14.10.1999 yildagi 463-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzKodji” Oʻzbekiston – Koreya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 548-son va 1999-yil 13-yanvardagi 16-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda respublika avtomobil sanoati ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining “Andijonkabel” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlarida Janubiy Koreyaning “Kodji Indastri Ko. Ltd” kompaniyasi texnologiyasi boʻyicha “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyati avtomobillari uchun sim oʻrovlari ishlab chiqaradigan, yiliga 160 ming toʻplam avtomobil oʻrovlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “OʻzKodji” Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzKodji” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasi tuzilmasi va ishlab chiqarish dasturi 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Janubiy Koreyaning “Kodji Indastri Ko. Ltd” kompaniyasi qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish uchun import texnologik asbob-uskunalar hamda materiallar bir qismi qiymatining 85 foizini toʻlash uchun “OʻzKodji” qoʻshma korxonasiga 870,3 ming AQSH dollari miqdorida kredit beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kredit va uning boʻyicha foizlar 2-ilovaga* muvofiq “OʻzKodji” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import asbob-uskunalar va materiallar qiymatining 15 foiziga teng boʻlgan 153,6 ming AQSH dollari miqdoridagi avans toʻlov “OʻzKodji” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirishgacha qilinadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash, aylanma mablagʻlarni shakllantirish va ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish xarajatlari “OʻzKodji” qoʻshma korxonasi ustav sarmoyasi hamda tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreditlar va ular boʻyicha foizlarni toʻlash davrida “OʻzKodji” qoʻshma korxonasi import qilinadigan asbob-uskuna, xom ashyo, materiallar va mazkur loyiha boʻyicha zarur boʻlgan butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar xarid qilish yuzasidan kontraktlar boʻyicha “OʻzKodji” qoʻshma korxonasining muddati uzaytirilgan toʻlovlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “OʻzKodji” qoʻshma korxonasiga, loyiha hujjatlarini 2000-yil 1-noyabrgacha tasdiqlagan holda, ishchi chizmalar boʻyicha korxonani loyihalash va qurish ishlarini bir paytda olib borishga, istisno tariqasida, ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “OʻzKodji” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berishni va ularning muddatini uzaytirishni, shuningdek, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “OʻzKodji” qoʻshma korxonasi masalalari boʻyicha ishlarni bajarish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun milliy valyutada va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tarif stavkalari boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkil etilayotgan “OʻzKodji” qoʻshma korxonasiga “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyati avtomobillari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 8-bandi joriy qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463-son