Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.1992 29.06.1991 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-sonli “1992-yilda respublika qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud meva-sabzavot mahsulotlaridan oqilona foydalanish, kolxozlar, sovxozlar, boshqa qishloq xoʻjaligi va tayyorlov tashkilotlarining zarur vositalar hamda resurslarga boʻlgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish, yetishtirilgan hosilni sotishda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalariga yordam berish va jumhuriyatning isteʼmol bozorini himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, uzum, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot maxsulotlarini jumhuriyatlararo bitimlar va bevosita aloqalar boʻyicha jumhuriyatdan umumittifoq fondiga yetkazib berish asosan jumhuriyat korxonalari, xoʻjaliklari va aholisi uchun gʻoyat tanqis boʻlgan oziq-ovqat, xalq isteʼmoli mollari va ishlab chiqarish-texnika mahsulotlariga almashtirish shartlaridagi shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumittifoq fondi hisobiga maxsus isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan meva-sabzavot mahsulotlari, shuningdek, yalpi yetilish mavsumida tez sotishni talab qiladigan ertagi karam va poliz mahsulotlari (tarvuzlar)ning bir qismi bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzplodoovoshchvinprom” konserni, “Oʻzkoopzagottorg” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi bir oy muddat ichida mahsulotlarni oluvchilar bilan ilgari tuzilgan, mollar va moddiy resurslarni muqobil yetkazib berish koʻzda tutilmagan shartnomalarni qayta koʻrib chiqsinlar, bunda chetga chiqariladigan mahsulotlarga almashtirilgan zarur tovarlar, birinchi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlari jumhuriyatga keltirilishini taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandning birinchi xat boshida koʻzda tutilgan uzum va yangi mahsulotlarni chetga chiqarish uchun kolxozlarga, sovxozlarga, korxonalarga, tayyorlov va boshqa tashkilotlarga ruxsatnoma Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining (“Tashgoragroprom” xoʻjaliklari uchun) maxsus komissiyalari tomonidan beriladi. Ruxsatnoma “Oʻzplodoovoshchvinprom” va “Oʻzkoopzagottorg”ning viloyat boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahsulotlarni chetga chiqarish uchun ruxsatnoma ularni jumhuriyat fondiga yetkazib berishning tasdiqlangan hajmlari, yaʼni yetishtirish hajmlarining kamida 60 foizi albatta bajarilgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasiga umumittifoq fondiga va jumhuriyatlararo bitimlar boʻyicha mahsulot yetkazib berish qanday bajarilayotganligini nazorat qilish yuklatilsin, bunda ushbu holatda mahsulotlarni sotish shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quritilgan sabzavotlar, kishmish va mayiz, meza-sabzavot konservalari, jumladan, pomidor sharbati va vinobop mahsulotlarni (umumittifoq fondiga va jumhuriyatlararo bitimlar boʻyicha yetkazib berishdan tashqari) chetga chiqarish uchun ruxsatnoma faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jumhuriyat komissiyasi tomonidan va ayirboshlash boʻyicha iqtisodiy jihatdan foydali shartnomalar mavjud boʻlgandagina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1991-yil 1-iyuldan boshlab kooperativlar, ijarachilar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar jumhuriyatdan chetga chiqaradigan uzum, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga boj joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, boj Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 5-apreldagi 89-son va 1991-yil 20-iyuldagi 196-son qaroriga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlariga belgilangan oʻrtacha eng yuqori shartnomaviy narxlarga nisbatan foiz hisobida olinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-avgustdagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlab qoʻyilsinki, mazkur bandning birinchi xat boshida koʻrsatilgan uzum, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarish uchun nohiya ijroiya qoʻmitasining (Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning markazlarida shahar ijroiya qoʻmitasining) komissiyalari tomonidan berilgan ruxsatnomalar va boj toʻlanganligi haqidagi hujjat: kooperativlar uchun bank xizmat koʻrsatuvchi boʻlimining toʻlov hujjati; ijarachilar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar va boshka fuqarolar uchun jamgʻarma bankining kvitansiyasi asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OʻzSSJ Davlat statistika koʻmitasi bir hafta muddat ichida jumhuriyatdan chetga chiqariladigan meva-sabzazot mahsulotlari hajmi toʻgʻrisida natura va qiymat tarzidagi statistik hisobotni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlar belgilangan shakllarda va muddatlarda statistika idoralariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperativlar boʻyicha — Oʻzbekistok dehqonchilik-sanoat banki va Oʻzbekiston sanoat qurilishi bankining ularga xizmat koʻrsatuvchi boʻlimlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar boʻyicha — Oʻzbekiston jamgʻarmalar bankining boʻlimlari tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish boʻyicha bojlarni hisoblab chiqsin va toʻlash tartibini soliq idoralariga maʼlum qilsin hamda daromadlar boʻyicha hisobotlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin, bunda bojning Qoraqalpogʻiston MSSJ, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga oʻtkazilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi, Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish uchun kolxozlarga, sovxozlarga, tayyorlov tashkilotlariga, kooperativlarga, ijarachilarga, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalariga va boshqa fuqarolarga transport vositalari berishda mazkur qarorning 3 va 4-bandlariga qatʼiy amal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. OʻzSSJ Ichki ishlar vazirligi meva-sabzazot mahsulotlarini transportning barcha turlarida jumhuriyatdan chetga chiqarishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibini taʼminlash ustidan uzluksiz nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma va soliqni toʻlaganlik haqidagi kvitansiya boʻlmagan taqdirda meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarish takiqlanadi, ular egasiga qaytariladi yoki uning roziligi bilan, shartnomaviy narxlarda “Oʻzkoopzagottorg”ning tayyorlov tashkilotlari tomonidan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqallogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, nohiya ijroiya qoʻmitalari va Oʻzbekiston SSJ Ichki ishlar vazirligi idoralari meva-sabzavot mahsulotlarining jumhuriyat ichida qarshiliksiz tashilishini va Toshkent shahriga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-iyundagi 180-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperativlar, ijarachilar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan jumhuriyatdan chetga chiqariladigan uzum, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotga solinadigan boj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(1991-yil 1-iyuldan joriy qilinadi)

Davrlar‎

Bojning oʻrtacha eng yuqori shartnomaviy narxga nisbatan foiz hisobidagi stavkalari‎
I davr — yanvar—aprel‎ 60 ‎
II davr — may-iyun‎ 30‎
III davr — iyul—‎sentyabr 20‎
IV davr — oktyabr—dekabr‎ 30‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: Bojning koʻrsatilgan stavkalari 5 tonnagacha boʻlgan maxsulotni bir galgi chetga chiqarishda belgilanadi; maxsulot miqdori 5,1 dan 10 tonnagacha boʻlganda boj stavkalari 1,5 baravar, 10 tonnadan koʻp boʻlganda 2 baravar oshadi.