Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN TOJIKISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI DOʻSTLIK, YAXSHI QOʻSHNICHILIK VA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 4-yanvarda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
822-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 206-modda)