26.12.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2545
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2545]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq V. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari — avtomobilda tashuvchiga tegishli boʻlgan, yoʻlovchi, bagaj va yuk tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi xizmati — avtomobilda tashuvchining avtotransport vositalari orqali tashishlarni amalga oshirishda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi (bundan buyon matnda YHX xizmati deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasi — avtotransport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sogʻligʻiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarining buzilishi — avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan talablarning buzilishi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ellikta va undan ortiq avtotransport vositalari mavjud boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YHX xizmatlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritadi va oʻz maqomiga koʻra avtomobilda tashuvchining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YHX xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. YHX xizmati avtomobilda tashuvchining faoliyati tugatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. YHX xizmatining tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan 150 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtotransport vositalarining soni 151 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birliklaridan iborat boʻlgan YHX xizmati tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining soni 151 tadan 300 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda — 2 ta xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining soni 301 tadan 500 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda — 3 ta xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining soni 501 tadan 750 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda — 4 ta xodim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtotransport vositalarining soni 750 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarning YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qoʻshimcha ravishda yana 1 ta xodim lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtotransport vositalarining soni 500 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. YHX xizmatida mazkur Nizomga asosan belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (boʻlim) boshligʻi, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi. YHX xizmati xodimlarining vazifalari mazkur Nizom, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan, YHX xizmatlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta oʻz malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. YHX xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. YHX xizmati quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlganda, transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoransport vositalari ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoransport vositalari haydovchilarining tibbiy koʻriklarini, ularning yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga birlamchi shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining but saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. YHX xizmati oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilariga haydovchilik guvohnomasiga muvofiq boshqarish huquqi berilgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsat berilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining barcha xodimlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
(14-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilariga yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha: ishga qabul qilishda (dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qoʻshimcha (navbatdan tashqari) yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish maqsadida yoʻl harakati xavfsizligi xonasini tashkil qiladi va uning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining yoʻnalishga chiqish oldidan texnik jihatdan sozligi va koʻrinishi talab darajasida boʻlishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi sharoitlar aniqlanganda avtotransport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha choraklik dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun avtomobilda tashuvchining rahbariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlaridan olingan maʼlumotlar asosida avtomobilda tashuvchining xodimlariga yuz bergan yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlari haqida muntazam ravishda maʼlumot berib boradi va ularning yuzaga kelish sabablari haqida tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtomobilda tashuvchi tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni hisobga olish kitobini, 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobini, 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishini hisobga olish kitobini hamda 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining koʻrsatmalarini qayd qilish kitobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan, shu jumladan reys oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari ishtirokidagi sugʻurta hodisalarini tekshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti tugagandan soʻng avtotransport vositalarining saqlash joyiga oʻz vaqtida qaytishi va qabul qilib olinishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. YHX xizmatining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YHX xizmati oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda avtomobilda tashuvchining vakili boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga doir maʼlumotlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avtomobilda tashuvchining barcha tarkibiy boʻlinmalari uchun majburiy boʻlgan va faqat avtomobilda tashuvchining birinchi rahbari tomonidan bekor qilinishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishi uchun zarur choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi jiddiy kamchiliklar aniqlanganda avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahvoli yoki harakatlari yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatish, ularga nisbatan tegishli choralarni qoʻllash yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish;
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunali avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat uchun ragʻbatlantirish yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyga yetib borish, yoʻnalishdagi avtotransport vositalari ishini monitoring qilish, avtomobil yoʻllari ahvolini tekshirish, avtokolonnalarni kuzatib borish uchun YHX xizmati maxsus yengil avtomobil bilan taʼminlanadi. Ushbu avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish kitobiga kiritib borilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YHX xizmati:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz harakatlari bilan yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzmasligi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining boshqa xizmatchilari va avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlariga befarq boʻlmasligi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining rahbari hamda vakolatli davlat organlarining qonuniy koʻrsatmalari va talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. YHX xizmatining DYHXX organlari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YHX xizmati DYHXX organlarining soʻroviga muvofiq avtotransport vositalari va avtotransport vositalari haydovchilari toʻgʻrisidagi hamda avtotransport vositalari ishtirokida yuz bergan yoʻl-transport hodisalari natijasida yetkazilgan zararni aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. DYHXX organlari YHX xizmatining soʻroviga muvofiq avtotransport vositalari ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalarining buzilish holatlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, YHX xizmati va DYHXX organlari avtotransport vositalari kolonnalarini kuzatib borish ishlarini hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Avtomobilda tashuvchilarning rahbarlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining tashkil etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. YHX xizmati xodimlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda toʻliq amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Avtomobilda tashuvchi tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi
‎boʻyicha tadbirlarni hisobga olish
‎kitobi

t/r‎ Tadbirning nomi‎ Tadbirni
‎oʻtkazish
‎sanasi‎
Ishtirokchilar‎ Tadbirni oʻtkazgan
‎shaxs‎
Tadbirni
‎oʻtkazgan
‎shaxsning
‎imzosi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
‎kitobi

T/r‎ YTH haqida tushgan xabar (yil, oy, kun, soat) ‎ YTH haqida xabar bergan shaxslar haqidagi toʻliq maʼlumotlar‎ YTH sodir boʻlgan shahar, tuman va avtomobil yoʻli va koʻchaning nomi va km‎ YTHning qisqacha bayoni (vaqti), dastlabki sababi va turi‎ YTH oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (F.I.O., yoshi, jinsi va hokazolar)‎ YTHda ishtirok etgan transport vositalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (rusumi, davlat raqami belgisi, tegishliligi va hokazolar)‎ YTH toʻgʻrisida berilgan xabarni qabul qilib olgan ichki ishlar organi nomi, navbatchisi (F.I.O., lavozimi, unvoni) toʻgʻrisida maʼlumot‎

Shikastlangan holda qaytgan transport vositalari haqida hududiy ichki ishlar organiga xabar berilgan vaqt va xabarni ichki ishlar organida qabul qilib olgan navbatchi (F.I.O., lavozimi, unvoni)

1

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan boʻlishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishini hisobga olish
‎ kitobi

t/r‎ Haydovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar: F.I.O., yoshi, ish staji, haydovchilik toifasi ‎ Avtotransport vositasining modeli va davlat raqami ‎ Yoʻl harakati qoidalari buzilgan sana va vaqt‎ Yoʻl harakati qoidalari buzishining xususiyati‎ Yoʻl harakati qoidalari buzilgan holat‎ Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlagan shaxs‎ Haydovchiga nisbatan qoʻllanilgan huquqiy taʼsir chorasi‎ Huquqiy taʼsir chorasi tayinlangan vaqt va tayinlagan mansabdor shaxs‎ Haydovchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari‎ Tegishli yozuv kiritgan mansabdor shaxsning imzosi‎ Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining koʻrsatmalarini qayd qilish
‎ kitobi

t/r‎ Tekshiruv oʻtkazilgan
‎sana‎
Aniqlangan kamchilik va qoida buzishlar‎ Bartaraf etish muddati‎ Tavsiya va takliflar‎ Tekshirilayotgan va
‎tekshirayotgan shaxslarning imzosi‎
Bajarilganligi
‎toʻgʻrisidagi belgi, sana, imzo‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida
‎amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish
‎KITOBI

___________________________________________________________________

‎‎(avtomobilda tashuvchining nomi)

‎‎‎‎Avtomobil markasi ________________
Davlat raqami _____________________
t/r‎ Yoʻl varaqasi raqami‎ Yoʻnalishga
‎chiqish va
‎qaytish sanasi, vaqti‎
Haydovchining F.I.O.‎ Tadbir oʻtkazishga chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi‎ Tadbir nomi‎ Oʻtkazilgan tadbirning natijasi‎ Tadbirni
‎oʻtkazgan shaxsning imzosi‎
Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 710-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son; 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son; 04.05.2026-y., 10/26/2545-2/0446-son)