Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.01.1998 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alpomish” dostonining ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi sifatida jahon xalqlari epik ijodiyoti namunalari ichida alohida oʻrin tutishini, uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va maʼnaviy uygʻonishi, milliy gʻurur va oʻz-oʻzini anglash ramziga aylanganligini, ushbu doston yaratilganligining 1000 yilligi YUNESKOning 1999-yildagi tadbirlari rejasiga kiritilganligini inobatga olib hamda folklor merosini avaylab-asrash va avlodlarga toʻla yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini 1999-yilda YUNESKO ishtirokida keng miqyosda nishonlash haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirlar ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklari birgalikda 1999-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Alpomish” dostoni va jahon xalqlari epik ijodiyoti” mavzuida xalqaro konferensiya va Surxondaryo viloyatida tantanali bayram tadbirlarini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alpomish” dostoni, umuman, xalq ijodi namunalari asosida teatr spektakllari, adabiy-badiiy kompozitsiyalar yaratishni kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi va Badiiy-akademiya bilan birgalikda yetakchi muzeylarda etnografik koʻrgazmalar tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, “Oʻzteleradio” va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Termiz shahrida 1999-yildan boshlab har ikki yilda bir marta folklor asarlari ijrochilarining mamlakat koʻrik-tanlovini hamda xalqaro festivalini oʻtkazish, eng yaxshi ijodkorlarning asarlarini yozib olish, ular haqida tele-videofilmlar yaratish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati hokimligi viloyatning ichki imkoniyatlari hisobidan Termiz va Boysun shaharlarida zamonaviy dam olish inshootlariga va kichik sport maydonlariga ega boʻlgan “Alpomish” bogʻlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni 1999-yilda “Alpomish” dostonining toʻla nashrini oʻzbek va rus tillarida chop etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi “Alpomish” dostonining tanlanma toʻplamlarini, jumladan dostonning qoraqalpoq tilidagi variantini, doston haqidagi tadqiqotlar va ilmiy-ommabop risolalarni chop etishni rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alpomish” dostonining akademik nashrini amalga oshirish va xorijiy tillarda nashr etish masalasini hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda 100 jildlik “Oʻzbek folklori yodgorliklari” toʻplamlarini nashrga tayyorlasin va 2001-yildan boshlab uni nashr etishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Alpomish” koʻp seriyali badiiy filmini va bolalar uchun multiplikatsion filmlar turkumini hamda atoqli xalq baxshilari haqida hujjatli-publitsistik filmlar yaratishni rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Alpomish” dostoni sujeti, umuman xalq ijodi namunalari asosida ishlangan suratlar, tasavvuri bilan bogʻliq ramzlar, xalq baxshilarining siymolari aks ettirilgan pochta markalari, otkritkalar va konvertlar turkumini chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-yildan boshlab har ikki yilda bir marta milliy sport oʻyinlari — Alpomish oʻyinlari festivalini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzteleradio” va boshqa ommaviy axborot vositalari “Alpomish” dostoni va umuman oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotining jahon madaniyati taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyatini keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va “Oʻzteleradio” “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi munosabati bilan olib borilayotgan ishlarni targʻib-tashviq qilish, jahon ommaviy axborot vositalarini zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti hamda Surxondaryo viloyati mahalliy budjeti, homiylar hisobidan teng ulushlarda qoplanishini hisobga olgan holda mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 13-yanvardagi
17-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Joʻrabekov I.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎

Azizxoʻjayev A.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎

Norov V.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuvga muvofiq)‎

Rahmatov Oʻ.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuvga muvofiq)‎

Joʻrayev T.‎

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎

Noraliyev J.‎

Surxondaryo viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎

Abdullayev R.‎

Bastakorlar uyushmasi raisi‎

Aminov N.‎

Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining rahbari‎

Joʻrayev X.‎

Madaniyat ishlari vaziri‎

Yoʻldoshev I.‎

Xalq taʼlimi vaziri

Koʻchimov A.‎

“Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi‎

Maxsetov B.‎

Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi‎

Meliboyev A.‎

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining bosh muharriri‎

Mirzayev T.‎

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot instituti direktori‎

Muhammad Yusuf.‎

shoir‎

Oripov A.‎

Yozuvchilar uyushmasining raisi‎

Sayfiddinov D.‎

Moliya vaziri‎

Salimov O.‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎

Toʻxtaboyev X.‎

“Oltin meros” jamgʻarmasi raisi‎

Shogʻulomov R.‎

Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎

Yunusov T.‎

“Oʻzbekkino” DAK raisi ‎

Qoʻziyev T.‎

Badiiy akademiya raisi‎

Qoʻshmoqov M.‎

“Sogʻlom avlod uchun” jurnali bosh muharriri, folklorshunos ‎

Hazratqulov M.‎

OʻzA bosh direktori‎