29.08.1998 yildagi 674-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzbekiSton Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBIL TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Mazkur Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti — tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va aholining yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani (bundan keyin — yoʻlovchilar, bagaj va yuklar deb yuritiladi) avtomobilda tashishga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz (yoʻlovchi, yuk oluvchi, yuk joʻnatuvchi) — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

3-modda. Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik
(3-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida avtomobil transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(3-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yoʻlovchilarini tashish sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida” gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashish, harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanadi.
(3-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Avtomobil transportining mulk shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transporti xususiy va ommaviy mulk asosida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Avtomobil transportining barcha mulkdorlari teng huquqlarga egadirlar va qonun himoyasidan bab-baravar foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Avtomobil transporti yerlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transporti faoliyatini taʼminlash uchun yerlar yer toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanishga beriladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Avtotransport vositalarini tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari yoʻlovchilar avtotransporti, yuk avtotransporti va maxsus avtotransport vositalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar avtotransporti vositalari jumlasiga avtobuslar, mikroavtobuslar, yengil avtomobillar, yoʻlovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Konstruktiv jihatlariga hamda qay maqsadlarda foydalanilishiga koʻra yuk avtotransporti vositalari umumiy va maxsus transport vositalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus avtotransport vositalari jumlasiga turli maxsus ishlarni, koʻproq notransport ishlarini bajarishga moʻljallangan avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar (oʻt oʻchirish avtomobillari, kompressor qurilmali avtomobillar, avtokranlar, supurish-sidirish hamda chiqindi tashish avtomobillari va hokazolar) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Avtomobilda tashish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashishlar shahardagi, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro tashishga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrdan oshiq masofada amalga oshiriladigan tashishlar, shuningdek yoʻnalish masofasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashishlar jumlasiga yoʻnalish masofasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisidan amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni xalqaro tashish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar, shu jumladan tranzit tashishlar xalqaro hamda tranzit aloqa uchun ochiq avtomobil yoʻllari orqali Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtomobil transportini boshqarish boʻyicha vakolat bergan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tashuvchilarning xoʻjalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashishlarni tashkil etish va takomillashtirishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportini rivojlantirish milliy dasturlari konsepsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va aholining tashishlarga boʻlgan davlat ehtiyojlari istiqbolini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti sohasida yagona investitsiya, ilmiy-texnika va ijtimoiy siyosatni shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchilar va mijozlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
(10-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir:
(11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiya jihatidan taʼminlash va sertifikatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnik shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiya va sertifikatlash ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi hamda boshqa davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashdan oʻtmagan va belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan avtotransport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Avtomobilda tashishlarni litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashishlar tashuvchilar tomonidan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda tashishlar uchun litsenziya berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Avtotransport vositasini boshqarish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy tekshiruvdan oʻtgan jismoniy shaxsga beriladi. Avtotransport vositasini boshqarish huquqi belgilangan namunadagi hujjat bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligiga koʻra avtotransport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi mezoni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini boshqarishga doir malaka talablari qonunchilik bilan belgilanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashish shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashiganlik uchun tashish shartnomasida belgilangan haq olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq avtomobilda tashishlarning ayrim turlari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tartibga soluvchi tariflar belgilanishi mumkin. Tartibga soluvchi tariflar boʻyicha tashishlar munosabati bilan tashuvchilarning xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchilarning qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilgan, shu jumladan bepul yurish huquqi berilgan fuqarolarning ayrim toifalarini tashish bilan bogʻliq xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
(15-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashish yagona transport hujjatidan hamda shunday tashishni tashkil etish tartibidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan paytda yuzaga keladigan munosabatlar tashuvchilar oʻrtasidagi bitim bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga avtotransport xizmati koʻrsatuvchi avtovokzallar va yoʻlovchilar bekatlari qurish tashuvchilar, davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Favqulodda holatlarda avtomobil transportining ishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlar (zilzila, toshqin, yongʻin, epidemiya va boshqa tabiiy ofatlar) yuzaga kelgan taqdirda tashuvchilar va mijozlar oʻrtasidagi shartnoma munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga binoan tabiiy ofatlar yoki ularning oqibatlarini tugatish davrida toʻxtatib turilishi mumkin.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchilarning favqulodda holatlarda, shuningdek safarbarlik holatini, fuqaro mudofaasi va avariya-qutqaruv ishlariga oid tadbirlarni taʼminlash bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga doir xarajatlari davlat budjetidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Tashuvchining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi barcha avtomobil yoʻllari, shuningdek idoralarga qarashli umumiy foydalanish uchun ochiq avtomobil yoʻllari orqali oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatilayotgan yuk oʻz sertifikatiga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar hayotiga, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarga sabab boʻluvchi holatlarda tashishdan voz kechish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tashuvchining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozga xizmat koʻrsatish chogʻida tashuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;

yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi, bagaj yoki yukni tayinlangan joyiga tashish shartnomasida belgilangan muddatda eltib qoʻyishi. Agar eltib qoʻyish muddati tashish shartnomasida belgilanmagan va nazarda tutilmagan boʻlsa, eltib qoʻyish oqilona muddatlarda amalga oshirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchining xavfsizligini, xizmat koʻrsatishning zarur qulayliklari va shartlarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bagaj va yuklarning tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab oluvchiga berilgunga qadar saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz koʻrgan zararni qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashishlar boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq hisobga olish va hisobot berish ishlarini yuritishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
(18-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Mijozning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi toʻgʻrisida zarur boʻlgan axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchini erkin tanlash va tashish uchun shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan tarzda tashuvchi tomonidan oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatilishidan bahramand boʻlish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish tufayli yetkazilgan ziyonni va maʼnaviy zararni qonunchilikka muvofiq toʻlattirish va qoplattirish;
(19-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan shartlar tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda xizmatlar koʻrsatilishidan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
(19-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar tashish chogʻida yoʻlovchi quyidagi huquqlarga ham ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar tashish uchun ochiq boʻlgan har qanday yoʻnalishga chipta sotib olish, chiptada belgilangan joyni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni oʻzi bilan bepul olib yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlardagi avtobusda besh yoshgacha boʻlgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish, besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bola uchun alohida joy berilgan holda chipta toʻliq qiymatining 50 foizini toʻlab chipta sotib olish va oʻn yoshgacha boʻlgan ikki yoki undan ortiq bola olib yurilganda ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari uchun — alohida joy berilgan holda chipta toʻliq qiymatining 50 foizini toʻlab chipta sotib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida yigirma kilogrammdan oshmaydigan ogʻirlikdagi bagajni, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — belgilangan oʻlchamlardagi bagajning bir oʻrnini oʻzi bilan bepul, koʻrsatib oʻtilgan normalardagidan ortiqcha bagajni esa — haq evaziga olib yurish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish boshlanmasidan oldin chiptani topshirish va uning uchun toʻlangan summani qaytarib olish. Toʻlangan summaning tashuvchi tomonidan qaytarilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi;
(19-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni tashuvchi reyslar kechikkan yoki bekor qilingan taqdirda yetkazilgan ziyonni va maʼnaviy zararni qonunchilikka muvofiq toʻlattirish va qoplattirish.
(19-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida berilgan imtiyozlarni tatbiq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashuvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Mijozning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish qoidalarida oʻziga qoʻyilgan talablarni bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashilayotgan yukning tashish shartnomasiga muvofiqligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni tashuvchining talabiga binoan taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining tashilishi lozim boʻlgan yuk yoki bagaj yoniga bemalol va xavfsiz kirib bora olishini taʼminlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
(20-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan taqdirda, tomonlar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning qonunda belgilab qoʻyilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish haqidagi bitimi haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Yuk yoki bagaj yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) hollarda tashuvchining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) oʻzining aybi yoʻqligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk yoki bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar yoʻqotilgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagaj qiymati, shuningdek tashuvchi yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni eltib berish uchun mijozdan olgan kira haqi qiymati miqdorida, agar bu kira haqi yuk yoki bagajning bahosiga kirmasa, tashuvchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz tashuvchidan yuk yoʻqolgani, kam chiqqanligi yoki shikastlangani (buzilgani) tufayli yetkazilgan boshqa zararlar ham qoplanishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tashuvchining yuk tashish uchun avtotransport vositasini bermaganligi yoki oʻz vaqtida bermaganligi uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi tashish shartnomasiga muvofiq yuk tashish uchun avtotransport vositasini bermaganligi yoki oʻz vaqtida bermaganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar avtotransport vositasini bermaganlik yoki oʻz vaqtida bermaganlik yengib boʻlmas kuch, harbiy harakatlar, muayyan yoʻnalishda yuk tashish toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, tashuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilinadi.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Yuk tashish uchun tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasidan foydalanmaganlik uchun mijozning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk tashish uchun tashish shartnomasiga muvofiq berilgan avtotransport vositasidan foydalanmaganlik uchun mijoz qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bu yengib boʻlmas kuch, harbiy harakatlar, muayyan yoʻnalishda yuk tashish toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, mijoz qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilinadi.
(24-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Yoʻlovchini joʻnatib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechiktirilgan yoki u belgilangan manzilga kechikib kelgan taqdirda (shahar va shahar atrofida tashishlar bundan mustasno), tashuvchi, agar kechiktirish yoki kech yetib borish tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, yoʻlovchiga jarima tariqasida neustoyka toʻlaydi. Jarima miqdori va uni toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchiga jarima toʻlash tashuvchini avtotransport vositasi kechiktirilishi yoki kech yetib borishi tufayli yoʻlovchi koʻrgan zararni unga toʻlashdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasi kechiktirilganligi sababli yoʻlovchi unda joʻnashdan voz kechgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi tashish paytida yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun, agar u shikast jabrlanuvchining qasdi yoki yengib boʻlmas kuch tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi qonunchilik bilan belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Mijozning zarar yetkazganlik uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz oʻzining aybi bilan boshqa shaxslarga, tashuvchining va boshqa shaxslarning tashuvchi javobgar boʻlgan mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchi transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi, noaniqligi yoki toʻliq emasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha zararlar uchun tashuvchi va uchinchi shaxs oldida javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ixtiyoriy va majburiy sugʻurta
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilarning hayotini, sogʻligʻini ixtiyoriy sugʻurta qilish, shuningdek bagaj va yuklarni sugʻurta qilish tegishli sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Avtomobil transportida xavfsizlik va ekologiya normalarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish, fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, harakat xavfsizligini hamda atrof muhit muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlari amalga oshiriladigan hududlari oʻta xavfli tegralar hisoblanadi. Oʻta xavfli tegralarda boʻlish va unda ishlarni amalga oshirish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaharlovchi, portlovchi, alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va boshqa xavfli yuklar faqat bunday yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashilishi lozim. Mijoz va tashuvchi ularning bexatar tashilishi, ortilishi va tushirib olinishini taʼminlashlari shart. Xavfli yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish yukni joʻnatuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun yoʻl davomida taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklar roʻyxati va ularni tashish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi va mijoz oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
674-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 174-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)