26.12.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2545
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI BOSHLIG‘INING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2545]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq V. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari — avtomobilda tashuvchiga tegishli bo‘lgan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati — avtomobilda tashuvchining avtotransport vositalari orqali tashishlarni amalga oshirishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi (bundan buyon matnda YHX xizmati deb yuritiladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir bo‘lgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalarining buzilishi — avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan talablarning buzilishi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ellikta va undan ortiq avtotransport vositalari mavjud bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. YHX xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritadi va o‘z maqomiga ko‘ra avtomobilda tashuvchining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YHX xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. YHX xizmati avtomobilda tashuvchining faoliyati tugatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. YHX xizmatining tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan 150 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtotransport vositalarining soni 151 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birliklaridan iborat bo‘lgan YHX xizmati tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining soni 151 tadan 300 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 2 ta xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining soni 301 tadan 500 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 3 ta xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining soni 501 tadan 750 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 4 ta xodim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtotransport vositalarining soni 750 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarning YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 ta xodim lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtotransport vositalarining soni 500 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. YHX xizmatida mazkur Nizomga asosan belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (bo‘lim) boshlig‘i, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi. YHX xizmati xodimlarining vazifalari mazkur Nizom, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan, YHX xizmatlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 23-apreldagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2545-2, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/2545-2/0446-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. YHX xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. YHX xizmati quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lganda, transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoransport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoransport vositalari haydovchilarining tibbiy ko‘riklarini, ularning yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining but saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. YHX xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilariga haydovchilik guvohnomasiga muvofiq boshqarish huquqi berilgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsat berilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining barcha xodimlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
(14-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilariga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha: ishga qabul qilishda (dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qo‘shimcha (navbatdan tashqari) yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi xonasini tashkil qiladi va uning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining yo‘nalishga chiqish oldidan texnik jihatdan sozligi va ko‘rinishi talab darajasida bo‘lishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi sharoitlar aniqlanganda avtotransport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha choraklik dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun avtomobilda tashuvchining rahbariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomobilda tashuvchining xodimlariga yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlari haqida muntazam ravishda ma’lumot berib boradi va ularning yuzaga kelish sabablari haqida tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtomobilda tashuvchi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni hisobga olish kitobini, 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobini, 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishini hisobga olish kitobini hamda 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ko‘rsatmalarini qayd qilish kitobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari haydovchilarining majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan, shu jumladan reys oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari ishtirokidagi sug‘urta hodisalarini tekshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti tugagandan so‘ng avtotransport vositalarining saqlash joyiga o‘z vaqtida qaytishi va qabul qilib olinishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. YHX xizmatining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YHX xizmati o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda avtomobilda tashuvchining vakili bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga doir ma’lumotlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avtomobilda tashuvchining barcha tarkibiy bo‘linmalari uchun majburiy bo‘lgan va faqat avtomobilda tashuvchining birinchi rahbari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi uchun zarur choralarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi jiddiy kamchiliklar aniqlanganda avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahvoli yoki harakatlari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatish, ularga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish;
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunali avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat uchun rag‘batlantirish yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga yetib borish, yo‘nalishdagi avtotransport vositalari ishini monitoring qilish, avtomobil yo‘llari ahvolini tekshirish, avtokolonnalarni kuzatib borish uchun YHX xizmati maxsus yengil avtomobil bilan ta’minlanadi. Ushbu avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish kitobiga kiritib borilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YHX xizmati:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z harakatlari bilan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzmasligi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining boshqa xizmatchilari va avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlariga befarq bo‘lmasligi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchining rahbari hamda vakolatli davlat organlarining qonuniy ko‘rsatmalari va talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. YHX xizmatining DYHXX organlari bilan o‘zaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YHX xizmati DYHXX organlarining so‘roviga muvofiq avtotransport vositalari va avtotransport vositalari haydovchilari to‘g‘risidagi hamda avtotransport vositalari ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari natijasida yetkazilgan zararni aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. DYHXX organlari YHX xizmatining so‘roviga muvofiq avtotransport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, YHX xizmati va DYHXX organlari avtotransport vositalari kolonnalarini kuzatib borish ishlarini hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Avtomobilda tashuvchilarning rahbarlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining tashkil etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. YHX xizmati xodimlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda to‘liq amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Avtomobilda tashuvchi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi
‎bo‘yicha tadbirlarni hisobga olish
‎kitobi

t/r‎ Tadbirning nomi‎ Tadbirni
‎o‘tkazish
‎sanasi‎
Ishtirokchilar‎ Tadbirni o‘tkazgan
‎shaxs‎
Tadbirni
‎o‘tkazgan
‎shaxsning
‎imzosi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish
‎kitobi

T/r‎ YTH haqida tushgan xabar (yil, oy, kun, soat) ‎ YTH haqida xabar bergan shaxslar haqidagi to‘liq ma’lumotlar‎ YTH sodir bo‘lgan shahar, tuman va avtomobil yo‘li va ko‘chaning nomi va km‎ YTHning qisqacha bayoni (vaqti), dastlabki sababi va turi‎ YTH oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan shaxslar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar (F.I.O., yoshi, jinsi va hokazolar)‎ YTHda ishtirok etgan transport vositalari to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar (rusumi, davlat raqami belgisi, tegishliligi va hokazolar)‎ YTH to‘g‘risida berilgan xabarni qabul qilib olgan ichki ishlar organi nomi, navbatchisi (F.I.O., lavozimi, unvoni) to‘g‘risida ma’lumot‎

Shikastlangan holda qaytgan transport vositalari haqida hududiy ichki ishlar organiga xabar berilgan vaqt va xabarni ichki ishlar organida qabul qilib olgan navbatchi (F.I.O., lavozimi, unvoni)

1

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kitob raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, muhrlangan bo‘lishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishini hisobga olish
‎ kitobi

t/r‎ Haydovchi to‘g‘risida ma’lumotlar: F.I.O., yoshi, ish staji, haydovchilik toifasi ‎ Avtotransport vositasining modeli va davlat raqami ‎ Yo‘l harakati qoidalari buzilgan sana va vaqt‎ Yo‘l harakati qoidalari buzishining xususiyati‎ Yo‘l harakati qoidalari buzilgan holat‎ Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini aniqlagan shaxs‎ Haydovchiga nisbatan qo‘llanilgan huquqiy ta’sir chorasi‎ Huquqiy ta’sir chorasi tayinlangan vaqt va tayinlagan mansabdor shaxs‎ Haydovchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari‎ Tegishli yozuv kiritgan mansabdor shaxsning imzosi‎ Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ko‘rsatmalarini qayd qilish
‎ kitobi

t/r‎ Tekshiruv o‘tkazilgan
‎sana‎
Aniqlangan kamchilik va qoida buzishlar‎ Bartaraf etish muddati‎ Tavsiya va takliflar‎ Tekshirilayotgan va
‎tekshirayotgan shaxslarning imzosi‎
Bajarilganligi
‎to‘g‘risidagi belgi, sana, imzo‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida
‎amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish
‎KITOBI

___________________________________________________________________

‎‎(avtomobilda tashuvchining nomi)

‎‎‎‎Avtomobil markasi ________________
Davlat raqami _____________________
t/r‎ Yo‘l varaqasi raqami‎ Yo‘nalishga
‎chiqish va
‎qaytish sanasi, vaqti‎
Haydovchining F.I.O.‎ Tadbir o‘tkazishga chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi‎ Tadbir nomi‎ O‘tkazilgan tadbirning natijasi‎ Tadbirni
‎o‘tkazgan shaxsning imzosi‎
Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 710-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son; 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son; 04.05.2026-y., 10/26/2545-2/0446-son)