OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
buyrugʻi
Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1981-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-sonli “Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 372-modda) muvofiq, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 330-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-dekabr,
470-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning beshinchi xatboshisi “kengashi” degan soʻzdan keyin “yoki oliy taʼlim muassasasi kengashi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Nazorat turlarini oʻtkazishda xolislikni taʼminlash maqsadida talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning nazorat ishlariga oliy taʼlim muassasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.”.
3. 8-band “boʻlimi” degan soʻzdan keyin “yoki oʻquv-uslubiy boshqarma” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 11-band quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
joriy nazoratga — 30 ball;
oraliq nazoratga — 20 ball;
yakuniy nazoratga — 50 ball.”.
5. 13-banddagi “daftarchasiga” degan soʻz “daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 21-band “dekanat” degan soʻzdan keyin “yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 23-bandning ikkinchi xatboshisi “farmoyishi” degan soʻzdan keyin “yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) yoki oʻquv ishlari boʻyicha prorektorning ruxsatnomasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 24-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent davlat yuridik universitetida talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam boʻlsa yoki yakuniy nazorat boʻyicha toʻplagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam boʻlsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari boʻyicha esa, talabalarning yozgi taʼtili hamda professor-oʻqituvchilarning mehnat taʼtilidan soʻng) qayta oʻzlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni oʻzlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) boshligʻining tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda rektorning buyrugʻi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.”.
9. 25-banddagi “dekaniga” va “dekanining” degan soʻzlar tegishlicha “dekani yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) boshligʻiga” va “dekani yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) boshligʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10. 27-banddagi “daftarchasining” degan soʻz “daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning fan boʻyicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.”.
12. 32-band “dekanat” degan soʻzdan keyin “yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
13. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
2013-yil 6-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2013-yil 6-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 9-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
2013-yil 9-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh. TEShAYEV
2013-yil 9-dekabr
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2013-yil 9-dekabr
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi A. NURIDDINOV
2013-yil 9-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV
2013-yil 13-dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 11-dekabr
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari D. XAKIMOV
2013-yil 12-dekabr
Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK Bosh direktori Q. SANAQULOV
2013-yil 11-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 659-modda)