Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.08.1999 yildagi 389-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tugʻilgan kunning 175 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpoq xalqining mumtoz shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining sharq xalqlari madaniyati va adabiyotini, xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan ulkan hissasini inobatga olib, uning betakror adabiy merosini xalqimiz oʻrtasida yanada keng ommalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tugʻilgan kunning 175 yilligini 1999-yilda Oʻzbekistonda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan birgalikda yubileyni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1999-yil dekabr oyida Nukus shahrida Ajiniyoz tugʻilgan kunning 175 yilligiga bagʻishlangan tantanalarni oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yozuvchilar uyushmasi va Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoirning 175 yillik yubileyi munosabati bilan “Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining adabiy merosini oʻrganish” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilda shoirning asarlarini, saylanma sheʼrlarini, uning hayoti va ijodi toʻgʻrisidagi maqolalar toʻplamini tayyorlasinlar va nashr etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Ajiniyoz siymosi tasvirlangan pochta markalari va konvertlar chiqarishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi filmlar yaratish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Ajiniyozning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylar mablagʻi hisobidan Moʻynoq tumanida “Ajiniyoz bogʻi”ni barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahridagi Ajiniyoz muzeyini kengaytirish va eksponatlar bilan boyitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajiniyoz hayoti va ijodi, uning tarixiy asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahrida respublika sozanda-baxshilar tanlovini oʻtkazish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Ajiniyoz hayoti va ijodini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar, eshittirishlar, maqolalar tashkil etsinlar hamda yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ajiniyoz yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Respublika tashkiliy qoʻmitasi tasdiqlagan hajmda Respublika budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan teng ulushlarda mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-avgustdagi 389-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tugʻilgan kunning 175 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karomatov H. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi ‎
Joʻrayev N. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha), tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎
Tojiyev A. ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎
Abdullayev Sh. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Aminov N. ‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari ‎
Davletmuratova T. ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri ‎
Eshanov T. ‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi ‎
Joʻrayev X. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri ‎
Joʻrayev T. ‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti ‎
Yoʻldoshev J. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri ‎
Koʻchimov A. ‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi ‎
Oripov A. ‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi ‎
Roʻzmetov A. ‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bosh direktori ‎
Shogʻulomov R. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi ‎
Yusupov I. ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi raisi ‎
Yusupboyev K. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakili ‎
Yunusov T. ‎ “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎
Qaipbergenov T. ‎ Qoraqalpogʻ�ston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi ‎
Qoʻziyev T. ‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
Gʻulomov S. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri ‎