17.01.2014 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Temir yoʻl transporti Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimiga kiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning temir yoʻlda tashishga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli qondirishni taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezdlar harakati va monyovr ishlari xavfsizligini, tashiladigan yuklar, bagaj va boshqa ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishini, shuningdek yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi vaziyatlarning oldini olish maqsadida temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlaridan ishda uygʻunlik, yuksak uyushqoqlik va mehnat majburiyatlarini benuqson bajarish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida intizomning buzilishi, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, poyezdlar harakati va monyovr ishlarining xavfsizligiga, tashiladigan yuklar, bagaj va boshqa ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishiga xavf tugʻdiradi, shuningdek shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining talablariga asoslanib temir yoʻl transporti xodimlari tomonidan intizomga rioya qilishning alohida shartlarini va bunday shartlar buzilgan taqdirda intizomiy taʼsir koʻrsatish choralarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining barcha xodimlariga (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb ataladi) tatbiq etiladi, temir yoʻl transportida turar joy-kommunal xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish xodimlari (vagon-restoranlar xodimlari koʻrsatib oʻtilgan xodimlar toifasiga tegishli emas), qishloq xoʻjaligi, tibbiyot-sanitariya va taʼlim muassasalari, sport va bolalar muassasalari, pansionatlar va dam olish uylari xodimlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi ular tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib, qoidalar va normalarga qatʼiy rioya qilishdan, temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda rahbarlar deb ataladi) buyruqlari (farmoyishlari) va koʻrsatmalarini, shuningdek mehnat shartnomalarida (kontraktlarda) nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan iborat.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlar quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) poyezdlar harakati va monyovr ishlari xavfsizligini, yoʻlovchilar va yuklar oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash, poyezdlar harakati jadvallariga rioya qilish, harakatlanadigan tarkibning bekor turib qolishini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) temir yoʻl transportining texnik vositalarini (lokomotivlar, vagonlar, yoʻllar, signalizatsiya, aloqa vositalari, elektr taʼminoti va boshqalar), shuningdek temir yoʻl transportining asbob-uskunasi, materiallari va obyektlarini ehtiyot qilish, tashiladigan yuklar, bagaj va boshqa ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash, ularning talon-toroj qilinishi, yoʻqotilishi va yaroqsiz holga kelib qolishining oldini olish va barham berish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish qoidalari va normalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yoʻlovchilar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ularga xizmat koʻrsatishning yuksak madaniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu Nizom talablarini bilish va bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Rahbarlar quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) poyezdlar harakati va monyovr ishlari xavfsizligini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor bergan holda oʻziga boʻysunuvchilar ishini toʻgʻri tashkil etish, buyruqlar (farmoyishlar) va koʻrsatmalarni aniq berish, ularning aniq va oʻz vaqtida bajarishni tekshirish, mehnat va boshqaruvning ilmiy tashkil etilishi joriy etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini taʼminlash, moliyaviy intizomga rioya qilish va shartnoma majburiyatlarini bajarish, moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, tashiladigan yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan boshqa mol-mulkning saqlanishi, ularning yoʻqotilishi, yaroqsiz holga kelishi va talon-toroj qilinishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodimlar orasida mehnat intizomiga va texnologik intizomga rioya etilishini taʼminlash, sogʻlom va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratish, odamlarga, ularning ehtiyojlari va soʻrovlariga sezgirlik bilan munosabatda boʻlish, xizmatda oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomni buzuvchilardan qatʼiy talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xizmat burchini bajarishga vijdonan munosabatda boʻlish namunasini koʻrsatish, shuningdek xizmatda va uning tashqarisida munosib xulq-atvorni namoyish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻziga boʻysunuvchilarni ushbu Nizom bilan tilxat ostida tanishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Temir yoʻl transporti xodimlari mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida, basharti, ular uchun maxsus ishlab chiqarish kiyim-boshi belgilanmagan boʻlsa, forma boʻyicha kiyinishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xodimlar mehnat majburiyatlari namunali bajarilganligi, ish sifati yaxshilanganligi, mehnat unumdorligi oshganligi, novatorlik, tashabbus koʻrsatganlik, tashiladigan yuklar va bagajning saqlanishi taʼminlanganligi, ishonib topshirilgan boshqa mol-mulkka ehtiyot bilan munosabatda boʻlganligi, uzoq vaqt va nuqsonsiz ishlaganligi uchun ragʻbatlantiriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xodimlar uchun ragʻbatlantirishlarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashakkurnoma eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mukofot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qimmatli sovgʻa bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) esdalik belgisini topshirgan va pul mukofoti bilan taqdirlagan holda ishdagi muvaffaqiyatlar uchun kasb boʻyicha eng yaxshi xodim unvonini yoki boshqa unvonlarni berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar uchun tarmoq bitimlarida, kollektiv shartnomalarda, ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantirishlar ham qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar mehnat sohasidagi alohida xizmatlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ragʻbatlantirishning bir vaqtning oʻzida bir necha turlari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ragʻbatlantirish buyruq bilan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Intizomiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarayotganda intizomni aybli buzishi intizomiy nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Intizomiy jazoni intizomiy nojoʻya xatti-harakatni sodir etgan xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan rahbar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rahbar intizomiy jazo qoʻllanilgunga qadar yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishining sabablari va motivlarini har tomonlama va xolisona aniqlashga, ushbu qoida buzilishini sodir etgan xodimdan oldin yozma tushuntirish talab qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma tushuntirish berish rad etilishi bevosita boshliq hamda tegishli korxona, muassasa va tashkilotning ikki xodimi tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va aybdorni intizomiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo turini aniqlashda ish beruvchi sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning ogʻirligini, u sodir etilishi holatlarini, oldingi xatti-harakatini va nojoʻya ishni sodir etgan xodimning xulq-atvorini hisobga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazoni qoʻllashda rahbar xizmat odob-ahloqi qoidalariga rioya qilishi va intizomiy nojoʻya xatti-harakatni sodir etgan xodimning qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Intizom buzilganligi uchun aybdor xodimga intizomiy jazolarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hayfsan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasining toʻxtatilishi xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari muntazam buzilishi yoki xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari bir marta qoʻpol ravishda buzilishi uchun qoʻllanilishi mumkin. Xodim tomonidan mehnat majburiyatlari oldin buzilganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan kundan boshlab bir yil mobaynida sodir etilgan oʻz mehnat majburiyatlarini takroran buzish muntazam buzish deb hisoblanadi. Xodimning poyezdlar harakati, monyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi yoki yuklar, bagaj va unga ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanmasligiga olib kelgan xatti-harakati mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qoʻyilmaydi. Xodimni asossiz ravishda ishdan chetlatish amaldagi qonunchilikka muvofiq aybdor mansabdor shaxsni javobgarlikka tortishga olib keladi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati tegishli korxona, muassasa va tashkilotning Ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezdlar harakati, monyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirgan yoki yuklar, bagaj va ishonib topshirilgan mol-mulk saqlanishi taʼminlanmasligiga olib kelgan intizomning bir martalik qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxati, shuningdek mehnat shartnomasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilmasdan toʻxtatiladigan xodimlar toifasi kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda tegishli korxona, muassasa va tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbarning mehnat majburiyatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay beriladi, bunga xodimning kasalligi yoki taʼtilda boʻlish vaqti, shuningdek komissiya tekshirgan vaqt va u yoki bu nojoʻya xatti-harakatda aybdor shaxslar doirasini aniqlash vaqti bunga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda intizomiy jazo olti oydan kechikmay berilishi kerak, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish natijalari boʻyicha esa — nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmay berilishi kerak. Jinoyat tartibida ishni koʻrib chiqish vaqti ushbu muddatga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan ortiq boʻlmasligi kerak. Agar ushbu muddat mobaynida xodim yangi intizomiy jazoga duchor qilinmasa, u holda u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Intizomiy jazoni qoʻllagan rahbar intizomiy jazo amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar uni oʻz tashabbusi bilan, mehnat jamoasining iltimosnomasiga koʻra yoki aybdor xodimning murojaati munosabati bilan bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Intizomiy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruq (farmoyish) xodimga tilxat ostida eʼlon qilinadi. Xodim imzolashni rad etgan taqdirda tegishli korxona, muassasa va tashkilotning uch xodimining imzosi bilan dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish tartibining buzilishi buyruq (farmoyish)ning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Intizomiy jazoning qoʻllanilishi intizomiy nojoʻya xatti-harakatni sodir etgan xodimni amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Intizomiy jazo ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. Intizomiy jazolar masalalari boʻyicha xodimlarning mehnat nizolari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar va sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim mehnat nizosi hal etilishi uchun, oʻz tanloviga koʻra, mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy jazo qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi buyruq (farmoyish) ustidan shikoyat qilish intizomiy jazoning ijro etilishini toʻxtatmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 46-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)