Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi madaniyat, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, turizm va sport sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 23-maydan 27-maygacha Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlari oʻtkazilishi taʼminlansin.
Qozogʻiston Respublikasi Kunlarining tantanali ochilishi “Turkiston” saroyida oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkilot qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkilot qoʻmitasi Qozogʻiston vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 5 kun muddatda Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga oid dastur va tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlarida tashkilot qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Qozogʻiston Respublikasi Kunlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Ishlar Boshqarmasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Toshkent shahriga keladigan Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarini “Doʻrmon” hamda “Oʻzbekiston” mehmonxonalariga joylashtirsinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari mehmonxonalarni belgilasinlar va Qozogʻiston Respublikasidan keladigan mehmonlarning joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarining mehmonxonada yashaganliklari uchun toʻlovlarni soʻm-kuponlarda va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda qabul qilishga ruxsat etilsin.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarining respublikamiz ichkarisida harakat qilishlarida, toʻlovlarni soʻm-kuponlarda qabul qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha avia va temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlasinlar.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi respublikamiz ichki havo yoʻllarida, zaruriyat boʻlganda, qoʻshimcha qatnovlar joriy etishni nazarda tutsin.
6. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarini tashkilot qoʻmitasi va hokimliklarning buyurtmanomalari boʻyicha avtomobil transporti bilan taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qozogʻiston Respublikasi Kunlarini oʻtkazish dasturiga muvofiq sport tadbirlarini oʻtkazish uchun otchoparning tayyor qilib qoʻyilishini taʼminlasinlar.
8. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarini sifatli ovqatlantirish masalalari hal etilishini, milliy esdalik sovgʻalari, maishiy buyumlar va tovarlarning xilma-xil turlari bilan savdo qilinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi bir hafta muddatda tashkilot qoʻmitasining buyurtmanomasi boʻyicha zarur reklama materiallari, prospektlar va taklifnomalarni tayyorlasin.
10. “Mahalliy sanoat” davlat uyushmasi tashkilot qoʻmitasining buyurtmasi boʻyicha esdalik sovgʻalari va nishonlarini tayyorlasin.
11. Toshkent shahar hokimligi:
shaharning bayramona bezatilishini taʼminlasin;
tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda zarur obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
korxonalar va tashkilotlarni, ularning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda, Qozogʻiston Respublikasi Kunlari dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan konsertlar, spektakllar va sport musobaqalarida tomosha oʻrinlari bilan taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, gazeta va jurnallarning tahririyatlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlarining tarixan shakllangan doʻstona va madaniy aloqalarini, Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrishning borishi va uning oʻtishini keng yoritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasining buyurtmanomasi boʻyicha eshittirishlar translyatsiya qilinishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlari toʻgʻrisida hujjatli film yaratsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilariga tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlari tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini va qatnashchilarga xizmat qiluvchi transport harakatining xavfsizligini taʼminlasin.
16. “Oʻzekspomarkaz” savdo-koʻrgazma markazi:
Qozogʻiston Respublikasidan keladigan texnika guruhi aʼzolarini mehmonxonaga joylashtirsin;
Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi, Qozogʻistonning konversiya texnologiyalari va sanoat korxonalarining tashkil etiladigan koʻrgazmalarini zarur ekspozitsiya maydonlari va uskunalar bilan taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, sanoat uyushmalari, konsernlar, birlashmalar va korxonalar tajriba almashish, ilmiy va ijodiy aloqalarni rivojlantirish hamda ularni chuqurlashtirish uchun respublikamiz xalq xoʻjaligi tarmoqlarining olimlari, muhandislari va mutaxassislarini Qozogʻiston Respublikasining ilm-fan va konversiya texnologiyalari yutuqlari koʻrgazmasi bilan keng tanishtirishni taʼminlasinlar.
18. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahrida Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga oid xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda esa — mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 241-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkilot qoʻmitasi
TARKIBI
| I.H. Joʻrabekov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkilot qoʻmitasi raisi |
| E.H. Xalilov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| M.B. Umurzoqov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| M.Q. Qoraboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| M.3. Usmonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| Y.Sh. Shodimetov | — | Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri, tashkilot qoʻmitasining masʼul kotibi |
|
Tashkilot qoʻmitasi aʼzolari | ||
| X.R. Joʻrayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
| Sh.H. Abdulazizov | — | Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri |
| B.A. Abdugʻaniyev | — | Oʻzbekbirlashuv Boshqaruvi raisi |
| P. Abdurahmonov | — | Samarqand viloyati hokimi |
| A.A. Aydarqulov | — | Navoiy viloyati hokimi |
| 3.A. Almatov | — | Ichki ishlar vaziri |
| L.A. Ahmetov | — | “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi |
| S.A. Ahrorov | — | “Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari |
| T.N. Guskova | — | Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
| V.M. Jeltouxov | — | “Oʻrta Osiyo Temir yoʻl” boshqarmasi boshligʻi |
| Jamol Kamol | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi |
| M.Y. Islomov | — | Fargʻona viloyati hokimi |
| M.B. Ikromov | — | Toshkent viloyati hokimi |
| A.K. Komilov | — | Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Sh.I. Karimov | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| B.P. Qayumov | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| V.K. Mixaylov | — | Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
| R.R. Muhamedov | — | Prezident Apparati Ishlar Boshqaruvchisining oʻrinbosari |
| A. Oripov | — | shoir |
| Q.Gʻ. Obidov | — | Andijon viloyati hokimi |
| Gʻ.M. Rafiqov | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
| B.R. Rapigaliyev | — | Namangan viloyati hokimi |
| K.R. Rahimov | — | Aloqa vaziri |
| M.R. Rahmonov | — | Buxoro viloyati hokimi |
| K.R. Rasulov | — | Milliy madaniy markaz direktori |
| S.S. Roʻziyev | — | Davlat sport qoʻmitasi raisi |
| O.U. Salimov | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| M.S. Salohiddinov | — | Fanlar akademiyasining Prezidenti |
| A.X. Toshkenboyev | — | Jizzax viloyati hokimi |
| A.T. Teshaboyev | — | Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi MQ birinchi kotibi |
| O.K. Ukuboyev | — | Prezident Apparatining yetakchi konsultanti |
| A.I. Fozilbekov | — | Toshkent shahar hokimi |
| 3.A. Fayziyev | — | “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisi |
| R. Fayzullayev | — | “Tashshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi raisi |
| E.Q. Haitboyev | — | Madaniyat ishlari vaziri |
| M.H. Hazratqulov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Gʻ.B. Hasanov | — | Sirdaryo viloyati hokimi |
| R.Sh. Shogʻulomov | — | Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
| R.Y. Yoʻldoshev | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
| J.G. Yoʻldoshev | — | Xalq taʼlimi vaziri |
| N.R. Yusupbekov | — | Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi |
| Sh.G. Yahyoyev | — | “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi |
| N.N. Yoqubov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchisi |
| O.O. Yoqubov | — | Oʻzbekiston xalq yozuvchisi |