Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.06.2010 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamchiq” dovoni orqali barqaror transport aloqasini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, keyingi yillarda respublikaning markaziy qismi bilan Fargʻona vodiysi viloyatlari oʻrtasidagi transport aloqasi tizimini yanada tubdan yaxshilash borasida katta ishlar qilindi. Qamchiqsoy daryosining soʻl sohili boʻylab avtomobil yoʻli qurildi, avtomobillar qatnayotgan yoʻllarni taʼmirlash, yoʻl qoplamasi sifatini yaxshilash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yildan boshlab transport-ekspeditorlik, ortish-tushirish, yuklarni konteynerda tashish, saqlash, bojxonada rasmiylashtirish va sertifikatlashtirish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha toʻliq majmuani taʼminlaydigan, “Samavto” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan 172 ta zamonaviy “MAN” avtotyagach va ularga yarimtirkamalar bilan butlangan “Angren” logistika markazi ish boshladi. Bularning barchasi Fargʻona vodiysiga yuklarni yetkazib berish muddatlarini ancha qisqartirish, tashish xarajatlarini kamaytirish, qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari tashkil etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy uzunligi 114 km boʻlgan “Toʻqimachi-Angren” temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish loyihasini amalga oshirish tugallanmoqda. Bu ushbu yoʻlak boʻylab yuklarni yetkazib berish muddatlari va qiymatini qisqartirish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yuklarni intermodal tashish hajmini kengaytirish, shuningdek “Qamchiq” dovoni orqali avtotransport vositalarining barcha mavsumlarda barqaror va xavfsiz harakatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni togʻ uchastkasini 2010-2011-yillar qish mavsumiga tayyorlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni togʻ uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasining maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni togʻ uchastkasini 2010-2011-yillar qish mavsumiga tayyorlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl loyiha byurosi” masʼuliyati cheklangan jamiyat instituti — bosh loyihalashtirish tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” DAK boʻlinmalari — birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi boʻlinmalari — qor koʻchkisiga qarshi toʻsiqlar qurish boʻyicha bosh pudrat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hamda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy investorlarning mablagʻlari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtoyoʻl” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda 2010-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tasdiqlangan limitlari doirasida Respublika yoʻl jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga ishlab chiqaruvchilarning takliflarini tanlab olish asosida tender savdolari oʻtkazmasdan ish unumdorligi 3500 t/soat boʻlgan 4 ta zamonaviy qordan tozalash mashinasi xarid qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish ishlari 2011-yilning I choragida boshlanishini hisobga olgan holda A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni togʻ uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy investorlarning mablagʻlarini jalb etishga doir takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni togʻ uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasining loyiha hujjatlariga ekspert xulosa ilova qilinishini va bajariladigan yoʻl-qurilish ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi 2010-yil 15-iyulga boʻlgan muddatda “Oʻzavtosanoat Maxsusyuktrans” unitar korxonasining avtotransport parkini xarid qilinishi “Oʻzavtosanoat-lizing” masʼuliyati cheklangan jamiyat orqali lizing shartlarida moliyalashtiriladigan 210 ta konteyner tashigich va 40 ta avtotashuvchi bilan butlangan 250 ta egarli tyagach bilan taʼminlashni tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatining 2010-yil 15-oktabrgacha boʻlgan muddatda “Oʻzavtosanoat Maxsusyuktrans” unitar korxonasini “JV MAN Auto-Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarilgan 60 ta maxsus avtomobil transporti bilan “Oʻzavtosanoat-lizing” kompaniyasi tomonidan qoʻshimcha ravishda jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatini “JV MAN Auto-Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarilgan maxsus avtomobil transporti bilan toʻliq jihozlash boʻyicha qayta ishlangan texnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali “Oʻzavtosanoat Maxsusyuktrans” unitar korxonasining mol-mulki shaklidagi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ulushi hisobiga belgilangan tartibda koʻpaytirilishini, “Oʻzavtosanoat Maxsusyuktrans” unitar korxonasining lizing va qarz bitimlari boʻyicha majburiyatlari tegishli tarzda qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona vodiysiga/Fargʻona vodiysidan yuklar oʻz vaqtida va uzluksiz tashilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamchiq” dovoni orqali avtotransport xizmatlari koʻrsatish bozoridagi monopol mavqe hisobga olingan holda tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida majburiy deklaratsiyalanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati bir oy muddatda Andijon, Fargʻona, Namangan, Margʻilon va Qoʻqon shaharlarida “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining hududiy boʻlinmalari huzurida “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatining agentlik byurolarini tashkil etsinlar, ularga avtotransport vositalarini qaytishda eng koʻp darajada yuk bilan taʼminlash hamda tadbirkorlarning keng qatlamlari va potensial yuk tashuvchilarga “Angren” logistika markazida tashkil etilgan imkoniyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish majburiyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatining agentlik byurolarini “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining hududiy boʻlinmalari binolarida joylashtirishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2010-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asoslangan buyurtmalari asosida 2011-yil uchun “Angren” logistika markazidan foydalanilgan holda Fargʻona vodiysi viloyatlariga/Fargʻona vodiysi viloyatlaridan yuk tashish prognozi shakllantirilishini taʼminlasin, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanishni va ularni yuk bilan taʼminlashni hamda bir turdagi yuklarning muqobil (parallel) tashilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qoʻshimcha konteynyer maydonchalari tashkil etilgan, ortish va tushirish jabhalari kengaytirilgan va zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan holda “Angren logistika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyati orqali yuklarni konteynerda tashishni yanada kengaytirishga doir takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Respublika yoʻl jamgʻarmasi bilan birgalikda tasdiqlangan limitlar doirasida 2010-yilgi Investitsiya dasturiga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son