Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023 26.04.2000 yildagi PF-2595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023
Hujjat 31.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXITEKTURA VA ShAHAR QURILIShINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, arxitektura, loyihalash va qurilish faoliyati darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlar va aholi punktlarining shahar qurilishini zamonaviy talablarga hamda milliy anʼanalarga mos keladigan tarzda kompleks rivojlantirishni taʼminlash, arxitektura-shahar qurilishi sohasidagi qimmatli merosni saqlash va avaylash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashi tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PF-5030-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 311-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PF-5030-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 311-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-sentabrdagi PF-4136-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar markazlari va tumanlarning markazlarini, arxitektura komplekslarini rejalashtirish hamda barpo etish loyihalariga tanlovlar oʻtkazish borasidagi ishlarni faollashtirish, jamoatchilikni va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda shu loyihalarning keng muhokama etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” bilan birgalikda ikki oy muddatda arxitektorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid takliflarni tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasining raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan respublika shaharlarining roʻyxati tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda 2000—2002-yillarda shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va oʻzgartishlar kiritish jadvalini tuzib, uni 2000-yilning 1-iyuniga qadar tasdiqlash uchun Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish chogʻida quyidagilar ustuvor yoʻnalishlar deb belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash qishloq hududlari bilan shaharlarning arxitektura-rejalashtirish tuzilmasi uygʻun rivojlantirilishini, shahar hududlaridan tejamli foydalanishni, aholi istiqomat joylarining tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy shahar markazlarini, yangi arxitektura komplekslarini shakllantirish, shaharlarning tarixiy-meʼmoriy merosini saqlab qolib, uni rivojlantirgan holda, qadimdan tarkib topgan hududlarini rekonstruksiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport yoʻllari sxemalarini, muhandislik-texnikaviy tizimlarini, oʻquv-taʼlim muassasalari tarmoqlarini, sport-sogʻlomlashtirish komplekslarini hamda ijtimoiy sohaning boshqa obyektlarini maqbul tarzga keltirib, yashash muhitining qulayligini oshirgan holda shaharlarning infratuzilmalarini kompleks yangilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalari bosh rejalarga qatʼiy muvofiq ravishda barpo etilishini taʼminlash hamda aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini hamda loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi ishlarning moliyalanishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va viloyatlarning hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2595-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 120-modda, 9-10-son, 275-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y.,38-son, 417-modda; 2017-y., 18-son, 311-modda, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)