Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.11.2004 yildagi 560-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 30.11.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi investitsiya dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yalpi ichki mahsulotining barqaror oʻsishini taʼminlash, iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, strategik ijtimoiy dasturlarni toʻliq koʻlamda amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, shuningdek toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2005-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi kapital qoʻyilmalarining asosiy parametrlari va ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish prognozi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil uchun budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3a-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil uchun budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3b-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2005-yil uchun investitsiya loyihalarining aniq dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2005-yil uchun investitsiya loyihalarining aniq yoʻnaltirilgan dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi komplekslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, 6-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlarni tanlov asosida qidirib topishni taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari ijrochilari bilan birgalikda, keyinchalik ushbu qarorga 4 va 5-ilovalarga* oʻtkazish uchun 6-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va tasdiqlash boʻyicha ishlarni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar hamda buyurtmachi xoʻjalik birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2005-yil uchun qurilishlarning moʻljallanayotgan aniq roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga kelishish uchun bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda qurilishi yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazishni va yildan-yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha qurilishning qoldiq qiymatini 2005-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta hisoblab chiqishni tugallasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda qurilishlarning titul roʻyxatlarini tasdiqlasinlar, qurilishi yangidan boshlanayotgan obyektlar boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasinlar hamda ularni rasmiylashtirish va moliyalashtirishni ochish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va uning joylardagi organlariga, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi banklarga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2005-yil uchun qurilishlarning aniq roʻyxatlarini buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgandan keyin oʻn kun muddatda belgilangan tartibda kelishib olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilgan shartnomalarga hamda moliyalashtirishning kelishilgan jadvallariga muvofiq moliyalashtirishning rasmiylashtirilishini va avans toʻlovlarining oʻtkazilishini 2005-yil 1-fevralgacha amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bitta oʻquvchi oʻrniga xarajatlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy loyihalarda oʻquv sinflari, oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalaridan foydalanishni maqbullashtirish, oʻquv va yordamchi quvvatlarning oqilona yuklamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yotoqxonalarni blok metodi bilan qurishga oʻtish, zaruriyatga qarab keyinchalik ularning quvvatini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish va qurishda qimmat turadigan qurilish materiallari, shu jumladan pardozlash materiallari qoʻllashni taqiqlash hisobiga qisqartirish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda xarajatlarni qisqartirishga doir yuqorida koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun bazaviy loyihalarning amaldagi normativ hujjatlarini uch oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, tasdiqlangan loyiha yechimlaridan barcha chekinishlar, xarajatlarni belgilangan tartibni buzgan tomon hisobiga oʻtkazgan holda, ishlarning bajarilgan hajmidan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, vakolatli banklar obyektlar va qurilishlarni moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomga amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida loyihalash va ekspert tashkiloti aybi bilan yoʻl qoʻyilgan qoʻshimcha ishlar va xarajatlar hajmi aniqlangan taqdirda ushbu loyihani ishlab chiqish yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlangan summaning hammasi koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining birgalikdagi taqdimnomasi boʻyicha tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq dasturiga va alohida buyurtmachilar boʻyicha kapital qoʻyilmalar limitlariga 2005-yil mobaynida aniqlashtirishlar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yigʻma roʻyxatdan dasturning aniq qismiga yoki aniq qismdan yigʻma roʻyxatga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, oʻtkazilgan tanlov savdolarini hamda alohida qurilishlar va obyektlar boʻyicha mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda buyurtmachilar qurilishlarining aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatiga tasdiqlangan limitlar doirasida tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida tanlov savdolari oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlasin hamda ikkinchi va keyingi yillarda qurilishning shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning butun davri mobaynida loyiha va qurilish ishlari sifati va obyektlar qurilishi muddatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, loyiha va qurilish ishlari sifati monitoringi natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlar shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
560-son