Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.02.1999 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil qand lavlagi ekin maydonlari va uning yalpi hosili toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oziqovqatsanoat” uyushmasi 1998-yilda qand lavlagi yetishtirish, tayyorlash va uni qayta ishlashda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklarini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavlagi ekuvchi tumanlar hokimliklari va qishloq xoʻjaligi mahalliy boshqaruv organlarining nazorat qilmasliklari tufayli lavlagi ekish uchun yer tanlanishida xatolarga yoʻl qoʻyildi, lavlagi ekish muddatlari qoʻpol ravishda buzildi, qator oralariga ishlov berish va lavlagini sugʻorish oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada respublika boʻyicha umuman gektaridan rejalashtirilgan 290 sentner oʻrniga Xorazm viloyatida lavlagi hosildorligi gektaridan oʻrtacha 167,8 sentnerni, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa gektaridan atigi 47,7 sentnerni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hazorasp qand-shakar zavodi rahbarlari va mutaxassislarining aybi bilan lavlagini xoʻjaliklardan qabul qilib olish 30 — 40 kunga choʻzilib ketdi, salkam 30 ming tonna lavlagi xoʻjaliklardan jihozlanmagan vaqtinchalik punktlarda qabul qilindi, bu lavlagining ogʻirligi ancha kamayib ketishiga va uning sifati yomonlashishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hazorasp qand-shakar zavodi quvvatlaridan samarali foydalanish, uni respublikada ishlab chiqarilgan zarur xomashyo bilan taʼminlash va qand-shakar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimi I. Yusupovning Vazirlar Mahkamasining “Hazorasp qand-shakar zavodini xomashyo bilan taʼminlash masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 5-yanvardagi 1-son qarorini bajarish boʻyicha ishi qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularga lavlagi hosildorligi pastligining sabablarini batafsil oʻrganib chiqish, lavlagi yetishtirish, tayyorlash va uni qayta ishlashni tashkil etishda yuz bergan jiddiy kamchiliklarga joriy yilda yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini belgilash topshirilsin. Lavlagi yetishtirish, tayyorlash va saqlash texnologiyasi buzilishida aybdor shaxslar respublika qonun hujjatlariga muvofiq qattiq javobgarlikka tortilsin. Natijalari toʻgʻrisida 1999-yil 1-martgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan kelishilgan 1999-yilda qand lavlagi ekin maydonlari va uning yalpi hosili toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori hosil olish maqsadida lavlagi yetishtirish texnologiyasiga qatʼiy rioya qilinishi taʼminlansin. Bazis shakarlilik kamida 15,5 foiz etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov) 72 tonna hajmida bir kurtakli sifatli qand lavlagi urugʻi yetkazib beruvchilarni tender asosida aniqlasin, “Oziqovqatsanoat” uyushmasi (Qosimxoʻjayev) esa urugʻ xarid qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qand lavlagi urugʻchiligining oʻz bazasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni 1999-yil 20-fevralgacha ishlab chiqsinlar, ushbu maqsadda Xorazm viloyatining aniq xoʻjaliklarini tanlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Xorazm viloyatida standartlar talablariga muvofiq qand lavlagi urugʻiga qoʻshimcha kompleks ishlov berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan sex tashkil etish yuzasidan takliflarni 1999-yil 1-iyulgacha tayyorlasinlar va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) lavlagi ekuvchi xoʻjaliklarni qand lavlagi yetishtirish va uning hosilini yigʻishtirib olish uchun yetishmayotgan texnika bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 1999-yil hosilidan qand lavlagi xarid qilish yuzasidan xoʻjaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini bir oy muddatda tugallasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarga shartnomaviy narx boʻyicha xarid qilinadigan xomashyo qiymatining 40 foizi miqdorida ikki bosqichda, shu jumladan 15 foizi 1999-yil 1-martgacha, 25 foizi qand lavlagi ekish tugallangandan soʻng avans toʻlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qirgʻiziston Respublikasiga borib respublika xoʻjaliklarida yetishtirilgan urugʻlik materialga Choʻy viloyatining Kant tumanidagi ixtisoslashtirilgan korxonada qoʻshimcha ishlov berish masalasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” kompaniyasi ekish materialiga ishlov berish boʻyicha xizmatlarga Hukumatlararo bitim boʻyicha olingan tabiiy gaz uchun “Qirgʻizenergo” aksiyadorlik jamiyatining qarzlari hisobiga haq toʻlash masalalarini bir hafta muddatda hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga 1999-yilda qand lavlagi tashish uchun zarur miqdorda avtotransport vositalari, shuningdek kodlar va temir yoʻl vagonlari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. M. Olimjonov va M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 53-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilda qand lavlagi ekin maydoni, hosildorligi va uning yalpi hosili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ekin maydoni, gektar ‎

Hosildorlik, ts/ga ‎

Yalpi hosil, tonna

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎

5000‎

140,0‎ 70000‎
Xorazm viloyati‎

14000‎

200,0‎ 280000‎

Jami:‎

19000‎

184,2‎

350000