Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.06.1992 10.06.1991 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.06.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash hamda yetkazib berish boʻyicha Jumhuriyat kooperativ birlashmasi (“Uzkoopvtormet” JKB)ni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-iyundagi 269-sonli “Temir-tersak parchalari va qora metallar chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish korxonalarini Oʻzbekiston metallurgiya zavodiga berish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 4-iyundagi Farmoniga muvofiq hamda qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berishni yaxshilash, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida jumhuriyatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish boʻyicha jumhuriyat kooperativ birlashmasi (“Uzkoopvtormet” JKB) ilovaga muvofiq tuzilish boʻlinmalari tarkibida tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish boʻyicha jumhuriyat kooperativ birlashmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash va yigʻish hamda ularni temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov sexlari va uchastkalarida qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini birlamchi qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir-tersakni isteʼmolchilarga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi rangli metallar va qotishmalar hamda ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va birlashmaning firma magazinlari orqali sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish chiqindilarini sotish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Uzkoopvtormet” faoliyatida davlat, kooperativ, qoʻshma, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlarining, korxonalarning, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopvtormet” JKB:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining xoʻjalik va huquqiy maqomini saqlagan holda shartnoma asoslarida ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ va aralash birlashmalar va uyushmalarga ixtiyoriy ravishda kirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat bilan bogʻliq barcha masalalarni mustaqil hal qiladi, yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitob qilish uchun bank muassasalarida pul va xorijiy valyuta mablagʻlari schyotlarini ochadi, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konserniga va SSJI Metallurgiya vazirligiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “Uzkoopvtormet”ning tayyorlov tashkilotlari va temir-tersak topshiruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni boshqaruvchi asosiy hujjat shartnoma hisoblanadi, unda qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirishdan tomonlarning moddiy manfaatdorligini taʼminlovchi oʻzaro majburiyatlar aniq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bevosita belgilangan topshiriqlarga muvofiq korxonalar va tashkilotlar bilan, shuningdek boshqa temir-tersak topshiruvchilar bilan tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada tomonlarning oʻzaro majburiyatlari, temir-tersak yetkazib berish hajmlari, assortimenti, sifati va muddatlari boʻyicha topshiruvchining, oʻz vaqtida haq toʻlash boʻyicha tayyorlovchining majburiyatlari aniq aks etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi “Uzkoopvtormet”ning temir-tersak topshiruvchilar bilan shartnomalar tuzishini 1-yanvargacha tugallashi uchun har yili 1-oktabrgacha jumhuriyat vazirliklari va idoralari boʻyicha qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash yuzasidan davlat buyurtmasi loyihalarini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Uzkoopvtormet”ga tayyorlanadigan qora, rangli metallar parchalari va chiqindilari, sotiladigan mahsulot, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari uchun shartnomaviy narxlarni belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi temir-tersak topshiruvchilarni maqsadli ragʻbatlantirish uchun “Uzkoopvtormet”ga belgilangan nomenklaturadagi moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan, ehtiyoj katta boʻlgan tovarlarni belgilangan tartibga muvofiq ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Uzkoopvtormet” oʻziga yuklatilgan vazifalarni hisobga olib va birlashmaning ustaviga muvofiq boshqaruv apparati tuzilishini va ish haqi toʻlash fondini mustaqil ravishda belgilasin, ularni taʼminlash oʻziga qarashli boʻlinmalarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi. Xodimlarning eng koʻp soni 135 kishidan iborat qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopvtormet”ga birlashma raisining toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Uzkoopvtormet”ga bir oy muddat ichida Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni bilan kelishilgan, mazkur qaror, amaldagi normativlar hamda Oʻzbekiston SSJ qonunlari hisobga olingan holda birlashma Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Uzkoopvtormet”ga mahsulotni eksportga va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, belgilangan tartibga muvofiq, asbob-uskunalar, materiallar, tovarlar sotib olish boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-iyundagi 158-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzkoopvtormet” JKB asosiy tuzilish boʻlinmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent alyuminiyli qotishmalar zavodi‎
Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish uchastkasi, Toshkent shahri‎
Firma magazini, Toshkent shahri‎
Qora metallar parchalarini tayyorlash va qayta ishlash boʻyicha kichik korxonalar, uchastkalar, sexlar — 23 ta‎
Rangli metallar parchalarini tayyorlash va qayta ishlash boʻyicha kichik korxonalar, uchastkalar, sexlar — 5 ta‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tuzilish boʻlinmalarining soni va roʻyxatiga aniqlik kiritiladi.