Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993 12.04.1991 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ayrim xalq isteʼmoli mollarining chakana narxlarini pasaytirish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ularning baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana narxlar islohoti natijasida aholining ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida, jumhuriyatning demografik xususiyatlarini va aholi daromadlari darajasining pastligini hisobga olib, Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarni isloh qilish haqida” 1991-yil 29-martdagi 74-son qaroriga qisman oʻzgartish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1991-yil 1-maydan eʼtiboran quyidagi tovarlarning chakana narxlari pasaytirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab formasi va fartuklar narxi oʻrtacha 50 foizga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar poyabzali narxi oʻrtacha 30 foizga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga normativ boʻyicha sotiladigan xonatlasning imtiyozli belgilangan narxlari 50 foizga pasaytirilsin va 1 pogon metrining narxi 22 soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi, OʻzSSJ Mahalliy sanoat vazirligi, Oʻzbekbirlashuv yuqorida koʻrsatilgan tovarlarni aholiga sotish normasi va tartibi haqida bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi mazkur qarorning 1-punktida koʻrsatilgan tovarlarni sotish ustidan nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. OʻzSSJ Moliya vazirligi koʻrsatilgan tovarlar narxlaridagi tafovutni savdo tashkilotlariga toʻlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 12-aprel,

97-son