Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.03.1994 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, mamlakatimiz musulmonlaridan tushayotgan koʻplab arizalar, xohish va istaklarni inobatga olgan holda, 1994-yil Saudiya Arabistoniga muborak haj safarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Movarounnahr musulmonlari idorasining 1994-yil haj ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1994-yil haj ziyoratini uyushtirish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda mazkur qoʻmita haj ziyoratini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ularni joriy qilishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va barcha viloyat hokimliklari joylarda tashkiliy qoʻmitalar tuzib, musulmonlarning hajga borishlarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha masalalarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qoʻmitasi bilan birgalikda hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Gʻ. Rafiqov) ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni 1994-yil may oyining boshlarida har ikkala tomonning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahriga olib borish va qaytarib olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini qisqartirish maqsadida samolyotlar bilan joʻnash va qaytishning Toshkent, Samarqand va Fargʻona shaharlaridagi punktlarini tashkil etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (S. Saidqosimov), Davlat soliq qoʻmitasi Bojxona Bosh boshqarmasi (Y. Sheraliyev) Diniy ishlar qoʻmitasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan muddatga rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Karimov) ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, tegishli xulosa berishni va haj mavsumida tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy xavfsizlik xizmati (Gʻ. Aliyev) ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi (U. Nabiyev) Toshkent shahri va viloyatlar tashkiliy qoʻmitalarining buyurtmalariga binoan joylarda ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R. Azimov) ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qoʻmitasi va Movarounnahr musulmonlari idorasi bilan birgalikda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan haj ziyoratiga boruvchilarning roʻyxati asosida har bir ziyoratchi uchun 500 AQSh dollarini imtiyoz bilan (8 ming soʻm-kuponga 1 AQSh dollari hisobida) almashtirib berishni tashkil etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga respublika valyuta jamgʻarmasidan 2,0 mln AQSh dollari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ziyoratchilarga AQSh dollari sotishdan tushgan soʻm-kuponlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi Moliya vazirligining maxsus hisobiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi 172 sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil haj ziyoratini tashkil etish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraboov M.Q. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, qoʻmita raisi‎
Abdullayev A. ‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qoʻmitasining raisi, qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Abdullayev M. ‎ Movarounnahr musulmonlari idorasi raisi, muftiy, qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎
Mahmudov M. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonining yetakchi maslahatchisi, masʼul kotib ‎

‎‎Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:

Uvatov U. ‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Almatov Z. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ‎
Aliyev Gʻ. ‎ Milliy xavfsizlik xizmatining raisi ‎
Azimov R. ‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining raisi ‎
Karimov Sh. ‎ Sogʻliqni saqlash vaziri ‎
Rafiqov G.M. ‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining direktori ‎
Rasulov Z.S. ‎ Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi ‎
Saidqosimov S.S. ‎ Tashqi ishlar vaziri ‎
Temirov Sh. ‎ “Mahalla” hayriya jamgʻarmasining raisi‎
Nabiyev U. ‎ “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisining oʻrinbosari ‎
Alimaxsumov O. ‎ Oʻzbekiston xalq hofizi, mahalla oqsoqollari vakili ‎