Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.11.2008 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shisha idishlar ishlab chiqarish zavodi qurilishini tugallash va foydalanishga topshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon standartlariga javob beradigan shisha idishlar ishlab chiqarishni taʼminlash, mana shu asosda raqobatbardoshli meva-sabzavot va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirish, shuningdek shisha idishlar zavodi qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzvinosanoat-xolding” XKning “Asl Oyna” OAJ (Toshkent shahri) ustav fondining 80 foizi miqdoridagi oʻziga tegishli aksiyalarini xaridor tomonidan quyidagilar boʻyicha investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan “Mehnat” (Toshkent viloyati) agrofirmasi MChJga nominal qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq jadvalga binoan shisha idishlar zavodi qurilishini tugallash va uni 2009-yil avgust oyida foydalanishga topshirish uchun 6,8 mlrd soʻm mablagʻni investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilga borib sifatli shisha idish ishlab chiqarish hajmini bir yilda 124,6 mln shisha idishga, tayyor mahsulot eksportini — ishlab chiqarish hajmining 50 foizigacha yetkazish va 190 ta ish oʻrni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalarga* muvofiq jadvallarga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti va “Oʻzvinosanoat-xolding” XKning qarzi qaytarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl Oyna” OAJning 21,9 mln yevro summasidagi kredit boʻyicha va 2,95 mln yevro summasidagi hisoblangan foizlar boʻyicha majburiyatlarini 10 yil muddatga restrukturizatsiya qilsin, kredit restrukturizatsiya qilingan paytda hosil boʻlgan muddati oʻtkazib yuborilgan asosiy qarzga foizlar hisoblanmaydigan 3 yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy bankka boʻlajak toʻlovlarning yetishmayotgan qismi boʻyicha shakllangan zaxira hisobiga haq toʻlanishini taʼminlasin, keyinchalik ular 2-ilovaga* muvofiq jadvalga binoan “Mehnat” agrofirmasi MChJ tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Mehnat” agrofirmasi MChJ uchun “Asl Oyna” OAJdan sotib olinadigan aksiyalarga mulkchilik huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shisha idishlar zavodi uchun investitsiyalar kiritilgandan, 1-ilovadagi jadvalga muvofiq uni qurish hamda sanoat yoʻli bilan ishga tushirish amalga oshirilgandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha barcha toʻlovlar 2-ilovaga muvofiq toʻlangandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzvinosanoat-xolding” Xolding kompaniyasining qarzi 3-ilovaga muvofiq uzilgandan keyin boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son