Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2016 27.01.2014 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda davlat soliq xizmati organlaridan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-yanvardagi 17-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom maqsadlari uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar deganda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar — jismoniy shaxslar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosa xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnoma deb ataladi) tarzida hamda 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalaridagi mavjud maʼlumotlar asosida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga maʼlumotnoma berilishi keyinchalik ularga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumotnoma bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi maʼlumotnoma berish uchun ariza berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning soliq qarzdorligi yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi maʼlumotnoma olishda ruxsat beruvchi talablar va shartlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyoriy tugatilganda maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maʼlumotnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga maʼlumotnoma berish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan taqqoslama dalolatnomasi tuzadi. Taqqoslama dalolatnomasi xoʻjalik yurituvchi subyektning (yakka tartibdagi tadbirkor — jismoniy shaxsning va yuridik shaxs mansabdor shaxsining) roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmatida hozir boʻlishi yoʻli imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqqoslama dalolatnomasi tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga soliqlarni hisoblab chiqish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma olish uchun ariza shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektdan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maʼlumotnoma olish uchun ariza xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan bevosita, uning olinganligi toʻgʻrisida xabar berilgan holda pochta aloqasi vositasida yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan ariza xoʻjalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Arizani koʻrib chiqish hamda maʼlumotnoma berish yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Maʼlumotnomaning amal qilishini toʻxtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza koʻrib chiqilganligi va maʼlumotnoma berilganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektdan yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼlumotnoma olish uchun davlat soliq xizmati organiga taqdim etilgan hujjatlar ular olingan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun materiallarni qoʻshimcha oʻrganish yoxud boshqa choralar koʻrish zarur boʻlgan taqdirda arizani koʻrib chiqish muddati, istisno tariqasida, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, bu haqda ariza bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatlar mobaynida davlat soliq xizmati organi maʼlumotnoma berishi yoki berishni rad etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq boʻlganda unga maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq emasligi maʼlumotnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektda soliq tekshiruvi oʻtkazilayotgan davrda ham maʼlumotnoma berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyektga maʼlumotnoma beradi yoki uni rad etishning sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektga maʼlumotnoma berishi yoki uni maʼlumotnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan maʼlumotnoma yoki xabarnoma qogʻoz tarzidagi hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rad etish sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat maʼlumotnoma berishni rad etish toʻgʻrisida yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ular boʻyicha ilgari maʼlumotnoma berish rad etilgan sabablar bartaraf etilgandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga tegishli hujjatlarni taqdim etib takroran murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda davlat soliq xizmati organi tomonidan ilgari yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xoʻjalik yurituvchi subyekt maʼlumotnoma berishning rad etilishi, shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maʼlumotnoma yoʻqotib qoʻyilganda yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maʼlumotnomaning amal qilishini toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Berilgan maʼlumotnomalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat soliq xizmati organlari berilgan maʼlumotnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan maʼlumotnomalar reyestrida xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy- huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — yakka tartibdagi tadbirkor —jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnomaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnomani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini
‎yopish uchun soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTNOMA №___

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(maʼlumotnomani bergan DSI nomi)

‎‎_______________________________________________________ning arizasiga koʻra

‎‎‎‎(xoʻjalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxsning nomi ‎yoki yakka
‎tartibdagi tadbirkor — jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________.

‎‎(soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)

‎‎Xoʻjalik yurituvchi subyektning 20___ yil “___” _________________ dagi holatga koʻra
‎soliq qarzlari mavjud emas.

‎‎Maʼlumotnoma _________________________ bankdagi, MFO_____________________.‎
‎‎asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun berildi.
‎‎Amal qilish muddati 20___ yil “___” _______________ gacha.
20___ yil “___” ______________‎
‎‎_____________________________ davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi‎

(shahar, tuman)‎

________________‎

(imzo) ‎

M.Oʻ.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi Nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarda
‎ soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun
‎ARIZA

‎‎(Yuridik shaxs rahbarining yoki yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎(Tashkilotning nomi)

‎‎(Xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami‎ ‎‎

‎‎(Xoʻjalik yurituvchi subyektning yuridik (pochta) manzili)

‎‎‎‎Aloqa qilinadigan telefon‎
‎‎Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)‎‎‎‎‎
‎‎Yakka tartibdagi tadbirkorning pasportiga oid maʼlumotlar (yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻldiriladi)
‎‎Seriyasi‎

‎‎Raqami

‎‎
‎‎‎‎‎Berilgan sana‎ /‎ /‎

‎‎‎‎Kim tomonidan‎

‎‎‎‎(Raqamlar bilan: kun, oy, yil)

berilgan

‎‎
‎Asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun ‎‎‎soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishingizni iltimos qilaman
‎‎(Xoʻjalik yurituvchi subyektning yopiladigan asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamining tartib raqami)

‎‎MFO

‎‎

‎‎(Bankning nomi)

‎‎Budjet yoki boshqa shaharlar va (yoki) tumanlarning budjetdan tashqari fondlari oldida ‎‎soliq majburiyati mavjudligi‎‎‎

‎HA

‎‎(tegishli katakchada koʻrsatilsin)

X‎

‎‎YOʻQ

‎‎Agar budjet yoki boshqa shaharlar va (yoki) tumanlarning budjetdan tashqari fondlari oldida soliq majburiyati mavjud boʻlsa, ‎‎u holda quyidagilar koʻrsatilsin

‎‎(soliq yoki boshqa majburiy toʻlovning nomi, hududiy soliq organining nomi)

‎‎Men Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javob beraman

‎‎‎(Cheklangan doiradan chiqilmasin)

‎‎‏‎

_____________________________________________________________‎‎

/______________________/‎‎‎

‎‎(ariza beruvchining F.I.O.)

‎‎(Imzo)

‎Ariza berilgan sana‎ /‎ /‎ ‎‎M.Oʻ.

‎‎________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎(Ushbu chiziqdan keyin maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlari tomonidan toʻldiriladi)

‎‎‎(Cheklangan doiradan chiqilmasin)

_____________________________________________________________
‎(Soliq organining arizani qabul qilgan mansabdor shaxsi F.I.O.)‎‎

/_______________/
‎(Imzo)‎‎

‎‎‎‎Ariza qabul qilingan sana‎‎‎‎‎ /‎ /‎ ‎‎‎‎‎Pochta /‎ /‎
‎shtempeli
‎‎Hujjatning kiruvchi raqami‎ ‎‎‎sanasi

Sh.Oʻ. ‎

‎‎Soliq organining kodi‎‎

‎‎‎(soliq arizasi pochta

orqali taqdim etilgan taqdirda toʻldiriladi)‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 5-son, 58-modda)