Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklaridan kompyuterlar va ularning jihozlarining Xalq bankiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq banki boʻlimlarini koʻp tarmoqli bankka aylantirish, joylarda aholiga qulay bank xizmati turlarini koʻpaytirish va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari oʻz ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlgan kompyuterlari va ularning jihozlarini oʻz balanslaridan Xalq banki balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari kompyuterlari va ularning jihozlarini oʻz balanslaridan Xalq banki balansiga bir oy muddatda belgilangan tartibda ilovadagi roʻyxat boʻyicha bepul oʻtkazishni taʼminlasinlar.
3. Tijorat banklarining bepul berilgan kompyuterlari va ularning jihozlarining balansi qoldiq qiymatini oʻz xarajatlari hisobidan qoplashga ruxsat berilsin va bu xarajat soliq toʻlanadigan bazani aniqlashda hisobga olinsin.
4. Bepul olingan kompyuterlar va ularning jihozlarining qiymati Xalq bankida soliq obyekti boʻlib hisoblanmasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-may,
234-son
Banklar tomonidan Xalq bankiga beriladigan kompyuterlar va boshqa jihozlar
ROʻYXATI
| | Markaziy bank | Oʻzmilliy bank | Paxta bank | Oʻzsanoat qurilish bank |
Oʻztadbirkor bank | Oʻzsavdogar bank | Gʻalla bank | Turon bank |
Jami |
| Tizimli bloklar shu jumladan: |
105 | 48 | 25 | 101 | 59 | 2 | 3 | 17 | 360 |
| RS 286 | 49 | 48 | 15 | 101 | 4 | — | 1 | 13 | 231 |
| RS 386 | 46 | — | 10 | — | 55 | — | 2 | 4 | 117 |
| RS 486 SX-25/4 |
10 | — | — | — | — | 2 | — | — | 12 |
| Monitor | 105 | 48 | 25 | 101 | 59 | 2 | 3 | 17 | 360 |
| Klaviatura | 105 | 48 | 25 | 101 | 59 | 2 | 3 | 17 | 360 |
| MOUSE | 38 | — | — | — | — | 2 | — | — | 40 |
| Printer | 105 | 21 | 25 | 84 | 59 | 2 | 3 | 15 | 314 |