Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.12.2004 yildagi 594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, oʻzbek adabiyoti va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan akademik adib Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning maʼnaviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuygʻularini yuksaltirish maqsadida hamda yozuvchi tavalludining yuz yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashining Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 100 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yubiley tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2005-yilning may oyida “Oybek ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiyani hamda adib tavalludiga bagʻishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumanni oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Madaniyat va sport ishlari vazirligi adibning asarlarini sahnalashtirish, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasini boyitish boʻyicha ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda taʼlim muassasalari va kutubxonalarda adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, oybekxonlik kunlari, davra suhbatlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Fanlar akademiyasi va Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Oybek asarlarini hamda “Oybek zamondoshlari xotirasida” kitobini chop etishni rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oybek hayoti va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Oybek siymosi tushirilgan va uning asarlari mavzusi asosida ishlangan pochta markalari va konvertlar turkumini chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va respublika ommaviy axborot vositalariga adib hayoti va ijodi toʻgʻrisida turkum koʻrsatuv hamda radioeshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish, yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
594-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 21-dekabrdagi
594-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Qosimov R.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
2.‎ Sultonov X.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
3.‎ Azizxoʻjayev A.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri‎
4.‎ Joʻrayev T.‎ ‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi va�iri‎
5.‎ Shoabdurahmonov R.‎ Toshkent shahar hokimi‎
6.‎ Murod Muhammad Doʻst‎ “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori‎
7.‎ Shogʻulomov R.‎ Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori‎
8.‎ Hazratqulov M.‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
9.‎ Oripov A.‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
10.‎ Yoʻldoshev B.‎ ‎‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti‎
11.‎ Qoʻziyev T.‎ ‎‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
12.‎ Koʻchimov A.‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi‎
13‎. Aʼzamov Q.‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari‎
14.‎ Izbosarov A.‎ Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
15.‎ Ashrafxonov B.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari‎
16.‎ Ahmedov Y.‎ Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatri direktori‎
17.‎ Jabborov A.‎ Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, tashkiliy qoʻmita kotibi‎
18.‎ Karimov N.‎ Filologiya fanlari doktori, oybekshunos‎
19.‎ Habibullayev N.‎ “Oʻzbekmuzey” fondi raisi‎
20.‎ Toshmuhamedova O.‎ Oybek uy-muzeyi direktori‎