Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada-2004” sport musobaqalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning sport bilan shugʻullanishi uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning oʻz kuch-qudrati va imkoniyatlariga ishonch tuygʻularini hamda ona-Vatanga fidoyilik fazilatlarini tarbiyalash, musobaqalar bilan bogʻliq madaniy-maʼrifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. “Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga hamda sport oʻyinlarini oʻtkazish dasturi 2-ilovaga, uning ochilish va yopilish marosimi ssenariysi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitaga:
joriy yilning 28-avgustigacha musobaqalar oʻtadigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida hozirlanishini va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishini hamda tadbirlar oʻtadigan barcha joylarda obodonlashtirish ishlarini taʼminlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qarori tahririda)
universiada ishtirokchilarining yashash joylarini, oshxona va madaniy tadbirlar oʻtadigan manzillarni talab darajasida tayyorlash vazifasi yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
“Universiada-2004” sport musobaqalarining tantanali ochilishi va yopilishi marosimlarining yuksak saviyada oʻtishini tashkil etsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat koʻrsatishni va dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya xavfsizligining talab darajasida boʻlishini taʼminlash topshirilsin.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomasiga muvofiq musobaqalar ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarining yoʻl xarajatlari uchun imtiyozli tarif qoʻllashni nazarda tutsin.
7. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazida universiada mashʼalasini yoqish va uni Samarqand shahriga yetkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda “Universiada-2004” musobaqalari davomida tadbirlar oʻtadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2004” musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-iyundagi 282-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
| Mirziyoyev Sh. M. |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi |
| Xolmurodov R. I. |
Samarqand viloyatining hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Qosimov R. S. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari: | |
| Azizxoʻjayev A. A. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
| Abduvoxitov A. A. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
| Yusupov K. Y. | Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi |
| Nosirov A. N. | Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi |
| Jahongirova D. N. | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Nazirov F. Gʻ. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Zokirov F. K. | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi |
| Husanboyev B. M. | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Roʻziyev F. Q. | “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Husanov J. X. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining rahbari |
| Hazratqulov M. | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Mullajonov T. O. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Gʻulomov Sh. T. | �illiy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari |
| Baxoldin V. Y. | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| Abdurahimov B. | “Oʻzbeknavo” birlashmasi bosh direktori |
| Abduqahhorov A. | “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| Axmatov M. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining masʼul xodimi |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)