LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat ehtiyojlari uchun import mahsulotlarni yetkazib berishni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xorijiy kreditlarni to‘lashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1994-yilda import mahsulotlarni markazlashtirilgan tartibda yetkazib berishni bajarish, kreditlarni to‘lash, transportga sarflangan kira haqlarini to‘lash uchun eksport, resurslari kvotalarning taqsimlanishi 1-ilovaga* muvofiq;
1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari resurslarining balanslari 2-ilovaga* muvofiq;
1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilari bo‘yicha paxta tolasi limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
1994-yilda MDH mamlakatlariga va boltiqbo‘yi respublikalariga paxta tolasi yetkazib berish limitlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda tasdiqlangan eksport resurslari kvotalarining taqsimlanishini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish hajmlarining prognozi va 1994-yilda chet el valyutasidagi mablag‘larning xarajatlari prognozi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi birlashmalar korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini sinchiklab tahlil qilish asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga eksport qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar hajmini ko‘paytirish va ularning nomenklaturasini kengaytirishga oid takliflar kiritsinlar.
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, boshqa vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi birlashmalar bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari importini ta’minlash maqsadida eksportga tovar yetkazib berishni bajarish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin.
5. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi umuman jahon bozori, shu jumladan, MDH mamlakatlari bozorlaridagi konyunkturaning o‘zgarishlarini hisobga olgan holda paxta tolasining belgilangan limitlarga muvofiq o‘z vaqtida yuklab jo‘natilishini ta’minlasin.