LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika yalpi ichki mahsulotining barqaror o‘sishini ta’minlash, iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, strategik ijtimoiy dasturlarni to‘liq ko‘lamda amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2005-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi kapital qo‘yilmalarining asosiy parametrlari va ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish prognozi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
2005-yil uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
2005-yil uchun budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 3a-ilovaga* muvofiq;
2005-yil uchun budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 3b-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2005-yil uchun investitsiya loyihalarining aniq dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2005-yil uchun investitsiya loyihalarining aniq yo‘naltirilgan dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, 6-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlarni tanlov asosida qidirib topishni ta’minlasinlar;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
investitsiya loyihalari ijrochilari bilan birgalikda, keyinchalik ushbu qarorga 4 va 5-ilovalarga* o‘tkazish uchun 6-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etsinlar.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar hamda buyurtmachi xo‘jalik birlashmalari:
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2005-yil uchun qurilishlarning mo‘ljallanayotgan aniq ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga kelishish uchun bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
2005-yil 15-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda qurilishi yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazishni va yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha qurilishning qoldiq qiymatini 2005-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qayta hisoblab chiqishni tugallasinlar;
tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda qurilishlarning titul ro‘yxatlarini tasdiqlasinlar, qurilishi yangidan boshlanayotgan obyektlar bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzilishini ta’minlasinlar hamda ularni rasmiylashtirish va moliyalashtirishni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va uning joylardagi organlariga, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi banklarga taqdim etsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2005-yil uchun qurilishlarning aniq ro‘yxatlarini buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgandan keyin o‘n kun muddatda belgilangan tartibda kelishib olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilgan shartnomalarga hamda moliyalashtirishning kelishilgan jadvallariga muvofiq moliyalashtirishning rasmiylashtirilishini va avans to‘lovlarining o‘tkazilishini 2005-yil 1-fevralgacha amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bitta o‘quvchi o‘rniga xarajatlarni:
namunaviy loyihalarda o‘quv sinflari, o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalaridan foydalanishni maqbullashtirish, o‘quv va yordamchi quvvatlarning oqilona yuklamasi;
yotoqxonalarni blok metodi bilan qurishga o‘tish, zaruriyatga qarab keyinchalik ularning quvvatini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish va qurishda qimmat turadigan qurilish materiallari, shu jumladan pardozlash materiallari qo‘llashni taqiqlash hisobiga qisqartirish bo‘yicha taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda xarajatlarni qisqartirishga doir yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun bazaviy loyihalarning amaldagi normativ hujjatlarini uch oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin.
Belgilansinki, tasdiqlangan loyiha yechimlaridan barcha chekinishlar, xarajatlarni belgilangan tartibni buzgan tomon hisobiga o‘tkazgan holda, ishlarning bajarilgan hajmidan chiqarib tashlanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, vakolatli banklar obyektlar va qurilishlarni moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida Nizomga amal qilsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
8. Belgilab qo‘yilsinki, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida loyihalash va ekspert tashkiloti aybi bilan yo‘l qo‘yilgan qo‘shimcha ishlar va xarajatlar hajmi aniqlangan taqdirda ushbu loyihani ishlab chiqish yoki ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘langan summaning hammasi ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qo‘yiladi.
Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining birgalikdagi taqdimnomasi bo‘yicha tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq dasturiga va alohida buyurtmachilar bo‘yicha kapital qo‘yilmalar limitlariga 2005-yil mobaynida aniqlashtirishlar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yig‘ma ro‘yxatdan dasturning aniq qismiga yoki aniq qismdan yig‘ma ro‘yxatga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, o‘tkazilgan tanlov savdolarini hamda alohida qurilishlar va obyektlar bo‘yicha mablag‘larning amalda o‘zlashtirilishini hisobga olgan holda buyurtmachilar qurilishlarining aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatiga tasdiqlangan limitlar doirasida tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan birgalikda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida tanlov savdolari o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlasin hamda ikkinchi va keyingi yillarda qurilishning shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning butun davri mobaynida loyiha va qurilish ishlari sifati va obyektlar qurilishi muddatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, loyiha va qurilish ishlari sifati monitoringi natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlar shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)