Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.1994 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ovozi tojik” gazetasining Oʻzbekiston xalqining ijtimoiy, madaniy va maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini, Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari oʻrtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshib kelayotganligini inobatga olib va tashkil etilganligiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ovozi tojik” gazetasining 70 yillik yubileyi tadbirlarini 1994-yil sentyabr oyining uchinchi oʻn kunligida oʻtkazish maʼqul topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaniig tarkibi 1-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita 10 kun muddat ichida gazeta yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar rejasini tuzsin hamda uni amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligini nishonlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun 2-ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Matbuotni qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmasi, Oliy Kengash Kotibiyati va Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlimlari joylarda mushtariylar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar oʻtkazilishini, “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga bagʻishlab radio va televideniyeda maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etilishini, boshqa ommaviy axborot vositalarida maqolalar berib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-avgustdagi 431-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ovozi tojik” gazetasining 70 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saidqosimov S.S. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, rais ‎
Shodimetov Y.Sh.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimining mudiri, rais oʻrinbosari ‎
Miralimov M.M. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyati Matbuot va axborot boʻlimining mudiri, rais oʻrinbosari ‎
Niyozov Sh. ‎ —‎ “Ovozi tojik” gazetasining bosh muharriri, rais oʻrinbosari ‎

‎‎Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:

Abdullayev Sh.Y. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Vohidov E. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oshkoralik masalalari qoʻmitasining raisi ‎
Esenboyev Z.I. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi matbuotni qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarma raisi ‎
Jalilov Sh.I. ‎ —‎ Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ‎
Jamol Kamol ‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi ‎
Inʼomxoʻjayev S.‎ —‎ Toshkentdagi “Armugʻon” firmasining direktori , “Ovozi tojik” gazetasining homiysi ‎
Kabirov L.B. ‎ —‎ Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvining raisi ‎
Moʻminov T.M. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari ‎
Nosirov A. ‎ —‎ Samarqand shahar hokimi ‎
Obidjonov B. ‎ —‎ Soʻx tumani hokimi ‎
Toshmatov A. ‎ —‎ “Chirchiqtara” korxonasining direktori, “Ovozi tojik” gazetasining homiysi ‎
Sharofiddinov H.‎ —‎ Surxondaryo viloyat Kasaba uyushmalari Kengashi raisi, “Ovozi tojik” gazetasining homiysi ‎
Shogʻulomov I.Sh. ‎ —‎ “Sharq” nashriyot matbaa-konsernining bosh direktori ‎
Shogʻulomov R.Sh. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining raisi ‎
Qurbonov S. ‎ —‎ Toshkent shahar tojik milliy markazining raisi ‎
Hakimov Z.A. ‎ —‎ Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-avgustdagi 431-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligini oʻtkazish xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMETASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ “Sharq” nashriyot-matbaa konserni majlislar zalining ijara haqi ‎ —‎ 1000 soʻm‎
2.‎ Taklif qogʻozlari va bloknotlar tayyorlash ‎ —‎ 1500 soʻm‎
3.‎ Redaksiya xodimlarini viloyatlarga gazetxonlar bilan oʻtkaziladigan uchrashuvlarga safarga yuborish ‎ —‎ 990 soʻm‎
4.‎ Yubileyga bagʻishlab foto-koʻrgazma tashkil etish ‎ —‎ 500 soʻm‎
5.‎ Gazeta veteranlari, faollari va matbaachilar uchun qabul marosimi oʻtkazish ‎ —‎ 10000 soʻm‎
Jami‎ 13.990 soʻm‎