Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.07.2010 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ularni kreditlashni kengaytirish hisobiga jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mikromoliyalashtirishni yanada ragʻbatlantirish, shuningdek tijorat banklarining kredit resurslarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi 2010-yil 21-aprelda Oʻzbekiston Respublikasiga “Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish uchun qaytarish muddati 20 yil, shu jumladan imtiyozli davri besh yil boʻlgan 50 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish, shuningdek loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari, mikromoliyalashtirish tashkilotlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining salohiyatini oshirishga texnikaviy koʻmaklashish maqsadida 600 ming AQSh dollari miqdorida grant berishni maʼqullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz bitimi, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari — “Agrobank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki, “Xamkor bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki va “Ipak yoʻli” ochiq aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki oʻrtasidagi loyiha bitimlari 2010-yil 1-mayda imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyiha amalga oshirilishi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari faoliyati muvofiqlashtirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari loyihaning tegishli komponentlarini amalga oshirish boʻyicha agentlar, Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari va grantidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari tijorat banklari tomonidan keyinchalik xorijiy va milliy valyutada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek mikromoliyalashtirish tashkilotlariga kreditlar (subqarzlar) berish uchun loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklariga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar asosida qayta moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shuningdek qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqi toʻlash loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari bir qarz oluvchiga 20 ming AQSh dollari miqdorida yoki Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi ekvivalentda kreditlar (subqarzlar) beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida jalb qilingan subqarzlar hisobiga mikromoliyalashtirish tashkilotlari tomonidan beriladigan mikrokreditlar va mikroqarzlar ekvivalentda 1 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklariga Osiyo taraqqiyot bankining qarzini berish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish hamda qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqi toʻlash jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi 1-ilovaga muvofiq tijorat banklari bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi, Oʻzbekiston Respublikasi bilan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-son