Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tovar va (yoki) moliya bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini (keyingi oʻrinlarda birlashma deb ataladi) tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni koʻrib chiqish va birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom maqsadlarida xoʻjalik yurituvchi subyekt deganda tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxs tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oldindan rozilik Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan yoki uning hududiy organi (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan roziligi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida — qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoki ular qoʻshib yuboriladigan yoki qoʻshib olinadigan yildan oldingi oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya bozorida — qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati ekvivalentdagi miqdordan ortiq boʻlsa (banklarga nisbatan — 450 mln AQSh dollari, sugʻurta kompaniyalariga nisbatan — 25 mln AQSh dollari, lizing kompaniyalariga nisbatan — 3 mln AQSh dollari va bank boʻlmagan kredit tashkilotlariga, qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilariga nisbatan — 400 ming AQSh dollari) yoxud bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeyini egallab turgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan birlashmalarni tashkil etishga, shuningdek xolding kompaniyalar tashkil etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish quyidagi tarzda boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta tovar yoki moliya bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi ikki yoki bir nechta raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olishdagi har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning (ishlarni, xizmatlarni bajarishning) turli bosqichlarida zarur boʻlgan tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan oʻzaro raqobatlashmaydigan ikki yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Birlashmalarni tashkil etishga, qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni monopoliyaga qarshi organ qarorlari doirasida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik, ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oldindan rozilik olish uchun zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha tegishli harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar sodir etishni moʻljallayotgan harakatlar koʻrsatilgan, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud, agar ushbu muddat ikki yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlari, ularning hajmlari, amalga oshirilgan (oshiriladigan) harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining moliyaviy hisoboti (ariza berish sanasidagi 1-shakl boʻyicha buxgalteriya balansi, oldingi ikki kalendar yil uchun 2-shakl boʻyicha moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va maʼlumotlar taʼsischilarning (qatnashchilarning) kelishuviga koʻra birlashma tashkil etishda, qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan birining nomidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etish taʼsischilardan biri tomonidan yoki tegishli vakolatlar berilgan boshqa ishonchli shaxs (keyingi oʻrinlarda vakolatli vakil deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli vakil ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga monopoliyaga qarshi organga oʻzining vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar monopoliyaga qarshi organga vakolatli vakil tomonidan bevosita (hozir boʻlish tartibida) yoki ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Bunda elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat oldindan rozilik olish uchun murojaat qilgan vakolatli vakilga, hujjatlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilingan sanasi toʻgʻrisidagi yozuv bilan darhol beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sodir etiladigan tegishli harakatning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish imkoniyatini oʻrganish uchun monopoliyaga qarshi organ ushbu maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa vakolatli organlardan koʻrib chiqilayotgan ishga bevosita taalluqli boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Axborot tarkibidagi tijorat siri uni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishning rad qilinishi uchun asos boʻla olmaydi, bunda birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarning qatnashchilari axborotni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishda tijorat siri hisoblanadigan maʼlumotlarning mufassal roʻyxatini koʻrsatishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arizani koʻrib chiqish va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Birlashtirish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri oʻz faoliyatini respublikaning ikki va undan koʻp hududlarida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatini respublikaning tegishli hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olishni amalga oshirishda birlashma yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslarning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeyi monopoliyaga qarshi organ tomonidan alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlar ulushlarining yigʻindisi sifatida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xomashyo resurslaridan foydalanishni cheklash va bu bilan xomashyo isteʼmolchisi hisoblangan qoʻshib olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyini kuchaytirish imkoniyatini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya bozorida vertikal qoʻshib yuborishni, qoʻshib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning parallel moliya bozorlariga kirishini cheklash imkoniyatini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga birlashma tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari yoki ularning vakolatli vakillari ishonchnoma boʻyicha taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, maxsus komissiya zarur hujjatlar va maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, agar monopoliyaga qarshi organda amalga oshiriladigan harakat, shu jumladan birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi vujudga kelishi yoxud kuchayishi munosabati bilan raqobat cheklanishiga olib kelishini yoki olib kelishi mumkinligini taxmin qilish uchun asos paydo boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu toʻgʻrida ariza beruvchiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada maxsus komissiyaning raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda monopoliyaga qarshi organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror u qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay vakolatli vakilga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etishda qatnashuvchi manfaatdor shaxslarga ularning yozma murojaati boʻyicha qarorning nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya qarorida rad etishning asoslangan sababi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning ruxsat berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari boʻyicha rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini hamda tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etishga va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Nizomning 18-bandi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan, ruxsat berish tusidagi hujjatni berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsat berish tusidagi hujjatni berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan, rad etish sabablarini bartaraf etganlik toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektining arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ilgari monopoliyaga qarshi organ qarorida bayon qilinmagan rad etish sabablarining koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatib oʻtilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish ushbu harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar harakat koʻrsatilgan muddatda sodir etilmasa monopoliyaga qarshi organning qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning amal qilish muddati oʻtgandan keyin birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish uchun monopoliyaga qarshi organga ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berishga hamda uni raqobatni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarni bajarishga bogʻliq etib qoʻyishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu harakatlarning sodir etilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organ talabiga koʻra raqobatning zarur sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatib oʻtilgan talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi vujudga kelishi yoki kuchayishi va raqobatning cheklanishi, nojoʻya oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxslar oʻz xatti-harakatlari isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari moliya tashkilotlari tomonidan birlashma tashkil etish, qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organning koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorini hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni toʻxtatib turish, toʻxtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish boʻyicha harakatlar amalga oshirilgungacha, monopoliyaga qarshi organ qarori amal qiladigan davrda bir yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qayta tashkil etish, nomini yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) oʻzgartirish amalga oshirilgan taqdirda vakolatli vakil ularning topshirigʻi boʻyicha, xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, ularni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish toʻgʻrisidagi qarorni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Monopoliyaga qarshi organ maxsus komissiyasining birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda ushbu harakatlarni sodir etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yoki vakolatli vakilning arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya qarorining dublikati ariza, shuningdek qaror yaroqsiz boʻlib qolganda birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ruxsat berish tusidagi berilgan hujjatlar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Monopoliyaga qarshi organ birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik toʻgʻrisida berilgan qarorlar reyestrini yuritadi va ularni monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Berilgan qarorlar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashma tashkil etishda, qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorning tartib raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish holatlari aniqlangan taqdirda, birlashmani tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish ishtirokchilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning dastlabki holatini tiklash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmani yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni saqlab qolish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maxsus komissiya, qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmaning tashkil etilganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshib yuborilganligi, qoʻshib olinganligi uchun ushbu harakatlarni sodir etish haqida qaror qabul qilgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kundan soʻng besh kalendar kundan kechikmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus komissiya qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Monopoliyaga qarshi organning qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmaning, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz sodir etilgan harakatlar monopoliyaga qarshi organning daʼvosiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Maxsus komissiyaning birlashmani tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek oldindan rozilik olmasdan koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori monopoliyaga qarshi organ tomonidan saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yil “___” __________ _____-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi)
Oldindan rozilik berish toʻgʻrisida
ARIZA
____________________________________________________________da joylashgan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________________________________________________ uchun oldindan
(sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi)
rozilik berishni soʻraydi.
Ilovalar:
1. __________
2. __________
…
Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
M.Oʻ.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Maxsus komissiyasi ________________________
(xatti-harakatning nomi va koʻrsatib oʻtilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning nomi)
monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi boʻyicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib,
(ariza tushgan sana)
“Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq
(hujjatlarni koʻrib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olib va Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga amal qilib, Komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Xatti-harakatlar koʻrsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 2-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)