Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 589-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu, 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-dekabr,
63-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 12-dekabr,
113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2013-yil 12-dekabrdagi 63-mh, 113-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyaning amal qilishi bekor qilingan, toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan holatda toʻlov hisobot davrida mobil aloqa xizmatlari taqdim etilgan oxirgi kunga abonentlar sonidan kelib chiqqan holda ushbu hisobot davridagi haqiqiy ish vaqtiga mutanosib ravishda hisoblanadi.”.
2. 9-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11 va 12-bandlardagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 13-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 15-banddagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 12-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 676-modda)