LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Kitob tumanida aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank” binosi va tennis korti qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kimga va qanday maqsadlar uchun yer maydoni ajratildi | Umumiy maydon, ga | Shu jumladan doimiy foydalanishga, ga | Ajratib berilgan yer egasining va yerdan foydalanuvchining nomi hamda shu yerlarning turi | Yer maydoni ajratish shartlari |
Kitob tumanida aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank” binosi qurish uchun | 0.5 | 0.5 | Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Kitob” dehqonchilik sanoati firmasi hududidan 0.5 ga sug‘oriladigan ekin maydoni | Qashqadaryo viloyati hokimligining 1996-yil 3-dekabrdagi K-413/12-son qarorida belgilangan shartlar asosida |
Kitob tumanida tennis korti qurish uchun | 2.6 | 2.6 | Qashqadaryo viloyatining “Kitob” dehqonchilik sanoati firmasi hududidan 2.6 ga sug‘oriladigan ekin maydoni | Qashqadaryo viloyati hokimligining 1996-yil 3-dekabrdagi K-413/12-son qarorida belgilangan shartlar asosida |