Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.1997 yildagi 396-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda paxta yigʻim-terim mavsumini tashkiliy ravishda oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, paxta mahsuloti hajmlarini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xoʻjaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davomida paydo boʻluvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi xoʻjaliklarning yigʻim-terimga tayyorligini puxta tahlil qilsinlar va moddiy-texnika bazaning yigʻim-terimga va paxta tayyorlashga 1-sentabrgacha tayyorlab qoʻyilishini va yigʻim-terim mavsumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishni taʼminlovchi qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Paxta tolasi davlat xaridi hajmi Vazirlar Mahkamasining “1997-yilda paxta yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-dekabrdagi 441-son qaroriga muvofiq belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jahon bozorida paxta tolasi narxining 80 foizi darajasidan kelib chiqib paxtani qayta ishlash va tolani transportda tashish xarajatlarini hisobga olib 1997-yil hosili paxta xom ashyosining yangi xarid narxlari preyskurantini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi topshirilgan paxta xom ashyosi uchun xoʻjaliklar bilan uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib hisob-kitob qilsin, uzil-kesil hisob-kitoblar qayta ishlash yakunlari boʻyicha qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hosilni yigʻishtirib olishda moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish uchun xoʻjaliklarga paxta terishda quyidagi chegaralangan miqdorlarda haq toʻlash tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki qatorli paxta terish mashinasida terilgan konditsion ogʻirligi 1 tonna boʻlgan paxta uchun — kamida 90 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilganda — 55 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlda terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali paxta uchun — kamida 3,5 soʻm, ingichka tolali paxta uchun kamida 4,5 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim-terim ishlarida band boʻlganlar bilan har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklar rahbarlarining eʼtibori yuqori sortli paxta terib olinishi uchun terimchilarni ragʻbatlantirishni nazarda tutgan holda yigʻim-terim mavsumining dastlabki kunlaridan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Mullajonov) agrosanoat kompleksida mehnatga haq toʻlashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish va joylashtirish va ishlov berishda, paxta terish texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va tuzatish bilan band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni va paxta tozalash zavodlarining tayyorlov punktlarini naqd pul bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xoʻjaliklarga defoliantlar yetkazib berilishini va gʻoʻza bargini toʻkish 2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu yilning 25-avgustiga qadar mashinalarni traktorlarga tirkagan holda, paxta terish texnikasini, yuklash — transportda tashish vositalarini toʻliq tayyor holga keltirsinlar, terish-transport otryadlarini mexanizatorlar va tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlari bilan butlasinlar. Xoʻjaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Har bir paxta terish mashinasini ishga qoʻyishning texnikaviy talablariga muvofiq ularni tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda komissiyalar tomonidan qabul qilinishini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta terish mashinalarini paxta yigʻim-terimiga 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda chiqarsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar qishloq xoʻjaligiga 1000 ta paxta terish mashinasi, shu jumladan, xoʻjalik sinovlarini oʻtkazish uchun 50 ta gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, shuningdek “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq traktorlar, pritseplar, koʻrak terish mashinalari va ehtiyot qismlar yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) paxta terish mashinalarini sotib olsin va ularni asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari mashina-traktor parklari balansiga qabul qilsin hamda 3-ilovaga muvofiq ularning yuqori unum bilan ishlatilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Fargʻona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatidan hosilni yigʻib-terib olishga paxta terish texnikasi va mehnat resurslarini safarbar qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xoʻjaliklarga texnikaviy yordam koʻrsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga 4-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilgʻi-moylash materiallari 1997-yil sentabr — noyabr oylarida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash korxonalariga yigʻim-terim ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni kuzgi shudgorlashni va boshoqli don ekishni uzluksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xom ashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” va “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi joylarda koʻchma savdo tashkil etib qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yigʻishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat va adabiyot ustalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda paxta yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻrabekov I. H. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Muhitdinov A. I. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari ‎
Jumaniyozov M. J. ‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
Alimov T. A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
Jalolov Y. J.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) ‎
Gʻaniyev E. M. ‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri ‎
Olimjonov V. M. ‎ —‎ “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi ‎
Zikriyoyev E.‎ —‎ “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi ‎
Hamrayev N. R.‎ —‎ Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori‎
Matchonov R. D. ‎ —‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi raisi ‎
Yusupbekov N. R. ‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi‎
Toshmatov K. ‎ —‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Nurmurodov M. B.‎ —‎ Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Roʻzmetov A. Gʻ. ‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi ‎
Zinin V. I.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Hasanov E. M. ‎ —‎ Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi direktori‎
Tojiyev E.‎ —‎ “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bosh direktori‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilda gʻoʻza bargini toʻkishning hisoblab chiqilgan hajmlari va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Defoliatsiya qilinadigan maydon,

ming gektar

Gʻoʻza bargini toʻkishning taxminiy muddatlari

boshlanishi

tugallanishi

Koraqalpogʻiston Respublikasi

120

5.09

20.09

viloyatlar:

Andijon

90

20.08

5.09

Buxoro

110

5.09

20.09

Jizzax

110

5.09

20.09

Qashqadaryo

173

30.08

15.09

Navoiy

40

5.09

20.09

Namangan

90

25.08

10.09

Samarqand

87

5.09

20.09

Surxondaryo

120

1.09

15.09

Sirdaryo

130

5.09

20.09

Toshkent

100

5.09

20.09

Fargʻona

80

5.09

20.09

Xorazm

50

1.09

10.09

Respublika boʻyicha

1300

20.08

20.09

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil paxta hosilini yigʻib-terib olishga paxta terish mashinalarini chiqarish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPSHIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mavjud paxta terish mashinalari

Yangi mashinalar kelishi

Jami yigʻim-terimda qatnashadi

Mashinada paxta terish topshirigʻi, ming tn

jami

sh.j. gorizontal shpindelli

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1058

52

2

1110

116

viloyatlar:

Andijon

356

2

2

358

38

Buxoro

526

26

3

552

58

Jizzax

1720

280

9

2000

210

Qashqadaryo

2175

200

8

2375

249

Navoiy

135

2

2

137

14

Namangan

476

4

2

480

50

Samarqand

272

3

2

275

29

Surxondaryo

373

2

2

375

39

Sirdaryo

1800

420

11

2220

233

Toshkent

1300

5

3

1305

137

Fargʻona

256

2

2

258

27

Xorazm

220

2

2

222

23

Jami

10667

1000

50

11667

1223

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mashinada terish topshirigʻi har bir mashinaga oʻrtacha 105 tonnadan hisoblab chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 396-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRIKTIRILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koraqalpogʻiston Respublikasi‎ —‎ “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi
‎Nukus “Dauit” aksiyadorlik jamiyati‎
Jizzax viloyati‎ —‎ Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi
‎Asaka taʼmirlash zavodi
‎Toshkent agregat zavodi
‎Oʻrtaovul “Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati
‎Toshkent toʻqimachilik mashinasozligi zavodi
‎Oʻzbekiston stanoksozlik zavodi
Qashqadaryo viloyati‎ —‎ Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi
‎Qarshi taʼmirlash zavodi
‎Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi
Sirdaryo viloyati‎ —‎ Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi
‎Dalvarzin taʼmirlash zavodi
‎Toshkent ekskavator zavodi
‎Qoʻqon taʼmirlash zavodi‎