Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.02.2009 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bobur” OAJ ishlab chiqarish maydonlarida avtomobil sanoati investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika avtomobil sanoati uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi korxonalar tashkil etish hamda “Bobur” OAJning Andijon shahridagi ishlatilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Bobur” OAJning kreditorlari yigʻilishida maydoni 55 ming kv metr boʻlgan 2-pardozlash-boʻyash fabrikasi sifatidagi mulkiy kompleksining bir qismini tutash yer uchastkasi, muhandislik inshootlari, kommunikatsiyalari va asbob-uskunalari bilan birga 5,6 mlrd soʻmga “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “Bobur” OAJning 2-pardozlash-boʻyash fabrikasi maydonlarida 2009 — 2012-yillar davrida “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YoAJ va “SamAvto” MChJ mahsulotlari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha ilovaga* muvofiq beshta korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda, loyihalashtirish institutlarini va xorijiy sheriklarning muhandislik markazlarini jalb etgan holda ushbu qarorga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha taʼsis va loyihaoldi hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, kelishib olinishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzengsanloyiha” MChJ va tugatuvchi boshqaruvchi bilan birgalikda bir oy muddatda “Bobur” OAJ 2-pardozlash-boʻyash fabrikasining mavjud asbob-uskunalarini ularni toʻqimachilik tarmogʻining boshqa korxonalarida foydalanish imkoniyati yuzasidan xatlovdan oʻtkazsin hamda uning yakunlariga koʻra koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalarni sotish yoki belgilangan tartibda hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi mol-mulkni ushbu qarorni amalga oshirish doirasida tashkil etiladigan avtomobil sanoati korxonalari ustav fondiga ulush sifatida berishda foyda soligʻidan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-son