Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004 10.04.1991 yildagi 95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRning ichki suv havzalarida baliq zapaslarini ko‘paytirish va qo‘riqlash to‘g‘risida” 1958-yil 15-sentabrdagi 1045-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1958-yil 31-oktabrdagi 716-son qarori (O‘zSSR QT, 1960-yil, I tom, 190-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi baliq zapaslarini qo‘riqlash va baliq ovlashni tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublika davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni va O‘zbekiston SSR baliqchilikni qo‘riqlash xizmati organlarining Ustavini tasdiqlash haqida 1959-yil 10-avgustdagi 594-son qarori” (O‘zSSR QT, 1959-y., 10-son, 42-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida baliq ovlash qoidalari to‘g‘risida” 1969-yil 29-maydagi 253-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 5-son, 42-modda; 1980-y., 12-son, 45-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR suv havzalarida baliq zapaslarini qo‘riqlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1969-yil 10-dekabrdagi 940-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 19-martdagi 126-son qarori (O‘zSSR QT, 1970-y., 4-son, 23-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida nodir baliqlar, dengiz sutemizuvchilari va suv umurtqasizlari boyligini himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1974-yil 25-oktabrdagi 833-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 27-noyabrdagi 536-son qarori (O‘zSSR QT, 1974-y., 11-son, 62-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR territoriyasida ov qilish va ovchilik xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqini berish tartibi to‘g‘risida” 1985-yil 14-iyundagi 309-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y., 6-son, 29-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-apreldagi 95-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligi xalq xo‘jaligining tarmog‘i bo‘lib, yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirish, shuningdek, havaskorlik, sport, hunarmandchilik ovchiligi va baliq ovlash yo‘li bilan ulardan oqilona foydalanish uning vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek, ularni ko‘paytirish maqsadida ovchilik va baliq ovlash joylariga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi va yagona davlat ovchilik-baliq ovlash fondini tashkil etadi. Pitomniklarda, inkubatorlarda, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va shu xo‘jaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ovchilik-baliq ovlash fondidan foydalanish, uni qo‘riqlash va ko‘paytirish tartibi SSJI qonunlari, SSJI Oliy Kengashining boshqa qarorlari, SSJI Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari bilan, bu hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollarda, shuningdek, SSJI Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi chiqargan yo‘riqnomalar, nizomlar bilan, mazkur Nizom hamda hayvonot olamini qo‘riqlash va undan foydalanish bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar bilan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi jumhuriyat hayvonot va o‘simliklar olamini qo‘riqlash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat inspeksiyasi (bundan keyin davlat biologiya nazorati deb ataladi) tasdiqlaydigan hayvonot va o‘simliklar olamini qo‘riqlash va foydalanishni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, nizomlar va qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan huquqlar doirasida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish huquqini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazorati tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilangan tartibda hunarmandchilik, havaskorlik va sport ovchiligi va baliq ovlashga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlarning yashash va yurish joyi bo‘lgan barcha yerlar, suvlar va o‘rmonlar ov qilinadigan va baliq tutiladigan joylar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hunarmandchilik maqsadlarida suvda yashovchi hayvonlarni va o‘simliklarni ovlash uchun foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin bo‘lgan yoxud baliqlarni ko‘paytirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha suv havzalari (dengiz, daryolar, ko‘llar, suv omborlari va ularning qo‘shimcha suv havzalari) baliqchilik xo‘jaliklari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha ovchilik-baliq ovlash joylari, ular joylashgan mazkur hudud kimning ixtiyorida ekanligidan qat’i nazar, ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazorati tasarrufida bo‘ladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ovchilik-baliq ovlash joylariga kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi istiqomat yerlari (shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq aholi istiqomat yerlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni qo‘riqlash, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy madaniy vazifalarni bajaruvchi yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, mehnatkashlarning istirohat joylari atroflaridagi yashil ihotazorlar, pioner va sport lagerlarining hududlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarining sanitariya-himoya zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish inshootlarining himoya zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aerodromlar va aerodrom atrofi zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara polosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘onlar, suv ayirgichlar, ko‘priklar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari chegaralaridagi 500 metrli polosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘llarni o‘zaro va daryo bilan birlashtiruvchi irmoqlar va jilg‘alar, daryolar va kanallar quyiladigan joylardagi 100 metr masofadagi uchastkalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish huquqi berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga birkitilgan ovchilik-baliq ovlash joylarida hayvonlarni ko‘paytirish va ularning yashash muhitini qo‘riqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Hayvonot olamidan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining jumhuriyat ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlaridan birining a’zosi bo‘lgan, 18 yoshga yetgan, joriy yil uchun belgilangan miqdorda a’zolik badallarini va davlat poshlinasini to‘lagan barcha fuqarolari o‘q otish va boshqa ovchilik qurollari, ruxsat etilgan boshqa ovchilik qurol-yarog‘lari bilan ov qilish huquqiga egadirlar. Boshqa jumhuriyatlarning shu jumhuriyat ovchilar jamiyatlari bergan ovchilik bileti bo‘lgan ovchilari tegishli ov qilish joylarining foydalanuvchisi ruxsati bilangina ov qilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha suv havzalarida barcha fuqarolarga sport va havaskorlik maqsadida shaxsiy iste’mol uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda bepul baliq ovlashga ruxsat etiladi, qo‘riqxonalar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Istisno hollarda SSJI fuqarolari bo‘lmagan shaxslarga yo‘llanmalar, belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) bo‘yicha ov qilish huquqi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. A’zolik badallarini va davlat poshlinasini to‘laganlik to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ovchilik bileti, belgilangan tartibda berilgan litsenziya, ruxsatnoma va yo‘llanma sport-havaskorlik maqsadida ov qilish huquqini beruvchi guvohnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni sanoat miqyosida ovlash tayyorlov tashkilotlari bilan shartnomalar mavjud bo‘lganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik a’zolik biletlari O‘zbekiston Respublikasi ovchilar va baliq ovlovchilar sport jamiyatlari uyushmasi — “O‘zbekoxotribolovsoyuz”, Turkiston harbiy okrugining harbiy-ovchilik jamiyati kengashi va ularning joylardagi organlari tomonidan beriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Silliq stvolli va qirqma miltiqlarni, ularga o‘q-dorilarni fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xarid qilish, shuningdek, ularni saqlash va olib yurish SSJI Ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan o‘q otish qurollarini va ularga o‘q-dorilarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish, olib yurish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoidabuzarlardan tortib olingan silliq stvolli ovchilik qurollari va ularga o‘q-dorilar, ov qilish va baliq ovlash asbob-anjomlari, shuningdek, ovchilarning miltiqlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining organlari ruxsatnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi ovchilar va baliq ovlovchilar sport jamiyatlari uyushmasining hamda Turkiston harbiy okrugi harbiy-ovchilik jamiyatlari kengashining do‘konlarida sotiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yovvoyi hayvonlarni ovlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tabiiy erkinlikda yurgan yovvoyi hayvonlarni ovlash maqsadida iziga tushish, ta’qib etish va ovlash (otib olish, baliqlarni tutish) ov qilish (tutish) deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovchilik-baliq ovlash joylarida qurol-yarog‘, itlar, ovchi qushlar, qopqonlar, to‘r materiallari va ov qiladigan hamda baliq tutadigan boshqa asbob-anjomlar bilan yoki ovlangan ov mahsuloti va tutilgan baliq bilan bo‘lish, shuningdek, yig‘ilgan qurol-yarog‘ bilan yo‘llarda bo‘lish ov qilishga va baliq tutishga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ilmiy, madaniy-ma’rifiy, xo‘jalik, shuningdek, sport-havaskorlik maqsadlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazorati belgilagan tartibda bepul yoki mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq pulli amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yovvoyi hayvonlarni boshqa yashash joylariga ko‘chirish, O‘zbekiston Respublikasi faunasi uchun yangi bo‘lgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimlashtirish, ularni jumhuriyat tashqarisiga olib ketish va jumhuriyatga olib kelish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni ilmiy-tadqiqot va xo‘jalik maqsadlarida chatishtirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining ruxsati bilangina yo‘l qo‘yiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar ov qilish va baliq tutish mahsulotlari hisoblanadi: mo‘yna va terilar, shuningdek, ulardan bo‘lgan buyumlar, shoxlar, hayot kechirish mahsulotlari (shu jumladan, ishlab chiqarilgani), yovvoyi hayvonlarning go‘shti, yovvoyi parrandalar va boshqa hayvonlarning tuxumi, baliq va uvildiriq, ov o‘ljalari, shuningdek, tabiiy sharoitlarda ovlangan yoki maxsus pitomniklarda o‘stirilgan yovvoyi hayvonlarning o‘zi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan joylarda, tegishli ruxsatsiz ovlangan, man etilgan turlar yoki ruxsat berilmagan usullarda belgilangan normadan (limitlardan) ortiqcha ovlangan ov qilish va baliq tutish mahsulotlari noqonuniy ov qilish va baliq tutish mahsulotlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘lga tushirilgan noqonuniy ov qilish va baliq tutish mahsuloti musodara qilinadi va ov qilish hamda baliq ovlash qoidalarining buzilganligini aniqlagan shaxslarda mukofot sifatida qoldirilishi mumkin (tuyoqli hayvonlarning go‘shti, lekin bir boshdan ko‘p emas). Mo‘yna, sayg‘oqlarning go‘shti, shuningdek, 5 kilogrammdan ortiq baliq bundan mustasnodir, ular belgilangan tartibda tayyorlov, savdo tashkilotlariga yoki umumiy ovqatlanish tashkilotiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy ovlangan ovchilik mahsulotini yoki tutilgan baliqni musodara qilish imkoniyati bo‘lmaganda (qoida buzuvchi tomonidan ishlatilgan yoki sotilgan, foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan va boshqalar) qoida buzuvchidan xarid narxlari bo‘yicha bu mahsulotning qiymati undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xalq xo‘jaligiga muayyan zarar yetkazuvchi yirtqichlarni otish (tutib olish) o‘z hududlarida ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi berilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning o‘rmonchilari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda yirtqichlarni otish (tutib olish)ni jamiyatlar tomonidan maxsus tuzilgan ovchilar brigadalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazorati beradigan ruxsatnomalar bo‘yicha fuqarolar amalga oshirishlari mumkin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq xo‘jaligiga zarar yetkazadigan yovvoyi hayvonlarni otganlik (tutganlik) uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq miqdorlarda belgilangan tartibda matlubot kooperatsiyasi tomonidan mukofot to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Baliqchilik ehtiyojlari va ovchilik xo‘jaligini yuritish (nevodlarni tortib kelish, baliq tutish asbob-uskunalarini quritish va tuzatish, kemalarni tuzatish, mexanizmlarni o‘rnatish, vaqtinchalik binolar tiklash va boshqalar) uchun baliq xo‘jaligi tashkilotlariga va ovchilikdan foydalanuvchilarga qirg‘oq polosalaridan foydalanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining ruxsatisiz SSJI va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ovlanadigan mo‘ynali hayvonlar (suv kalamushi, qorako‘zan, tulki va boshqalar)ni fuqarolar tomonidan tutqunlikda saqlash;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovchilik va baliq ovlash mahsulotlarini sotish va sotib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat ovchilik-baliq ovlash fondini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yovvoyi hayvonlarni davlat tomonidan qo‘riqlashni va idoraviy qo‘riqlash ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazorati amalga oshiradi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy qo‘riqlashni o‘rmon xo‘jaliklari, davlat ovchilik xo‘jaliklari, davlat qo‘riqxonalari, davlat zakazniklari, milliy bog‘lar, ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarining o‘rmonchilik va yollangan ovchilar xizmatlari amalga oshiradi. Ichki ishlar organlari, tabiatni qo‘riqlash jamoatchi inspektorlari, O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish jamiyati, baliq ovlash tashkilotlari va boshqa hayvonot olamidan foydalanuvchilar hayvonot olamini qo‘riqlashga ko‘maklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan va ayrim fuqarolardan tabiatni muhofaza qilish qonunlari buzilganligi munosabati bilan tushuntirishlar berishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ovchilik-baliqchilik bazalarini, turar-joy, omborxona va boshqa binolarni, shuningdek, ovchilik-baliq ovlash joylarida bo‘lgan barcha transport turlarini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) barcha ovchilik-baliq ovlash joylariga, ularning idoraviy tobeligidan qat’i nazar, hech bir qarshiliksiz borish, qurollarni, baliq ovlash asbob-anjomlarini tekshirish, tutish (otish) joylarida, suzish va transport vositalarida, omborxonalarda, qabul qilish joylarida va baliq zavodlarida ovchilik va tutilgan baliq mahsulotlarini tekshirishga, shuningdek, ovchilik qurollari, o‘q-dorilar hamda boshqa ov qilish va baliq tutish asbob-anjomlarini sotish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya qilinishini nazorat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari, baliq ovlash tashkilotlari, ovchilar va baliqchilar jamiyatlari hamda ovchilik va baliq ovlash joylarining boshqa foydalanuvchilari tomonidan hayvonot olamini qo‘riqlash, ko‘paytirish va ulardan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda moddiy, ma’muriy javobgarlikka tortish, jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasini qo‘yish, hayvonot olamiga va ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklariga yetkazilgan zararni undirib olish da’vosini qo‘yish.
(22-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qoidabuzarlarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Hayvonot olamini qo‘riqlash va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, mazkur Nizomni, ov qilish va baliq ovlash Qoidalarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Noqonuniy ov qilishni, baliq ovlashni yoki hayvonot olamidan foydalanishning boshqa turini sodir etgan shaxs ushlanganda undan miltiq yoki hayvonlarni ovlaydigan boshqa asbob-anjomlar tortib olinadi, bunda foydalaniladigan transport vositalari ushlab qolinadi va tegishli organlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hayvonot olamini qo‘riqlash va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarni, ov qilish va baliq ovlash Qoidalarini buzgan fuqarolar va mansabdor shaxslar, moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishidan qat’i nazar, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat ovchilik-baliqchilik fondiga yetkazilgan moddiy zararni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq miqdorlarda qoplashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lari
(VI-bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 1-ilovaga muvofiq ov qilish huquqini beruvchi litsenziyalarni sotishdan olingan mablag‘lar respublika budjetiga o‘tkaziladi, jarohatlanishlar va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo‘lgan hayvonlarning mahsulotlarini sotishdan olingan, shuningdek, fuqarolik da’volari bo‘yicha zararni qoplashdan tushgan mablag‘lar (3-ilovaga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lari joriy hisobiga o‘tkaziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish yoki ular bilan kolleksiyalarni to‘ldirish uchun ularni ovlashga litsenziya (ruxsatnoma)larni sotishdan olingan mablag‘lar respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ovchilik-baliqchilik fondiga yetkazilgan zararni undirishdan olingan mablag‘larning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat qo‘riqxonalariga va milliy tabiiy bog‘larga zarar yetkazilgan taqdirda barcha summa (mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan pul mukofotlarini chegirib tashlash bilan) davlat qo‘riqxonalari va milliy tabiiy bog‘larning hisob-kitob schyotiga;
(28-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 1993-y., 8-son, 33-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat ovchilik fondiga, shuningdek, baliq ovlash xo‘jaligining suv havzalariga zarar yetkazilgan taqdirda — hammasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lar joriy hisobiga;
(28-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jamoat tashkilotlarining birkitilgan ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklariga zarar yetkazilgan taqdirda — agar qoidani buzish mazkur jamiyat xodimlari tomonidan aniqlansa, 70 foizi ularning hisob-kitob schyotiga, 30 foizi esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lar joriy hisobiga o‘tkaziladi. Qoidabuzishlar tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha inspektorlar tomonidan aniqlanganda — 100 foiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lar joriy hisobiga tushadi.
(28-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jarimalarni to‘lashdan tushgan barcha pullar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lar joriy hisobiga yoziladi, uning 50 foizi davlat biologiya nazorati tomonidan jumhuriyat budjetining daromadiga o‘tkaziladi. Agar huquqbuzarlik davlat qo‘riqxonasi va milliy tabiiy bog‘ hududida sodir etilgan taqdirda jarima to‘lashdan tushadigan barcha summa (mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan pul mukofotlarini chegirib tashlash bilan) davlat qo‘riqxonasi va milliy tabiiy bog‘ning hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 1993-y., 8-son, 33-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tortib olingan ovchilik va baliq ovlash asbob-anjomlarini, shuningdek, noqonuniy ov mahsulotlarini sotishdan tushgan hamma pul davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lar joriy hisobiga yoziladi, uning 50 foizi jumhuriyat budjetining daromadiga o‘tkaziladi. Ovlash va baliq ovi qurollarini, shuningdek, qonunga xilof ov mahsulotlarini musodara qilishdan tushadigan barcha summa, agar huquqbuzarlik davlat qo‘riqxonalari va milliy tabiiy bog‘lar hududida sodir etilgan bo‘lsa, Davlat qo‘riqxonalari va milliy tabiiy bog‘larning hisob-kitob schyotlariga o‘tkaziladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 1993-y., 8-son, 33-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy sotib olganligi, sotganligi, qayta ishlaganligi uchun tortib olingan mo‘ynali hayvonlarning terisini sotishdan tushgan pullar, shuningdek, davlat tamg‘asiga ega bo‘lmagan va davlatga topshirilishi majburiy bo‘lgan, qayta ishlash va bo‘yash uchun qabul qilgan maishiy xizmat ko‘rsatish kombinatlari va atelyelardan tortib olingan mo‘ynali hayvonlar terisini sotishdan olingan pullar terilarni sotish uchun qabul qilgan tashkilotlar tomonidan bevosita jumhuriyat budjetining daromadiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologiya nazoratining maxsus mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha sarflanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Hayvonot olamini qo‘riqlash va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda ov qilish va baliq ovlash Qoidalarining buzilishini aniqlagan barcha shaxslarga zararni qoplashdan va pul jarimasidan tushgan pullarning 30 foizgachasi miqdorida mukofot beriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maxsus mablag‘larning yil oxiridagi ishlatilmagan qoldig‘i SSJI Davlat banki muassasalari tomonidan yopilmaydi va keyingi yilga o‘tuvchi qoldiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIYMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yoshi va jinsidan qat’i nazar, yovvoyi hayvonlarni ovlashning narxlari (bir bosh hayvon uchun so‘m hisobida)‎‎

sport ovi‎ tayyorlov maqsadlari uchun‎ ilmiy va boshqa maqsadlar uchun‎

SUT EMIZUVChILAR

Shu jumladan:
a) Qizil kitobga kiritilgan turlar
yo‘qolib borayotganlari
Gepard, old Osiyo qoploni, targ‘il sirtlon, burama shohli echki, Ustyurt qo‘chqori yoki arkal, Tyanshan qo‘chqori yoki arxar, Qizilqum qo‘chqori yoki Seversov qo‘chqori, tojik yoki Buxoro qo‘chqori

2000
kamyob hayvonlar
Qor qoploni, qoraquloq, Buxoro bug‘usi, qulon, jayron, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, asalxo‘r, O‘rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, manul 1000
Menzbir sug‘uri, olako‘zan 500
b) ovlanadigan va boshqa turlar
Tog‘ suvsari, qorako‘zan 500 150 30
To‘ng‘iz, Sibir tog‘ echkisi, kosulya 300 200 30
Oqquyruq (sayg‘oq) 50 30
Tulki, qorsoq, qizil sug‘ur, sassiqko‘zan, oqsuvsar 100 50 30
Bo‘rsiq, yovvoyi mushuklar, ariq sichqoni, chiyabo‘ri, jayra 50 15 10
Ondatra 30 30
Tolay tovushqon 15 10 5
Tipratikan, yumronqoziq, qo‘shoyoqlar, ko‘rshapalak, xavfli kasalliklarni tarqatadigan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan tashqari boshqa sut emizuvchilar 1 1


PARRANDALAR‎

Shu jumladan:
a) qizil kitobga kiritilgan turlar
yo‘qolib borayotgan parrandalar
Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, sariqbosh lochin yoki shaxin, oqturna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq 1000
Qizg‘ish va jingalak patli soqaqushlar, oq va qora laylaklar, tog‘ g‘ozlari, qizil g‘oz, baliqxo‘r qush, sapsan, marmarrang churrak, oq dumli burgut, kichik burgut, cho‘l burguti, o‘limtikxo‘r burgut, burgut, boltayutar, itolg‘i, yo‘rg‘a tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxo‘ragi, uzunburun baliqchi qush, cho‘l chumchug‘i, qoshiqburun, boshqa turlar 500
b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar‎
Qoravoy, qarg‘a, qora kalxat, oqboshli qo‘moy, jo‘rchi, turna, ukki 30
Boshqa yirtqich qushlar 10
v) ovlanadigan va boshqa turlar
Qirg‘ovul 25 10 3
G‘ozlar 5 3 2
O‘rdaklar, churraklar, kakliklar, qashqaldoq, cheregatlar, qarqara, qo‘ng‘irlar, saja, ular 1 1 2
Bedana, qoraqorin bulduruq 0,5 0,5 0,5
Kumushrang oq charloq, qorabosh chag‘alay 1 1
Kaptarlar, qumrilar, baliqchi qush, qamishzor qushi, baqlan 0,2 0,2 0,2
Qorayaloq, chug‘urchiq 0,1 0,5 0,5
Rekshesimon qushlar, kakku, tentakqush 0,5 0,5
Yovvoyi sayroqi qushlar (chumchuqsimonlar, dehqonchumchuq) 5 5
Boshqa parrandalar 0,1 0,1


‎‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Shu jumladan:
a) qizil kitobga kiritilgan turlar
Kobra, kulrang echkiemar 1500
Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloq bosh ilonlari, Farg‘ona cho‘l kaltakesagi 50
b) zaharli ilonlar
Gyurza, efa, qalqon ilon, qora ilon 1000 1000
v) boshqa sudralib yuruvchilar
Bo‘g‘ma ilon
Zaharsiz ilonlar, sariq ilon, chirqildoq gekkon 15 5
Toshbaqa 5 2
Kaltakesaklar, gekkonlar, agamalar va boshqa turlar 3 0,5


QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR ‎

Qurbaqalar, baqalar va boshqa turlar 0,5 0,2


‎BALIQ

Baqrabaliq, filmoy, Orol so‘zan balig‘i, chaklik (toshbaqra) 250
Laqqa, Turkiston so‘zan balig‘i 4 1000 20
Issiqko‘l gulmohi balig‘i, pelyad, qalqon baliq 4 2000 10
Qorabaliq, buffalo 2 1000 5
Olabo‘g‘a, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq 1 1000
Samarqand xramulasi, tarashabaliq, moybaliq, oqko‘z vobla, qizilko‘z baliq, kutum 0,7 800 1
Oqko‘z, qizilqanot 0,5 500 0,5
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan normada baliq ovlash uchun yo‘llanma qiymati — 1 so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi katakda — belgilangan normadan ortiq ushlangan (ammo ko‘pi bilan 5 kg) har 1 kg baliq uchun, shuningdek, ovchilar va baliqchilar jamiyatlarining a’zosi bo‘lmagan baliqchi ushlagan 1 kg (ammo belgilangan normadan ko‘p bo‘lmagan) baliq uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi katakda 1 tonna baliqning narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi katakda 1 ta baliqning narxi ko‘rsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-xavaskorlik maqsadida, baliq ovlashda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, urush qatnashchilari, urush va mehnat nogironlari haq to‘lashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎‎
‎‎UMURTQASIZLAR

Daryo qisqichbaqasi‎‎ —‎ 3‎ 1‎
Boshqa qisqichbaqasimonlar‎ —‎ 5 (1 kg uchun)‎ —‎
Qizil kitobga kiritilgan turlar, kolleksiya
‎va muzey qimmatiga ega bo‘lgan mahalliy turlar‎

‎—‎

‎—‎

‎25‎
Zaharli umurtqasizlar‎ —‎ 1‎ 1‎
Amalda foydalaniladigan turlar‎ —‎ 0,1‎ 0,05‎
Mumiyo‎ —‎ 0,4‎ (0,001 kg uchun) —‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarda va hayvonlarda uchraydigan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar — qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalari haq to‘lanmasdan ovlanadi (tegishli tashkilotlar beradigan ro‘yxatga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish yoki iqlimlashtirish maqsadida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni; ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalarning qiymati dastlabki qiymatidan 5 baravar kam bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlarni, ularning qismlarini yoki hayoti faoliyati mahsulotlarini eksportga yetkazib berish maqsadida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma bepul beriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorati bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq keyinchalik valyutada hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlarning ovlanadigan turlarini ovlash uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) yovvoyi hayvonlar sonini, ovchilik xo‘jaligining yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirishdagi va qo‘riqlashdagi ishtirokini hisobga olgan holda shartnoma narxlarida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (zaharlar va boshqalar), shoxlar, mo‘ynali hayvonlarning terilari respublika tashqarisida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratning ruxsatnomalari bilangina sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pitomniklarda o‘stirilgan hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar qiymati ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv bo‘yicha belgilanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararli yirtqich hayvonlarni otganlik (ovlaganlik) uchun to‘lanadigan mukofotlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mukofotning miqdori

(so‘m hisobida)

Inidagi urg‘ochi bo‘ri — bolalari bilan

200

Katta urg‘ochi bo‘ri

150

Katta bo‘ri

100

Bo‘ri bolalari

50

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy ov qilish va baliq ovlash tufayli yetkazilgan zararni undirib olish miqdorini hisoblash uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAT’IY NARXLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yoshi, katta-kichikligi, og‘irligi va jinsidan qat’i nazar, har bir jonzot uchun (bosh, teri, shox) undirib olish miqdori, so‘m hisobida

SUT EMIZUVChILAR

Shu jumladan:
a) Qizil kitobga kirgan turlar Qor qoploni, gepard, old Osiyo qoploni, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, targ‘il sirtlon, burama shoxli echki yoki morxo‘r, Ustyurt qo‘chqori yoki arqal, Qizilqum qo‘chqori yoki Seversov qo‘chqori, tojik qo‘chqori, Tyanshan qo‘chqori yoki arxar, Buxoro bug‘usi yoki xongul, jayron 20000
Qoraquloq, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi, qulon, manul, asalxo‘r 15000
Menzbir sug‘uri 5000
Olako‘zan, Geptner qo‘shoyog‘i 3000
b) ovlanadigan turlar
To‘ng‘iz, Sibir tog‘ echkisi, kosulya, sayg‘oq (erkagi), tog‘ suvsari, qorako‘zan, qizil sug‘ur 2500
Tulki, ondatra, chiyabo‘ri, sayg‘oq (urg‘ochisi) 1000
Bo‘rsiq, jayra, suv kalamushi, qorsoq, yovvoyi mushuklar, oqsuvsar 700
Sassiqko‘zan, ariq sichqoni, quyon 300
v) boshqa turlar
Ko‘rshapalak, tipratikan 10
Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalariga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar 5
Sayroqlar, bug‘ular, echkilar, qo‘chqorlarning shoxlari Tegishli turning bir boshiga muvofiq keladi
Buyumlardagi mo‘yna Mazkur buyumdagi terilar soni bo‘yicha


‎PARRANDALAR

Shu jumladan:
‎a) Qizil kitobga kiritilgan turlar
Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, oq turna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq 5000
Sariqbosh lochin yoki shaxin, sapsan, burgut, itolg‘i 10000
Qizg‘ish va jingalak patli soqaqushlar oq va qora laylaklar, tog‘ g‘ozlari, qizil g‘oz, baliqxo‘r qush, oq dumli burgut, kichik burgut, uzun dumli burgut yoki qirg‘iy, o‘limtikxo‘r burgut, boltayutar, rangdor tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxo‘ragi, uzunburun baliqchi qush 4000
Marmarrang churrak, qoshiqburun, kazarkalar 2000‎
Cho‘l chumchuqlari 1000
b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar
Turnalar, qoravoy, ukki 2000
Qarqara, saja, haqqush, qoraqorin bulduruq, boshqa yirtqich qushlar, qorabosh chag‘alay 1000‎
Bedana (erkagi), jig‘altoy 5000
v) ovlanadigan turlar
Qirg‘ovul 500
G‘ozlar 400
O‘rdaklar, kaklik, chil kaklik, ular qarg‘alar 250
Qashqaldoq, ko‘lbuqa, cheregatlar, churraklar‎ 100‎
Qumri, kaptarlar, bedana, qamishzor qushi, qo‘ng‘irlar, baliqchi qush‎ 50‎
g) parrandalarning boshqa turlari ‎
Yovvoyi sayroqi qushlar, kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan turlar‎ 50 yoki xalqaro katalog narxlari bo‘yicha‎
Parrandalarning boshqa turlari ‎ 10‎

‎‎
‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Shu jumladan:
‎a) Qizil kitobga kiritilgan turlar ‎
Kobra, kulrang echkiemar ‎ 10000‎
Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloqbosh ilonlari, Farg‘ona cho‘l kaltakesagi‎ 2000‎
b) zaharli ilonlar‎
Gyurza, efa‎ 6000‎
Qalqon ilon, qora ilon‎ 5000‎
v) sudralib yuruvchilarning boshqa turlari‎
Bo‘g‘ma ilon‎ 1000‎
Zaharsiz ilonlar‎ 500‎
Toshbaqa‎ 250‎
Chirqildoq gekkon‎ 500‎
Boshqa sudralib yuruvchilar‎ 100‎
Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari‎ xalqaro katalogga muvofiq narxlarda‎


‎‎‎QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR

Qurbaqalar, baqalar va boshqalar‎ 10‎


‎‎‎BALIQLAR

Baqrabaliq, filmoy, Orol so‘zan balig‘i, chaklik (toshbaqra)‎ 2000‎
Laqqa, Turkiston so‘zan balig‘i‎ 500‎
Issiqko‘l gulmohi balig‘i, pelyad, qalqonbaliq‎ 250‎
Zog‘orabaliq, oqqayroq, oq va qora amur, do‘ngpeshana‎ 100‎
Qorabaliq buffalo‎ 50‎
Olabo‘g‘a, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq‎ 25‎
Samarqand xramulasi, tarasha baliq, moybaliq, vobla, qizilko‘z baliq kutum‎ 15‎
Oqko‘z, qizilqanot va boshqa qimmatga ega bo‘lmagan turlar‎ 10‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik baliq turlarining uvildirig‘ini noqonuniy ravishda tayyorlash tufayli yetkazilgan zarar uchun bu xil baliq uchun (1 kg uchun) undiriladigan pulning uch baravari miqdorida pul undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorat tasdiqlagan yo‘riqnoma bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

UMURTQASIZ JONIVORLAR‎

Daryo qisqichbaqasi 10‎
Boshqa qisqichbaqasimonlar 50 (1 kg uchun)
Zaharli umurtqasiz jonivorlar 25
Qizil kitobga kiritilgan, O‘zbekiston uchun kamyob turlar hisoblanuvchi umurtqasiz jonivorlar, mahalliy umurtqasizlar 50
Kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan turlar xalqaro katalogga muvofiq narxlarda
Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatadigan, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan tashqari, tayyorlash obyektlari bo‘lgan boshqa umurtqasizlar 1
Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari 1 g zahar olish uchun
‎zarur bo‘lgan bosh soni hisobidan
Mumiyo 25 (0,001 kg uchun)
Qo‘riqxona, milliy (xalq) bog‘, zakazniklar, tabiiy yodgorliklar, qo‘riqxonalarning qo‘riqlanadigan qismlari hududlarida, maxsus pitomniklarda uyalarni, inlarni, kataklarni buzganlik uchun, xayvonlarni ovlaganlik uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎pulning ‎uch baravari miqdorida
Ovlash taqiqlangan parrandalarning uyasidan olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, ilon yoki echkiemarlarning har bir tuxumi uchun 50
Qizil kitobga kiritilgan turlarning uyasidan olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎ pulning 50 foizi miqdorida
Olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni (yoki tuxum reptiliyasi) uchun 20
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi to‘qaylarni, yosh nihollarni va ekilgan o‘rmon daraxtlarini, boshqa o‘simliklarni kesganlik va o‘rganlik uchun (1 ga uchun) 1000
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlarni yoqqanlik va bo‘sh yerlarni shudgorlaganlik uchun (1 ga uchun) 500
Yovvoyi hayvonlarning yashashiga xos bo‘lmagan sharoitda (muz�ikda, suvda va hokazo) falokatga uchraganda (yong‘in, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek, yoritish asboblarini qo‘llab, transport vositalari bilan, motorli qayiqlar va katerlar, samolyotlar hamda vertolyotlar bilan ularni tunda nobud qilganlik uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎pulning uch baravari miqdorida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarning maqomi o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undiriladigan pulning miqdorini aniqlash huquqi beriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 111-sonli qarori tahririda)