sirdaryo viloyati Boyovut tuman hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib Qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20 avguctdagi 186-sonli qaroriga koʻra va ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanib qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga asosan hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20 avguctdagi 186-sonli qaroriga koʻra va ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanib, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi tashkilotlarda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin.
Bandlikka koʻmaklashish markaziga ishlash istagida boʻlgan nogironlarning murojaat qilishi kamayganligi sababli 2014-yil uchun nogironlar ish oʻrinlari taʼlim muassasasini bitiruvchilariga oʻtkazilsin.
(Tashkilot va korxonalar roʻyxati ilova* qilinadi.);
* Ilova berilmaydi.
xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 3686 kishini tashkil etadigan.
7 % foiz (258-kishi) miqdorida, shu jumladan:
oʻn turt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota onalar uchun 0,5 % foiz (74-kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 2% foiz (152-kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,5% foiz (14-kishi);
nogironlar uchun 3% foiz (10-kishi);
bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashgan shaxslar uchun 0,5 % foiz (2-kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0,5% foiz (6-kishi).
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyiladigan belgilangan aksil koʻrsatkichlar hisobga olingan holda xodimga mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan yoshlar uchun, ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin bir yil davomida — shogirdlik ish joylari yoki maxsus kasb-hunar tayyorgarligini talab qilmaydigan ish joylari;
oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslar uchun ular oʻquv yurtlarini tamomlaganlaridan yoki boʻshatilganlaridan keyin bir yil davomida ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini bajarishni birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan xar qanday ish;
3. Tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilayotgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotlarning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Qaror rejasiga kiritilgan tashkilotlar tomonidan 2014-yil 1-yanvarga qadar imtiyozli ish oʻrinlarini 25%, 1-aprelga qadar 100% imtiyozli ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishi va bu haqda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yozma ravishda maʼlumotlar berilsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandda koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari E. Ernazarov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hokim D. BOTIROV
Boyovut t.,
2013-yil 9-sentabr,
1303-son