Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.05.1999 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli don ekinlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni taʼminlash hamda davlat resurslariga don sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Murodov) va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov)ning 1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, tozalash va tashish uchun texnikani tayyorlash asosan tugallanganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin. Oʻrim-yigʻim ishlari davrida texnikaning uzluksiz ishlashi uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxiralari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosilni yigʻishtirib olishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 1-ilovaga muvofiq 6551 kombayn, shu jumladan 1184 “Keys” va “Klaas” kombaynlari ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Don hosili oʻrim-yigʻimining tashkil etilishi hamda oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishi uchun masʼuliyat shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yanchilgan don miqdori va don kirim qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirish boshlangunga qadar hosilning har bir dala boʻyicha ekspert baholanishini va tegishli dalolatnomalar tuzilishini tugallasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kombaynchilar, transport vositalari haydovchilari, oʻrim-yigʻimda va don tashishda, texnikaga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan boshqa xodimlar mehnatiga kombaynning ish unumiga, hosil oʻrim-yigʻimi sifatiga qarab haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga oid tavsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va xoʻjaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga mahsulot bilan haq toʻlash hisobiga don berishni faqat “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga don sotish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urugʻlik fondi gʻamlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kombaynlarning guruh boʻlib, kechayu-kunduz ishlash usullarini keng qoʻllasinlar, guruhlarning har biriga texnika xizmati koʻrsatish va transport vositalarini, yonilgʻi quyish mashinalarini biriktirib qoʻysinlar. Gʻallaning pishishiga qarab guruhlarning harakatlanish yoʻnalishlarini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirali ozuqa yetishtirishni koʻpaytirish va sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida takroriy ekinlar ekish uchun maydonlarni belgilasinlar, qisqa muddatlarda ularga 2-ilovaga muvofiq maydonlarga ozuqa, sabzavot ekinlari va boshqa ekinlarni eksinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat resurslariga don sotish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan qishloq xoʻjaligi korxonalariga hosilni oʻrish-yigʻish ishlari uchun mashina-traktor parklari bilan hisob-kitoblarni xoʻjaliklar ixtiyorida qolgan don bilan, uni shartnomaviy narxlar boʻyicha don mahsulotlari tayyorlash korxonalariga yetkazib berish va soʻngra mablagʻlarni mashina-traktor parklariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, xizmat koʻrsatuvchi banklar va “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mashina-traktor parklarining hosilni yigʻishtirish boʻyicha bajargan ishlari hisobiga xoʻjaliklar tomonidan topshirilgan don uchun hisob-kitob qilish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) don hosilini yigʻishtirib olish davrida sanoat korxonalarini tumanlarga 3-ilovaga muvofiq biriktirib qoʻysinlar, sanoat korxonalari bilan “MTP” davlat-aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasida tegishli shartnomalar tuzishlarini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi xoʻjaliklarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq donni tashishda foydalanish uchun yuk avtomobillarini 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda yuborsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda don tashishga Mudofaa vazirligi va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtomobil transporti tomonlarning kelishuviga asosan jalb qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donni xoʻjaliklar tomonidan don qabul qilish punktlariga yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlari “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tomonidan toʻlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzdavnazoraturugʻmarkaz” bilan birgalikda tayyorlanayotgan don va boshoqli don ekinlari urugʻligining sifati ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, belgilangan meʼyorlar va qoidalarning buzilishi hollariga qatʼiy barham bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xoʻjaliklarning 1999-yilda oʻzlari yetishtirgan hosildan oʻz ehtiyojlarini taʼminlaydigan hajmda urugʻlik gʻamlashini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urugʻlik donni “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha don sotishning umumiy hajmlari hisobiga topshirish, shuningdek tovar dondan urugʻlik sifatida foydalanish qatʼiy taqiqlansin. Urugʻlik fondini yaratishning belgilangan tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar respublika qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va Jamgʻarmaning moliya agentlari bilan birgalikda topshirilgan don uchun Topshirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitob qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xoʻjaliklar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasiga, “Gʻalla-bank”, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklariga xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarini don oʻrim-yigʻimi mavsumi qatnashchilariga oʻrim-yigʻim ishlari boshidan boshlab har besh kunda Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari hamda ichki xoʻjalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-maydagi 248-son qarorida nazarda tutilgan narxlar boʻyicha ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari va tegishli naqd pul bilan taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga urugʻchilik xoʻjaliklaridan navli urugʻlarni sifatiga muvofiq — super elita uchun tovar donga belgilangan narxdan 300 foizga, elita urugʻ uchun 200 foizga, birinchi reproduksiyali urugʻ uchun 150 foizga, ikkinchi-uchinchi reproduksiyali urugʻ uchun 100 foizga oshirilgan narxlar boʻyicha xarid qilishga ruxsat berilsin, ular davlat resurslariga xarid qilinadigan donning umumiy hajmlariga kiritilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Don tashiyotgan temir yoʻl va avtomobil transporti xizmatlari uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlash maqsadida 1999-yil don hosilini tashish davrida, istisno tariqasida, shu yilning 1-noyabrigacha “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga (transport xarajatlarini hisobga olgan holda) tushumdan 15 foiz miqdorida mablagʻ ajratish stavkasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi (Ahmedov) boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirish davrida xoʻjaliklarga hamda hosilni oʻrish-yigʻishda va tashishda band boʻlgan mashina-traktor parklariga yonilgʻi-moylash materiallarini belgilangan limitlar boʻyicha uzluksiz berilishini taʼminlasin. “Keys” kombaynlari va traktorlari uchun moy yetkazib berilishiga alohida eʼtibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi elevator va omborxonalarni, shuningdek don mahsulotlarini zararli mikroblardan tozalash uchun zarur miqdordagi fumigantlarning oʻz vaqtida keltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari donning nobud boʻlishi va talon-toroj qilinishi hollarining oldini olish maqsadida donni oʻrib-yigʻib olish joylarida, xirmonlarda va don qabul qilish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari oʻrnatsinlar, yongʻindan saqlash boʻyicha zarur tadbirlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman darajasidan boshlab don tayyorlashning yagona statistika hisobini yuritsin, don qabul qilish punktlaridan xoʻjaliklar boʻyicha hisobotlarni qabul kvitansiyalari nusxalari ilova qilingandagina qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don yetishtirishning umumiy hajmini aniqlash uchun aholi xoʻjaliklarida yetishtirilgan donni alohida satrda hisobga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don yetishtirish va sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotining toʻgʻriligini muntazam tekshirib borsin va aniqlangan notoʻgʻri maʼlumotlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilda boshoqli don ekinlari oʻrim-yigʻimida gʻalla kombaynlarining qatnashishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻalla kombaynlari, jami‎ Shu jumladan, “Keys”, “Klaas” kombaynlari‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 179*‎ 77‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 456‎ 97‎
Buxoro‎ 266‎ 58‎
Jizzax‎ 610‎ 128‎
Qashqadaryo‎ 1355‎ 153‎
Navoiy‎ 177‎ 33‎
Namangan‎ 493‎ 63‎
Samarqand‎ 850‎ 111‎
Surxondaryo‎ 488‎ 96‎
Sirdaryo‎ 417‎ 114‎
Toshkent‎ 557‎ 110‎
Fargʻona‎ 631‎ 72‎
Xorazm‎ 72‎ 72‎
Respublika boʻyicha ‎jami:‎ 6551‎ 1184**
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* — sholi oʻrish-yigʻish kombaynlari qatnashishi hisobga olingan holda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** — 1999-yilda olinadigan 300 ta yangi “Keys” firmasi kombaynlarini hisobga olgan holda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilda boshoqli don ekinlari yigʻishtirib olingandan keyin sugʻoriladigan yerlarda takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M A Y D O N L A R I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(ming ga)

‎‏ Hammasi‎‏ Ulardan:‎‎

makkajoʻxori‎‎

sabzavot
‎‏soya
kartoshka‎‏
sholi

don uchun‎

silos uchun
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 1,4‎ 1‎ 0,4‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 41‎ 4‎ 25‎ 8‎ 3,5‎ 0,5‎
Buxoro‎ 28,3‎ 4‎ 20‎ 4‎ 0,3‎
Jizzax‎ 15,8‎ 3‎ 5‎ 7‎ 0,8‎
Qashqadaryo‎ 26‎ 4‎ 14‎ 8‎
Navoiy‎ 13,2‎ 3‎ 6‎ 4‎ 0,2‎
Namangan‎ 39,5‎ 4‎ 25‎ 8‎ 2‎ 0,5‎
Samarqand‎ 31‎ 4‎ 20‎ 7‎
Surxondaryo‎ 35,3‎ 4‎ 25‎ 6‎ 0,3‎
Sirdaryo‎ 20,5‎ 3‎ 10‎ 7‎ 0,5‎
Toshkent‎ 38,2‎ 3‎ 25‎ 9‎ 0,4‎ 0,8‎
Fargʻona‎ 40,5‎ 4‎ 25‎ 9‎ 2‎ 0,5‎
Xorazm‎ 15,5‎ 10‎ 2‎ 2‎ 1,5‎
Jami:‎ 346,2‎ 40‎ 210‎ 80‎ 9,5‎ 1,7‎ 5‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilda boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olish davrida “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi zavodlarining don ekuvchi tumanlarga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIRIKTIRIB QOʻYILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tumanlar‎

Zavodlar‎

Baxmal‎ “Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi” OAJ‎
Zomin‎ “Toshkenttraktor zavodi” DAJ‎
Forish‎ “Jizzaxtaʼmirlash” AJ‎
Bulungʻur‎ “Samarqandtaʼmirlash” AJ‎
Boysun‎ “Termiz remont zavodi” AJ‎
Denov‎ “Denovtaʼmir” AJ‎
Sherobod‎ “Shoʻrchi remont zavodi” AJ‎
Ohangaron‎ “Toshkent tajriba remont-mexanika zavodi” AJ‎
Gʻallaorol‎ “Uskunaquruvchi” AJ‎
Gʻuzor‎ “Toshkent agregat zavodi” AJ‎
Koson‎ “Qarshitaʼmir” AJ‎
Qamashi‎ “Oʻzgidravlika” AJ‎
Chiroqchi‎ “Koʻgaytaʼmirlash” AJ‎
Yakkabogʻ‎ “Kimyoqishloqmash” AJ‎
Nurota‎ “Navoiy kon-metallurgiya kombinatining remont-mexanika zavodi” AJ‎
Nurobod‎ “Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi” OTAJ‎
Xovos‎ “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi‎
Oq oltin‎ “Qoʻqontaʼmirlash” AJ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 24-maydagi 267-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun jalb qilinadigan yuk avtomobillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏
Jami avtomobillar‎‏
Shu jumladan:‎‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xoʻjaliklari va korxonalari‎

“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi‎ “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi ‎ boshqa tashkilotlar‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 245‎ 245‎ —‎ —‎ —‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 637‎ 242‎ 195‎ 200‎
Buxoro‎ 952‎ 654‎ 156‎ 92‎ 50‎
Jizzax‎ 1117‎ 580‎ 425‎ 40‎ 72‎
Qashqadaryo‎ 2011‎ 1436‎ 435‎ 100‎ 40‎
Navoiy‎ 469‎ 393‎ 50‎ —‎ 26‎
Namangan‎ 1180‎ 680‎ —‎ 200‎ 300‎
Samarqand‎ 2068‎ 1768‎ 150‎ 100‎ 50‎
Surxondaryo‎ 2372‎ 2050‎ 150‎ 120‎ 52‎
Sirdaryo‎ 757‎ 276‎ 240‎ 57‎ 184‎
Toshkent‎ 1470‎ 1230‎ 150‎ 90‎ —‎
Fargʻona‎ 1751‎ 1431‎ 100‎ 120‎ 100‎
Xorazm‎ 371‎ 371‎ —‎ —‎ —‎
Respublika boʻyicha jami:‎ 15400‎ 11356‎ 2051‎ 1119‎ 874
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: bundan tashqari, xoʻjaliklarning 15,3 mingta traktor tirkamalari don tashishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportiga boʻlgan ehtiyoj viloyatlarning buyurtmanomalaridan kelib chiqib belgilangan.