Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida

1-ILOVA
2000 — 2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish KONSEPSIYASI

I. UMUMIY QOIDALAR

II. Shahar yo‘lovchi tashish transportining mamlakat transport tizimidagi roli va o‘rni

III. Shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish istiqbollari

1-ILOVA
O‘zbekiston shaharlarida jamoat yo‘lovchi tashish transporti turlarini rivojlantirish

2-ILOVA
Shahar yo‘lovchi tashish transportining har xil turlari bilan yo‘lovchi tashish hajmlari prognozi

3-ILOVA
Transportning har xil turlari bilan yo‘lovchi tashish tarkibi prognozi

4-ILOVA
Yo‘nalishlar tarmog‘i umumiy uzunligining ko‘payishi

5-ILOVA
Yo‘lovchi tashish transportining mavjud harakatdagi tarkibi

6-ILOVA
Shahar yo‘lovchi tashish transporti parkini to‘ldirish va yangilash uchun transportlar xarid qilish

7-ILOVA
1999 — 2005-yillarda shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari DASTURI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi TARKIBI

Hujjat 28.02.2003 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi asosida shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini isloh qilish va rivojlantirishning mintaqaviy kompleks dasturlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar.
 LexUZ sharhi
1.5. Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Hukumat qarorlariga, mamlakatning boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek shahar yo‘lovchi tashish transporti hozirgi ahvolining tahlili natijalariga, ilmiy va prognoz ishlanmalariga asoslanadi.
2005-yilda harakatdagi transport parkini 37,5 foizga, shu jumladan mikroavtobuslarni — 3,3 baravardan ziyodroq, trolleybuslarni — 1,9 baravar, yengil avtomobil taksilari va metro vagonlarini — 1,4 baravar, avtobuslarni — 20,5 foizga va tramvaylarni — 22,5 foizga ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda (5-ilova). Harakatdagi transportlar parkini yangilash, kengaytirish va zamonaviylashtirish maqsadida 2000-2005-yillar mobaynida 3460 ta avtobus va 660 ta trolleybus, 240 ta tramvay va 50 ta metro vagonlari sotib olish nazarda tutilmoqda (6-ilova).
Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida, “Shahar yo‘lovchi tashish transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shaharlar hokimliklari huzurida shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi shaharlari

Aholi soni 1.01.99 y. (ming kishi)

O‘zbekiston Respublikasi shaharlari

Aholi soni 2005-y. (ming kishi)

Jamoat transporti turlari

mavjud

qo‘shimcha kiritiladi

Yirik shaharlar: 200 –– 500 ming kishi

Samarqand366Samarqand388avtobus, troll., taksi
Namangan348Namangan395avtobus, troll., taksi
Andijon306Andijon345avtobus, troll., taksi
Buxoro238Buxoro 246avtobus, troll., taksi
Farg‘ona219Farg‘ona231avtobus, troll., taksi
Nukus200Nukus215avtobus, troll., taksi
Qo‘qon209trolleybus
Qarshi202trolleybus

O‘rtacha shaharlar: 100 –– 200 ming kishi

Qo‘qon198Chirchiq161avtobus, taksi
Qarshi186Urganch148avtobus, taksi
Chirchiq156Angren136avtobus, taksi
Urganch137Marg‘ilon132avtobus, troll., taksi
Angren132Jizzax128avtobus, taksi
Marg‘ilon125Olmaliq121avtobus, taksi
Jizzax121Navoiy128avtobus, troll., taksitrolleybus
Olmaliq117Termiz116avtobus, troll., taksitrolleybus
Navoiy116Bekobod100avtobus, taksi
Termiz106Guliston100avtobus, taksitrolleybus

Kichik shaharlar: 100 ming kishidan kam

Bekobod87Shahrisabz73avtobus, taksi
Guliston72Quvasoy70avtobus, taksi
Shahrisabz67Denov66avtobus, taksi
Quvasoy66Yangiyo‘l59avtobus, taksi
Denov60Chust65avtobus, taksi
Yangiyo‘l57Yangiyer63avtobus, taksi
Chust57Asaka57avtobus, taksi
Yangiyer56Kosonsoy45avtobus, taksi
Asaka51Xonobod39avtobus, taksi
Kosonsoy40Sirdaryo38avtobus, taksi
Xonobod35Oqtosh34avtobus, taksi
Sirdaryo34Uchqo‘rg‘on34avtobus, taksi
Oqtosh33Qorasuv28avtobus, taksi
Uchqo‘rg‘on30Qo‘rg‘ontepa28avtobus, taksi
Qorasuv25Shirin13avtobus, taksi
Qo‘rg‘ontepa25avtobus, taksi
Shirin12avtobus, taksi
T/r
Obyektning nomi va quvvati
Asos
Foydalanishga topshirishning kutilayotgan yili

Xorijiy investorning nomi va investitsiya qo‘yish shakli

Obyekt qiymati, mln AQSh dollariKreditlarni to‘lash manbalari
hammasishu jumladan, xorijiy investitsiyalar
12345678
1.

Respublika shaharlari uchun 250 ta “Karosa” — V 831 avtobusi sotib olish

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19.12 dagi 557-son qarori1999-y.

Chexiya, Obxodni bank

23,423,4Korxonalarning mablag‘lari
2.

Respublika shaharlari uchun 400 ta DEU avtobusi sotib olish

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 01.02 dagi 45-son qarori1999-y.

DEU korporatsiyasi. To‘lash 2 yilga kechiktirilgan holda 7 yilga kredit

38,232,5Korxonalarning mablag‘lari
3.

Respublika kichik va o‘rtacha shaharlari uchun yo‘lovchi tashish transporti tizimining texnik jihozlanganligini ta’minlash

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 02.10 dagi 462-son qarori1999 — 2010-yy.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki

60,060,0Korxonalarning mablag‘lari
4.

Toshkent shahri uchun avtobuslar, tramvaylar va trolleybuslar sotib olish

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19.08 dagi 291-son qarori2000 — 2005-yy.

Banklarning kreditlari

budjet resurslarini hisobga olgan holdaHukumat kafolati (budjet)
5.Toshkent shahrining trolleybus-tramvay parkini rekonstruksiya qilishVazirlar Mahkamasining 1998y. 31.12 dagi 548-son va 1999y. 4.05 dagi 214-son qarorlari2000 — 2010-yy.“Marubeni korporeyshn” (Yaponiya). 40 yilga kredit, to‘lov dastlabki 10 yildan keyin boshlanadi159,1159,1Hukumat kafolati (budjet)
T/rTadbirlar nomiBajarish muddati Hujjat turiBajarish uchun mas’ullar
I. Qonunchilik-huquqiy bazani va boshqaruv tizimini takomillashtirish
1.1.

“Fuqarolarning ayrim toifalari transportda imtiyozli yurishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2000-yil II chorak

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

Kommunikatsiyalar kompleksi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

1.2.

“Shahar yo‘lovchi tashish transporti to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2000-yil I yarim yillik Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Kommunikatsiyalar kompleksi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

1.3.

Yo‘lovchi tashiydigan avtomobil va elektr transportiga ega bo‘lgan yirik va o‘rtacha shaharlar hokimliklari huzurida shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish bo‘yicha maxsus organlar tashkil etish, ularga yo‘lovchi tashish transport korxonalaridan harakatni boshqarish va yagona chipta tizimini ta’minlash xizmatlarini, nazorat apparatini, me’yorlarni va yo‘nalishlarni ishlab chiquvchi mutaxassislar shtatlari va ish haqi fondini berish. Faqat avtomobilda yo‘lovchi tashish transportiga ega bo‘lgan o‘rtacha va kichik shaharlarda jamoat yo‘lovchi tashish transporti kor�onalarining joylashgan joyini va bir-biridan uzoqligini hisobga olgan holda shunga o‘xshash organlar tashkil etish, bunda yagona boshqaruv organi o‘rtacha va kichik shaharlar guruhlari uchun tashkil etilishi mumkinligini nazarda tutish.

1999-yil IV chorak — 2000-yil I chorak Hokim qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

1.4.

Shahar hokimligi va Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish maxsus vakolatli organi o‘rtasidagi, shuningdek shahar yo‘lovchi tashish transporini boshqarish maxsus vakolatli organi va aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi tashuvchilar o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt)ning namunaviy shartlarini ishlab chiqish.

1999-yil dekabr Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Adliya vazirligi

1.5.

Muntazam shahar yo‘lovchilarini tashish bilan mashg‘ul bo‘lgan tashuvchilarni mablag‘ bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish.

2000-yil I chorak Nizom

Moliya vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

1.6.

Shahar yo‘lovchi tashish transporti bilan ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatsiyalash tartibini tasdiqlash

2000-yil I chorak Tartib

“O‘zdavstandart” markazi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

1.7.

Shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari tomonidan ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari tushumidan kichik korxonalarga soliq solishga o‘xshash yagona soliqni hisoblab chiqish uslubini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2000-yil III chorak Hukumat qarori loyihasi

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

II. Iqtisodiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish
2.1.

Toshkent shahrida “Toshmetropoliten” tajribasi bo‘yicha yagona tramvay-trolleybus kompleksini tashkil etish.

2000-yil I chorak Tadbirlar“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi
2.2.

Avtokorxonalarning, shu jumladan zaruriyat bo‘lganda, ularni yiriklashtirish va aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘shib yuborish yo‘li bilan ishlab chiqarish maydonlari va asbob-uskunalaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1999-2000-yillarTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Davlat mulki qo‘mitasi

2.3.

Yo‘lovchi tashish transporti korxonalarining erkin sotish, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun mo‘ljallangan aksiyalar paketlarining sotilishini tugallash. Taksomotor parklari, sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari va infratuzilma korxonalari bo‘yicha “9-Toshkent shina tuzatish zavodi” AJ, “BK Intrans” AJ, “Xorazmtransekspeditsiya” aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining bir qismini birja va birjadan tashqari bozorda xorijiy investorlarga sotish.

1999-2000-yillarTadbirlar

Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi

2.4.

To‘xtab o‘tish punktlarini, ularda transportda yurish kartochkalari va chiptalar sotish punktlari tashkil qilgan holda, xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1999 –– 2001-yillarTadbirlar

Hokimliklar, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

2.5.

Shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organlari bilan transport xizmati ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar (kontraktlar) tuzilishini ta’minlash.

2000-yil I chorak TadbirlarShaharlar va shaharchalar hokimliklari
2.6.

Aholiga transport xizmati ko‘rsatish yuzasidan shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organi tomonidan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tashuvchilar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash.

2000-yil I chorak Tadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

2.7.

Muntazam yo‘nalishlar bo‘yicha shaharda yo‘lovchi tashuvlari shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organi bilan shartnomalar tuzishgan avtobuslar va yo‘nalishli taksilarda tashuvchilar tomonidan, ularda tushumni inkassatsiya qilgan holda, bajarilishini ta’minlash.

2000-yil II chorak Tadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

2.8.

Yo‘lovchilarni ixtiyoriy sug‘urtalash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2000-yil I yarim yillik Tadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

2.9.

“Tiko”, “Neksiya”, “Damas” avtomobillarini va M-24 “SamKochAvto” avtobuslarini lizingga berish bo‘yicha nizom ishlab chiqish. Tegishli lizing kompaniyalari tashkil etish.

2000-yil IV chorak Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat”, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmalari, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi

2.10.

Shahar yo‘lovchi tashish transportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish, uning to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish

2000-yil IV chorak Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Moliya vazirligi, Avtomobil va daryo transporti agentligi

2.11.

Barcha yengil avtomobil taksilarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni yagona davlat tartib raqami belgilari bilan ta’minlash va yo‘llarda aholi taksomotorlarda yo‘l haqi taksometr bo‘yicha to‘langan holda tashilishi ta’minlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish

2000-yil IV chorak Tadbirlar

Ichki ishlar vazirligi, DAN boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi, shaharlar hokimliklari

2.12.

Yengil avtomobil taksilarini faqat shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish organi tamg‘alagan taksometr mavjud bo‘lgandagina yo‘lga chiqarishni ta’minlash

2001-yil I chorak Tadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

2.13.

Taksomotorlarda tashuvlarga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qulayligi va sifatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan tariflar belgilash masalasini hal etish

2001-yil II chorak TadbirlarShaharlar hokimliklari
2.14.

Toshkent shahrida transport vositalariga chiptalarni oldindan sotish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, oldindan chipta sotib olishning uni bevosita transport vositasida olishdagiga nisbatan ancha past tarif bo‘yicha amalga oshirilishini belgilab qo‘yish

2001-yilTadbirlar

Hokimlik, “T�shshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

2.15.

Toshkent metropolitenida yo‘l haqi to‘lash uchun magnitli kartochkalarni joriy etish

2002-yilTadbirlar

“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, “Toshmetropoliten”

III. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish
3.1.

Shahar avtobuslari sotib olish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Germaniyaning KFW banki bilan investitsiyalar bo‘yicha ishlarni davom ettirish

1999-2000-yillarTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

3.2.

Yaponiya transport vazirligi va “Merubeni korporeyshn” firmasi bilan tramvay-trolleybus kompleksini rekonstruksiya qilishni investitsiyalash bo‘yicha ishlarni davom ettirish

1999-2000-yillarTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

3.3.

Chexiyadagi tramvay va trolleybuslar tayyorlash zavodlari bilan uzoq muddatli investitsiyalar masalalarini ishlab chiqish

1999-2000-yillarTadbirlar“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi
3.4.

O‘zbekiston taksi haydovchilar va xususiy yo‘lovchi tashuvchilar uyushmasini tashkil etish, uning IRU Xalqaro avtomobil transporti uyushmasiga kirishini ta’minlash

2000-yilTadbirlar

Kommunikatsiyalar kompleksi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

IV. Ishlab chiqarish-texnika bazasini va infratuzilmasini zamonaviylashtirish
4.1.


Quyidagilarga:
“SamKochAvto” avtobuslariga;
“DEU” avtobuslariga;
“Karosa” avtobuslariga servis va kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha markazlar tashkil etish


1999-yil
2000-yil
2001-yil
Tadbirlar


“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat korporatsiyasi “O‘zavtotrans” davlat uyushmasi “O‘zavtotrans” davlat uyushmasi


4.2.




Quyidagilarda:
Qarshi
Guliston
Qo‘qon
Termiz
Navoiy
shaharlarida trolleybus tarmoqlarini foydalanishga topshirishni ta’minlash


2000-yil
2000-yil
2001-yil
2002-yil
2003-yil
Tadbirlar




Shaharlar hokimliklari




4.3.

Toshkent shahrining Temur Malik ko‘chasidagi temir yo‘l ko‘tarmasi orqali tramvay va trolleybuslar uchun o‘tish yo‘li qurish

2000-2001-yillar.TadbirlarToshkent shahar hokimligi
4.4.

Sirg‘ali trolleybus zavodi qurilishini tugallash, uning bazasida “Shkoda” trolleybuslarini tuzatish va ularga servis xizmati ko‘rsatish qo‘shma korxonasini tashkil etish, Sirg‘ali trolleybus zavodini “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tarkibiga kiritish

2000-2001-yillar.Tadbirlar

Toshkent shahar hokimligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

4.5.

Quyidagilarni: metropolitenning Yunusobod tarmog‘i birinchi navbatini; metropoliten Yunusobod tarmog‘i ikkinchi navbatini qurishni tugallash va foydalanishga topshirish

2001yil 2003yil Tadbirlar

Toshkent shahar hokimligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

4.6.

Metropolitenning “Sobir Rahimov Sirg‘ali” yangi tarmog‘i qurilishi loyihasini tayyorlash va uni qurishga kirishish

2001 –– 2003-yillarTadbirlar

Toshkent shahar hokimligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

4.7.

“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasining “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi aksiyadorlik jamiyati huzurida shaharlar va shaharchalarda aholini transportda tashuvlarni hamda yo‘lovchilar oqimlari o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha muammolar laboratoriyasini tashkil etish, shu jumladan ular bazasida yo‘lovchilar tashish transporti barcha turlarining yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish maqsadida shahar ichidagi yo‘lovchilar oqimlarini muntazam o‘rganib borish

2000-yil“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi qarori“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi
4.8.

Texnik-iqtisodiy asoslanishlarni tayyorlash va loyihani ishlab chiquvchini tender asosida aniqlash, kontrakt tuzish va Toshkent shahrida yer usti transporti harakatlanishini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga kirishish

2000-2001-yillarTadbirlar

“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi

4.9.

Respublikaning yirik shaharlarida boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihalarini ishlab chiqish

2005-yilTadbirlarShaharlar hokimliklari
4.10.

Jamoat shahar yo‘lovchi tashish transporti barcha korxonalarini kompyuterlashtirishni tugallash, ularni dasturiy, matematik va muhandislik jihatidan ta’minlash

2005-yilTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

4.11.

O‘z kuchi bilan kamida: avtobuslar uchun 350 nomda tramvay va trolleybuslar uchun 200 nomda metro vagonlari uchun 400 nomda ehtiyot qismlar tayyorlanishini ta’minlash

2005-yilTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, “Toshmetropoliten”

V. Kadrlar siyosati va ijtimoiy siyosat
5.1.

Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash hamda shahar yo‘lovchi tashish transporti rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish

1999-2000-yillarChora-tadbirlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

5.2.

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasining o‘quv kabinetlari huzurida: transport jarayoni barcha qatnashchilarini (haydovchilar, yo‘lovchilar, piyodalar, velosipedchilar va shu kabilarni) yo‘llarda harakatlanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha doimiy ishlovchi kurslar; bolalar-o‘smirlar sport avtomaktablari tashkil etish

2000 –– 2005-yillarTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

5.3.

Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

Har yiliTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

5.4.

Shahar yo‘lovchi tashish transporti xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

Har yiliTadbirlar

“O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi