19.12.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2539
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 52-modda) 10-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 373-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
2. Mazkur Qoidalar “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 52-modda) (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 10-moddasiga muvofiq xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetining ramzi;
9. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‘i lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)