Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.07.1994 yildagi 380-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941-1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida” 1994-yil 16-martdagi Farmonini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1941 — 1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan chora-tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasining Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilgi budjetni shakllantirishda dasturiy chora-tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33 jildli “Xotira kitobi”ni nashr etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi taqdim etgan hisob-kitoblar asosida zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda Faxriylar tashkilotlari uyushmasi Kengashi huzurida urush faxriylariga, halok boʻlgan jangchilarning oilalariga va urush yillari front orqasidagi mehnatchilarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus schyot ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, diniy tashkilotlar, xususiy shaxslarning pul ulushlari va xayr-ehsonlari maxsus schyotga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdavkinokompaniya”, Oʻzbekiston kinematografchilar uyushmasi ijodiy tashkilotlar bilan birgalikda 1995-yilning aprel oyigacha “Oʻzbekiston 1941 — 1945-yillardagi fashizmga qarshi urushda” nomli xronikal hujjatli publitsistik film yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun amaliy choralar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish 1941 — 1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-iyuldagi 380-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1941 — 1945-yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tadbirlar

Muddati

Masʼullar

Izoh

1

2

3

4

1.

Gʻalabaning 50 yilligini nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish

1994-y.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va muassasalar, jamoat tashkilotlari

2.

Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish oʻtkazish (“Turkiston” saroyi)

1995-y.,

may

Tashkiliy qoʻmita, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi

3.

Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlab harbiy parad oʻtkazish

1995-y.,

may

Mudofaa vazirligi

4.

Gʻalabaning 50 yilligi oldidan tantanali yigʻilishlar oʻtkazish

1995-y.,

aprel-

may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Frontda halok boʻlgan oʻzbekistonlik jangchilarning qabrlarini aniqlash, sarishtalash yuzasidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va chet davlatlarning hukumat rahbarlariga va Faxriylar tashkilotlariga murojaatnoma qabul qilish

1994

1995 yy.

Tashqi ishlar vazirligi, Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi

6.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabada oʻzbekistonliklar koʻrsatgan jasoratning tarixiy ahamiyati mavzuida ilmiy konferensiya va joylarda lektorlarning chiqishlarini uyushtirish

1995-y.,

aprel

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Faxriylar tashkilotlari uyushmasining kengashi, hokimliklar, Mudofaa vazirligi, Yoshlar Ittifoqi

7.

Moskvadagi “Poklonnaya gora” tepaligida bunyod etilayotgan xalqlarning Ikkinchi jahon urushi davridagi qahramonligi va jasoratini aks ettiruvchi memorial kompleksda oʻzbekistonlik jangchilarning Buyuk Gʻalabaga qoʻshgan hissasi oʻz ifodasini topishi borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish

1994-y

Mudofaa vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Faxriylar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari harbiy bilim yurtlarida, qismlarda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabada Oʻzbekistonning tutgan oʻrni, uning farzandlari koʻrsatgan jasorati, Gʻalabaning tarixiy ahamiyati haqida maxsus darslar oʻtkazish

1994-

1995

yillar

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi, Yoshlar Ittifoqi

9.

Respublika teatrlarida, madaniyat uylarida, kutubxonalarda, kinoteatrlarda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabada oʻzbekistonliklar koʻrsatgan jasoratlarni namoyish etuvchi, Gʻalabaning tarixiy ahamiyatini ochib beruvchi sahna asarlari, kitobxonlar konferensiyalari, hujjatli va badiiy filmlar namoyishini tashkil etish

1994-

1995

yillar

Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzdavkinokompaniya, Rassomlar uyushmasi

10.

Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻda teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etish

1995-y.,

may

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi

11.

Respublika viloyati markazlarida “Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga” bagʻishlangan teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etish

1995-y.,

may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Madaniyat ishlari vazirligi

12.

Gʻalabaning 50 yilligi munosabati bilan bayram ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalari, suvenirlar va nishonlar, xalq isteʼmol mollari, chinni buyumlarini chiqarish

1994-

1995

yillar.

“Mahalliy sanoat”, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbekyengilsanoat,” “Oʻzbeksavdo”

13.

Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabada front va front ortida jasorat koʻrsatgan faxriylarga sovgʻa-salomlar berish va ularni moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini belgilash

1995-y.,

aprel-

may

QQR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Faxriylar Kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi

14.

Ommaviy axborot vositalarida Gʻalabaning tarixiy ahamiyati, oʻzbek xalqi vakillari koʻrsatgan jasoratni targʻib etuvchi eng yaxshi publitsistik asar, koʻrsatuv va eshittirish uchun tanlov eʼlon qilish

1994-

1995

yillar.

Oʻz.A, “Oʻzteleradiokompaniya” va boshqa ommaviy axborot vositalari

15.

Xotira kitobini nashr etish

1994-

1995

yillar,

aprel

Oʻzdavmatbuotqoʻm, Faxriylar kengashi

16.

1941 — 1945-yillardagi urushda qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligi medalini topshirish tartibi va nizomini ishlab chiqish hamda taqdim etiladiganlarning roʻyxatini tuzish va medallarga buyurtma berish

1994-y.

Mudofaa vazirligi, Faxriylar kengashi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, hokimliklar, vazirliklar

17.

Hokimliklar hamda vazirliklar, idora va muassasalarning buyurtmasi asosida Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan plakatlar,bukletlar, kitobchalar, kalendarlar, marka va boshqa matbaa mahsulotlarini chiqarish

1994-

1995

yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Faxriylar kengashi,Oʻzdavmatbuotkum, Aloqa vazirligi

18.

Joylarda Gʻalabaning 50 yilligini oʻtkazish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish

1994-y.

Hokimliklar, Mudofaa vazirligi, Faxriylar kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi

19.

Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, urush faxriylariga, front ortida mehnat qilganlarga yordam beradigan maxsus hisob ochish

1994-y.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, hokimliklar, Markaziy bank, Faxriylar kengashi

20.

Gʻalabaning 50 yilligi munosabati bilan urush nogironlarini sanatoriy va dam olish uylarida bepul davolashni, urush qatnashchilarini esa imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlashni hamda ularni tashkilotlarga biriktirish ishlarini tashkil qilish

1994-

1995

yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati, hokimliklar, korxona va muassasalar, Sogʻliqni saqlash vazirligi

21.

Urush nogironlarini protez anjomlar hamda aravachalar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish

1995-y.,

aprel

Ijtimoiy taʼminot, Moliya vazirliklari, xayriya jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati

22.

Urush faxriylarining transport, kommunal xarajatlarini va sanatoriylarda dam olish imtiyozlarini qayta koʻrib chiqish

1994-y.,

III chorak

Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Yordamga muhtoj va qarovchisiz qolgan urush faxriylarini aniqlash,ularning taʼminotini nazoratga olishni tashkil qilish

1994-

1995

yillar

Ijtimoiy taʼminot vazirligi, hokimliklar, Respublika Qizil yarim oy jamiyati

24.

Urush faxriylarining uy-joy sharoitini, oziq-ovqat bilan taʼminlash ishlarini takomillashtirish borasidagi ishlarni tashkil qilish

1994-y.

IV chorak

Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Faxriylar kengashi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati, “Oʻzbeksavdo”. Oʻzbekbirlashuv

25.

Urush qatnashchilari uchun yakka tartibda uy-joy qurilishiga ajratilgan yer maydonlarini oʻzlashtirish muddati hokimliklar tomonidan cheklanmasligi va ularni qurilish materiallari bilan taʼminlash masalalarini hal etish

1994-y

Hokimliklar, Adliya vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni

26.

1941 — 1945-yillardagi urushda qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligi yubiley medalining Nizomiga koʻra taqdirlanadigan har bir urush qatnashchisi va front ortida mehnat qilganlarning hamda “Jasorat” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlanadiganlarning aniq hisobini va roʻyxatini tayyorlash

1995-y.,

yanvar

Mudofaa vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Faxriylar kengashi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

27.

Urushdan qaytib kelmagan shahid ketganlarni va urushdan keyin olamdan oʻtganlarni xotirlash, ularning nomlarini abadiylashtirish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni oʻtkazish

1995-y.,

may

Hokimliklar, Diniy ishlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Faxriylar kengashi

28.

Rassomlar uyushmasining koʻrgazmalar zalida “Tasviriy sanʼat orqali 1941 — 1945-yillardagi fashizmga qarshi Oʻzbekiston xalqining kurashi va mehnati ifodasi” mavzuida koʻrgazma oʻtkazish

1995-y.,

may

Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, Viloyat hokimliklari

29.

Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan filmlar, pyesalar, asarlar uchun tanlov eʼlon qilishni va oʻtkazishni tashkil etish

1994-

1995

yillar

Madaniyat ishlari vazirligi, yozuvchilar, rassomlar va boshqa uyushmalar, Davkinokompaniya, Davteleradiokompaniya

30.

Urush davrida Oʻzbekistonda barpo etilgan ishlab chiqarish muassasalari, korxonalari huzurida kichik muzeylar tashkil qilish va eshittirishlar uyushtirish

1995-y.,

aprel

Vazirliklar, konsernlar, hokimliklar, Teleradiokompaniya, jurnalistlar va yozuvchilar uyushmalari

31.

Respublika muzeylarida “Oʻzbekiston xalqining fashizmga qarshi kurashda koʻrsatgan jasorati” turkumida ekspozitsiyalar tashkil qilish

1995-y.,

mart

Madaniyat ishlari vazirligi, hokimliklar, Fanlar akademiyasi

32.

Gʻalaba kuniga bagʻishlab mahallalarda sportning besh turi boʻyicha spartakiadalar oʻtkazish, shahar va tumanlarda “Gʻalaba kubogi” uchun ommaviy sport musobaqalarini tashkil qilish va oʻtkazish

1995-y.,

aprel-

may

Davlat sport qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, hokimliklar, Yoshlar Ittifoqi “Vatanparvar” Respublika tashkiloti

33.

Televideniye, radio, milliy axborot agentligi,gazeta va jurnallar tahririyatlari tomonidan Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlikning borishi hamda uning oʻtkazilishini keng yoritish

1994-

1995

yillar

Oʻzdavteleradiokompaniya. Milliy axborot agentligi, Oʻzdavmatbuotqoʻm