, 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasida 2014-yilda tumanda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha 6590 ta yangi ish oʻrni tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan tuman Dasturi yoʻnalishlarini atroflicha muhokama etib, xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2012-yilning oʻtgan davrida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturining ijrosi toʻgʻrisida Sirdaryo tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Oʻ. Sanaqulov hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan viloyat Dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan dasturini tuman Kengashi deputatlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosarlari, hamda tuman mutasaddi korxona va tashkilotlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shu yil 19-yanvarda Respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan va belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishni, iqtisodiyotning va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishni, ishlab chiqarishni, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalashni, aholi bandligini va farovonligini oshirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini roʻyobga chiqarish iqtisodiyotning yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini saqlab qolishga, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashga va shu asosda dasturlar ijrosini toʻliq taʼminlash hisobiga dasturda belgilangan aholi bandligini oshirish va ish oʻrinlarini tashkil etish parametrlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash, kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, uy mehnatining barcha shakllarini, shu jumladan korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilikni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ishlamasdan turgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy sogʻlomlashtirish, bozor infratuzilmalarini rivojlantirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Kengashining doimiy komissiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda 7 ta ustuvor yoʻnalishlar asosida moʻljallangan dasturidan kelib chiqib, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning soʻzsiz ijro etilishi ustidan deputatlik nazoratini oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash yuzasidan komissiya yigʻilishlarida, tuman hokimliklari, tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanimizda qabul qilingan qarorlar va dasturlar ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan choralarni har bir deputat oʻzining saylov okrugida keng targʻib qilish, mazmun mohiyatini xalqqa tushuntirish, tashviqot-targʻibot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (Oʻ. Sanaqulov), tuman oʻrta maxsus kasb-hunar kolleji direktor (M. Zaripov, R. Sulaymonov, F. Noriyev, R. Jumanov, X. Umarov, Sh. Djabbrova)lari 2013-2014 oʻquv yili bitiruvchilarining toʻliq bandligini taʼminlash vazifalari topshirilsin hamda ushbu topshiriqlarning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har oyda tuman hokimligiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi B. SUVONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 7-avgust.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21/115-son