Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2017 08.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2550
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2017
Hujjat 13.01.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 13-noyabrdagi 16-mh-sonli “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2550-2, 06.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda) va 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 331-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir M. XODJIMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1323-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 25-dekabrdagi 1323-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda) va 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 331-modda) qarorlariga muvofiq, sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Xalqaro toifali trener-oʻqituvchi” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-oʻqituvchi — maxsus sport-taʼlim muassasalarida muayyan sport turi boʻyicha taʼlim dasturi asosida bevosita taʼlim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instruktor-metodist — maxsus sport-taʼlim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarning malaka toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali trener-oʻqituvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali trener-oʻqituvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy toifali trener-oʻqituvchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Instruktor-metodistlarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi toifali instruktor-metodist;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi toifali instruktor-metodist;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy toifali instruktor-metodist.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikkinchi va birinchi toifali trener-oʻqituvchi hamda ikkinchi va birinchi toifali instruktor-metodist malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oliy toifali trener-oʻqituvchi” va “Oliy toifali instruktor-metodist” malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnik va amaliy sport turlari boʻyicha ikkinchi va birinchi toifali trener-oʻqituvchi hamda ikkinchi va birinchi toifali instruktor-metodist malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashlari tomonidan, “Oliy toifali trener-oʻqituvchi” va “Oliy toifali instruktor-metodist” malaka toifalari esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan haq toʻlash uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Malaka toifalarini berish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka toifalarini olishga daʼvogarlarning hujjatlari tegishli malaka komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka toifalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instruktor-metodist faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Trener-oʻqituvchi va instruktor-metodist malaka toifalari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ikkinchi va birinchi toifali malaka toifalarini olish uchun daʼvogar bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida tashkil etilgan, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashlari huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy toifali malaka toifasini olish uchun daʼvogar mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda sport-taʼlim muassasalariga, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashiga taqdim etadi. Ular oʻz navbatida ushbu hujjatlarni tasdiqlab, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun daʼvogar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, sport-taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashlari javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat oʻtgandan soʻng, trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlar oʻz malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalari qaytadan tasdiqlangunga qadar, trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarga ish haqi mutaxassis lavozimi boʻyicha toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka toifalarining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar belgilangan tartibda tegishli malaka komissiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga ega boʻlgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Trener-oʻqituvchilarga malaka toifalari olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha natija koʻrsatgan sportchi bilan kamida ikki yil uzluksiz shugʻullangandan soʻng beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sportchilarni keyingi sport mahoratini oshirish guruhlariga bergan trener-oʻqituvchilar ushbu sportchilarning natijalari boʻyicha tegishli malaka toifalarini olishga haqli. Bunda ushbu trener-oʻqituvchi daʼvogarlik qilayotgan malaka toifasidan oldingi malaka toifasi mezonlariga toʻgʻri keladigan natijalarga erishgan sportchilarga ega boʻlishi shart. Bu sportchilar erishgan natijalar boʻyicha trener-oʻqituvchi faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka toifalarini olish huquqini beruvchi nufuzli musobaqalar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Malaka toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarga malaka toifalarini berish boʻyicha tegishli tashkilotlar huzurida malaka komissiyalari tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka komissiyasi aʼzolari bir yil muddatga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi yoki Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyalarining tarkibi 7 nafar aʼzodan iborat boʻlib, komissiya yigʻilishi unda aʼzolarning kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarma boshliqlarining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining tegishli boʻlinmalari, sport federatsiyalarining (uyushmalari, markazlari), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga aʼzo sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka komissiyasi aʼzolaridan biri komissiya kotibi etib tayinlanadi. Kotib hujjatlarni qabul qiladi, komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, rasmiylashtiradi va ularni saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka komissiyasi raisi va aʼzolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka komissiyasining yigʻilishlari har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari yigʻilishlari zarurat boʻlgan taqdirda, rais tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi. Komissiyaning qarori ijobiy boʻlganda, u mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning viloyat kengashiga guvohnoma berish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi tegishli malaka komissiyasining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning viloyat kengashi tomonidan buyruq chiqariladi hamda mazkur buyruqqa asosan daʼvogarga guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan shaxslar qaror qabul qilingandan soʻng, bir oy ichida respublika malaka komissiyasi yoki sudga murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda, respublika malaka komissiyasi tegishli hududiy malaka komissiyalaridan hujjatlar nusxalarini oʻrganib chiqish uchun soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Respublika malaka komissiyasining xulosasi uch nusxada bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomaning bir nusxasi arizachiga, ikkinchi nusxasi hududiy komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Malaka toifasi berilgan shaxslarning hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Berilgan malaka toifalari hisobi malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi buyruqlarga asosan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Malaka toifasini berish boʻyicha barcha hujjatlar kamida ikki yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida, texnik va amaliy sport turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning viloyat kengashida saqlanadi va ikki yildan soʻng arxivga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Trener-oʻqituvchi va instruktor-metodistlarga berilgan guvohnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot “Guvohnomalarni roʻyxatga olish daftari”ga navbatma-navbat qayd etib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Xalqaro toifadagi trener-oʻqituvchi” malaka toifasini olgan trener-oʻqituvchilarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV

Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sport musobaqasining nomi‎‏

‎‏Sportchi soni

Erishgan natijalar (egallagan oʻrinlar)‎‎

oliy toifa‎ birinchi toifa‎ ikkinchi toifa‎
Olimpiya oʻyinlarida‎ 1‎ 1 — 10‎ 11 — 20‎ Ishtirok etish‎
Jahon chempionati va kubogida‎ 1‎ 1 — 6‎ 7 — 10‎ 11 — 20‎
yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati va kubogida‎ 1‎ 1 — 3‎ 4 — 6‎ 7 — 10‎
Osiyo oʻyinlarida‎ 1‎ 1 — 6‎ 7 — 10‎ 10 — 14‎
Osiyo chempionati va kubogida‎ 1‎ 1 — 3‎ 4 — 6‎ 7 — 10‎
yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati va kubogida‎ 1‎ 1-2‎ 3 — 5‎ 6 — 8‎
Xalqaro musobaqalarda ‎ 2‎ 1‎ 2-3‎ 4 — 6‎
Oʻzbekiston chempionati va kubogida‎ 2‎ 1-3‎ 4 — 6‎
yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati va kubogida‎ 2‎ 1‎ 2-3‎

Sportchilarni tayyorlash (soni):‎‎

Sportchilarni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzoligiga tayyorlashda (asosiy) ‎ 2
Sportchilarni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzoligiga tayyorlashda (zaxira) ‎ 3 2 ‎‎
Sportchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar terma jamoalari aʼzoligiga tayyorlashda (asosiy)‎ 3 2 ‎‎
Sportchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar terma jamoalari aʼzoligiga tayyorlashda (zaxira)‎ 4 3 ‎
Tarkibga kiritilgan sportchilar:
‎a) Olimpiya zaxiralari kolleji;‎
‎‏
‎‏

4‎
2‎‏
b) Oliy sport mahorati darajasi bosqichi ‎ 4‎ 2‎
v) sportni takomillashtirish bosqichi ‎ 2‎
g) boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashgʻuloti bosqichiga ‎ 2‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Instruktor-metodistlarning ish natijalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilotlar, ish xususiyatlari‎‏

Ish staji (yil)‎‎

toifa‎‎

oliy‎

birinchi‎

ikkinchi‎

‎‎Jismoniy tarbiya va sport sohasida rahbarlik lavozimida tashkiliy-uslubiy
‎va rahbarlik ishlari:

a) Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎ 5‎ 3‎
b) Milliy olimpiya qoʻmitasi‎ 5‎ 3‎
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari ‎vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari‎ 7‎ 4‎ 3‎
g) tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari hamda xalq taʼlimi ‎muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari‎ 10‎ 6‎ 4‎
d) Olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalar:‎
Respublika darajasidagi
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari
‎vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi ‎
5
‎‎
‎3‎
3

‎5‎

‎‎Tashkiliy-uslubiy ishlari:

a) Respublika koʻngilli sport jamiyati‎ 7‎ 4‎ 3‎
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari ‎vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻngilli sport jamiyatlari‎ 10‎ 6‎ 4‎

‎‎Rahbarlik ishi:

a) oliy sport mahorat maktabi, olimpiya zaxiralari kolleji, ‎ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktablari‎ 6‎ 5‎
b) bolalar-oʻsmirlar sport maktablari‎ 7‎ 5‎ 3‎

‎‎Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlarida jismoniy tarbiya
‎va sport mashgʻulotlari sohasida ilmiy-oʻqituvchilik ishi:

a) ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan ‎ 7‎ 4‎
b) ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlmagan‎ 10‎ 5‎ 2‎

‎‎Ixtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan
‎ruxsat etilgan va nashr boʻlgan uslubiy qoʻllanmalarni nashr etish (soni)

Uslubiy qoʻllanma ‎ 2‎ 1‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalarini olish huquqini beruvchi
nufuzli musobaqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nufuzli musobaqalarga Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro musobaqalar va turnirlar, Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari, hududiy chempionatlar va kuboklar, turli respublika va hududiy musobaqalar va turnirlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Olimpiya oʻyinlari nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Jahon yoki Osiyo chempionati, kubogi, xalqaro turnirlar nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tan olgan tegishli xalqaro sport federatsiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tan olmagan sport turlari boʻyicha jahon chempionati va kubogi nufuzi, ushbu musobaqalarda kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi. Osiyo chempionati va kubogi nufuzi, ushbu musobaqalarda kamida 10 ta milliy jamoalar qatnashganda tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro musobaqalar nufuzi sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar tomonidan rasmiy roʻyxatga kiritilgan xalqaro musobaqalar boʻyicha tan olinadi. Bu musobaqalarda kamida 6 ta davlat qatnashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston chempionati va kubogi nufuzi musobaqalarning Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi. Ushbu sport turi boʻyicha musobaqalarda respublika hududlaridan kamida yarmining qatnashishi lozim (qishki sport turlari bundan mustasno). Shuningdek, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, “Umumarmiya oʻyinlari” va shu kabi kompleks musobaqalar ham chempionat nufuziga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika musobaqalari nufuzi respublika hamda xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalar boʻyicha tan olinadi. Ushbu musobaqalarning har bir dasturi boʻyicha respublikaning kamida 3 ta hududidan sportchilar (jamoalar) qatnashishi lozim. Ushbu sportchilar (jamoalar) oʻtgan yil yakunlariga koʻra respublikada chempionatlar va kuboklar boʻyicha musobaqalarda eng kuchli oltilikka kirgan boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turli tashkilotlar chempionatlari va kuboklari nufuzi shu tashkilotlar tomonidan respublika sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) bilan kelishilgan holda oʻtkaziladigan respublika hamda xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalar boʻyicha tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi musobaqalari nufuzi (chempionat, kubok) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar musobaqalari nufuzi (chempionat, kubok) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.